Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə42/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Xo‘jalik shartnomasi - bu korxonalarning xo‘jalik munosabatlari o‘rnatish haqidagi o‘zaro kelishuvidir. Shartnoma tomonlar majburiyati va huquqlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Yuz bergan sharoitni hisobga olib vaqti-vaqti bilan shartnoma shartlari ko‘rib chiqilishi va ularga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Agar korxona belgilangan nomenklaturadagi mahsulotni jo‘natish yuzasidan shartnoma shartlarini buzsa, u holda ushbu korxonaga nisbatan jazo choralari qo‘llanadi. Demak, shartnoma bilan rasmiylashtirilgan har bir rejali buyurtma korxona xodimlari bajarishi shart bo‘lgan qonundir. Bunday tartib ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, yuqori ish unumdorligiga erishishni ta’minlaydi. Belgilangan muddatda mahsulot sotish rejasining bajarilmaganligi uchun jarima to‘lash chorasi qo‘llaniladi. Jarima miqdori mahsulot sotish shartlariga qarab aniqlanadi.
Tayyor mahsulotlarni xaridorlarga jo‘natish xaridor bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Bu shartnomalarda jo‘natiladigan mahsulot muddati, miqdori, qiymati va hisob-kitob shartlari keltiriladi. Jo‘natilgan mahsulot schyot-faktura, chiqim hujjati, to‘lov talabnomasi va boshqa hujjatlarda rasmiylashtiriladi.
Mahsulotlar xaridorlarga jo‘natilganida jo‘natilgan tovar qiymatiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9110-«Sotilgan mahsulotning tannarxi»
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot».
Jo‘natilgan tovarlarning analitik hisobi o‘z vaqtida bank inkassasiga berilgan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha, to‘lash muddati yetgan va to‘lash muddati yetmagan hisob-kitob hujjatlari bo‘yicha alohida hamda to‘lashga qabul qilinmagan, ma’sul shaxsda bo‘lgan jo‘natilgan tovarlar alohida hisobga olinadi.
Mahsulot (ish, xizmat) sotilishi hisobini tashkil qilishda sotilgan mahsulot, tovarlar, ish va xizmatlarning har birining alohida turi bo‘yicha yuritilib, sotilayotgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlarning tarkibiy tuzilishi hamda ularning har birining umumiy sotilish summasidagi hissasi, har qaysining rentabellik darajasi va boshqa ma’lumotlar aks ettirilishi lozim.
Sotilgan mahsulot 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromadlar», 9020-«Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar» hisobvaraqlarida hisobga olinadi. 9040-«Sotilgan tovarlarning qaytarilishi» va 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» hisobvaraqlarida sotilgan tovarlarning qaytarilishi hamda xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar aks ettiriladi.
9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning kreditida 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i bilan korrespondentlangan holda mahsulot (ish, xizmat) lar sotishdan olinadigan sof tushum aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlarda xaridorlarga jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)lar bo‘yicha hisoblangan aksiz solig‘i va O‘O‘S summalari aks ettirilmaydi.
Tayyor mahsulotning sotilishida sotish bahosining aks ettirilishiga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar»
K-t 6410-«Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
K-t 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad».
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» hisobvarag‘i aktiv bo‘lib, uning saldosi xaridor va buyurtmachilarning korxonadan sotilgan mahsulot (ish, xizmat) lar bo‘yicha qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti hisobot oyida topshirilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotish qiymatini, kredit oboroti esa hisobot oyida xaridorlar tomonidan to‘langan summani ko‘rsatadi.
Xaridorlarga yuklab jo‘natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-qaydnomaning 2-bo‘limida yuritiladi. Yuklab jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlarning hisobvaraqlari bo‘yicha sintetik hisob 11-jurnal-orderda yuritiladi. Bu jurnal-order 2810, 9410, 9010, 9020, 9030, 9210, 9220, 4010-hisobvaraqlarning kredit oborotlarini va 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlarning analitik ma’lumotlarini yozish uchun mo‘ljallangan. 11-jurnal-order 15 va 16-vedomostlarning analitik ma’lumotlariga asosan to‘ldiriladi.
Hisobot davri yakunida 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar yopiladi:
D-t 9010, 9020, 9030-hisobvaraqlar
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija».
Shu bilan birga sotilgan mahsulotning tannarxi ham hisobot davri yakunida yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkaziladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9110, 9120, 9130.


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə