Mavzu: kompyuter xotirasini tashkil qilish



Yüklə 51,26 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü51,26 Kb.
#135088
1   2   3   4   5
KOMPYUTER XOTIRASINI TASHKIL QILISH

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Lazer
HDD va SSD disklar
Kompyuterda ma’lumot saqlaymiz. Kino filmlar, musiqalar, dokumentlar, o‘rnatilgan dasturlar, operatsion tizim (misol uchun Windows), umuman barcha kompyuterdagi ma’lumotlar aynan diskda joylashadi. Buning uchun yillar davomida HDD disklardan foydalanilgan. Hozirgi kunda SSD formatdagi disklar paydo bo‘lgan. Ushbu disklar HDD disklarga nisbatan bir necha barobar tezroq ishlaydi. Lekin ular bir necha barobar qimmatroq ham.
Shuning uchun pulingiz yetmasa HDD disklardan foydalaning, leking mablag’ingiz yetarli bo‘lsa ikkovini oling. Misol uchun 128 gigabayt SSD disk olasiz, va ushbu diskda faqat operatsion tizim hamda o‘rnatilgan dasturlar turadi. Shunda kompyuter juda katta tezlikda ishlaydi. Undan tashqari 1000 gigabayt HDD disk olasiz, bu yerda sizning shaxsiy fayllaringiz joylashadi: dokumentlar, videolar, musiqa va hokazo.
Yuqorida ko‘rsatilga ma’lumotlar kompyuter sotib olayotganda nimaga e’tibor berish kerak ekanligi haqida edi. Kompyuterning boshqa qismlari dasturlash uchun muhim emas va ularni o‘z didingiz va cho‘ntagingizga qarab tanlang. Misol uchun noutbuk ishlatish qulayroq, leking kompyuterdan 2 barobar qimmatroq. Noutbukning materialidagi sifati, uning firmasi, ekranning kattaligini – bular ikkilamchi narsalar.
Lazer (kompakt) disk. CD - ROM
CD ROM (Compact Disk Read Only Memory) – faqat ma’lumotni o‘qish uchun mo‘ljallangan lazer disk qurilmasi. Uning ishlash prinsipi shundan iboratki, u diskning yuqori ustki qismida joylashgan raqamli ma’lumotlarni lazer nuri yordamida o‘qiydi. Ma’lumot tashuvchi sifatida oddiy kompakt – disk CD ishlatiladi. Unga 650 Mbayt hajimdagi ma’lumot sig’ishi hamda uni ishlatish qulayligi bilan alohida etiborga loyiqdir. Bunday katta hajimlar multimediyali axborotlarga xos bo‘lgani uchun CD-ROM qurilmasi multimediya uskunalari sarasiga kiradi. Multimediyali axborotlardan tashqari kompakt diskda xar xil tizim va amaliy dasturlarni, electron kitoblarni ham saqlashi mumkin. Kompakt disklarning boshqa turlari ham mavjud, masalan CD Writer, CD – R, CD – RW, DVD va boshqalar.

Yüklə 51,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə