Mavzu: kompyuter xotirasini tashkil qilish



Yüklə 51,26 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü51,26 Kb.
#135088
1   2   3   4   5
KOMPYUTER XOTIRASINI TASHKIL QILISH

Kesh xotira. Kesh xotira kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo‘lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotirasining ko‘proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli dastur va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bo‘lgani uchun kesh xotira bilan
ishlash vaqti ancha kam bo‘ladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasidan ko‘p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo‘lsa, shuncha yaxshi albatta.
Shinalar
Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi electron sxemalar mavjud bo‘lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va xotira orqali berilganlarni ayriboshlovchi magestral yo‘l deb ataluvchi shinalar orqali bog’langan bo‘ladi. Shunday qilib, oddiy so‘z bilan aytganda, shinalar turli qurilmalarni bog’lovchi maxsus simlardir. Kompyuterda bir qancha shinalar bo‘lishi mumkin. Asosan uch xil shina mavjud:

  • berilganlar shinasi;

  • manzilli shina;

  • buyruqli shina.

Manzilli shina. Berilganlar bu shinada tezkor xotiraning yacheykalari manzili kabi yuboriladi. Aynan shu shinadan protsessor bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlar manzilini o‘qiydi. Zamonaviy protsessorlarda manzilli shinalar 32 raziryadlidir, ya’ni u 32 ta parallel simlardan tashkil topgan.
Berilganlar shinasi. Shu shina orqali protsessor registriga berilganlar nusxasi ko‘chiriladi va aksincha. Intel Pentium protsessorli ShK larda berilganlar shinasi 64 raziryadlidir.
Buyruqli shina. Protsessor bajaradigan buyruqlar shu shina orqali tezkor xotiradan keladi. Buyruqlar baytlar ko‘rinishida tasvirlanadi. Oddiy buyruqlar bir baytga joylashtiriladi, lekin shunday buyruqlar ham mavjudki, ular uchun ikki, uch va undan ortiq baytlar kerak bo‘ladi. Ko‘pchilik zamonaviy protsessorlar 32 razryadli buyruq shinalarga ega.
Sistema blokidagi shinalar faqat protsessor bilan bog’lanish uchungina ishlatilmaydi. Sistema blokining barcha boshqa ichki qurilmalari, shu bilan birga unga ulangan qurilmalar bir - birlari bilan o‘zaro shinalar yordamida bog’langan.

Yüklə 51,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə