Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va analitik hisob registrlarini tuzish va yuritish tartibini o‘rganish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə38/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

19-Mavzu: Ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik va analitik hisob registrlarini tuzish va yuritish tartibini o‘rganish.
Ishlab chiqarishning murakkabligi hamda xarajatlarning xilma-xilligi ularni hisobga olishda butun bir guruh hisobvaraqlarni qo‘llanilishini taqozo etadi. 21-Milliy buxgalteriya standartiga muvofiq xarajatlarni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlarni qo‘llash belgilab qo‘yilgan.
20-Asosiy ishlab chiqarishni hisobga olish hisobvaraqlari
2010-«Asosiy ishlab chiqarish»
23-Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga olish hisobvaraqlari
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish»
25-Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlari
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari»
26-Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga olish hisobvaraqlari
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot»
27-Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar xarjatlarini hisobga olish hisobvaraqlari
2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar»
31-Kelgusi davr xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlari
3110-«Oldindan to‘langan ijara haqi»
3120-«Oldindan to‘langan xizmat haqi»
3190-«Boshqa bo‘nak xarajatlari»
89-Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari bo‘yicha hisobvaraqlar
8910-«Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar rezevlari».
Elementlar va kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar hisobini ta’minlash uchun hamma xarajatlar ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlari bo‘yicha 2010-hisobvaraqda guruhlanadi. 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» hisobvarag‘i asosiy ishlab chiqarishga, ya’ni mazkur korxonani tashkil etishdan mahsulot (ishlar va xizmatlar) yetishtirish maqsad bo‘lgan ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» hisobvarag‘i asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi (ko‘makchi) bo‘lgan ishlab chiqarishlar xarajatlari to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Yordamchi ishlab chiqarish mahsulot va xizmatlari sex hamda zavod bo‘limlari tomonidan ishlatiladi. Shuning uchun yordamchi ishlab chiqarish mahsulot va xizmatlar tannarxi ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlari tarkibiga kiritiladi.
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun tayinlangan.
2610-«Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot» hisobvarag‘i ishlab chiqarishda brakdan ko‘rilgan zararlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
2710-«Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar» hisobvarag‘ida korxonaning xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar hisobi amalga oshiriladi.
3110-«Kelgusi davr xarajatlari» hisobvarag‘i mazkur hisobot davrida qilingan, ammo kelgusi hisobot davriga tegishli bo‘lgan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Ushbu hisobvaraq tarkibiga quyidagilar kiradi: telefon uchun oldindan to‘langan abonent to‘lovi, ijara to‘lovi, ro‘znoma va oynomalarga obuna qiymati va boshqalar. Hisobvaraq aktiv bo‘lib iqtisodiy tarafdan xo‘jalik jarayonining holatini ko‘rsatadi.
Shu davrning o‘zida tannarxni boshqarish qismining ishlab chiqarish ehtiyoji kelgusi davr xarajatlari hamda to‘lovlari uchun rezerv mablag‘larini tashkil etilishini talab etadi. Shuning uchun yana bir 8910-«Kelgusidagi xarajatlari va to‘lovlar rezervlari» hisobvarag‘i kerakdir. Ushbu hisobvaraq ishlab chiqarish yoki muomala sarflariga xarajatlar va to‘lovlarni bir me’yorda qo‘shish maqsadida belgilangan tartibda rezerv qilingan summalarning holati hamda harakati to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Hisobvaraq passiv bo‘lib, xo‘jalik jarayonining holatini tavsiflaydi. Uni yurgizish uchun esa Moliya Vazirligining ruxsati kerakdir.
Ishlab chiqarish xarajatlarini hujjatlarda to‘g‘ri va o‘z vaqtida rasmiylashtirish korxonada boshqaruv hisobining samarali ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda hisob ma’lumotlari asosida korxona ishlab chiqarish faoliyatini tahlil qilish va kelgusidagi faoliyatni rejalashtirish imkoniyati oshadi.
2010-«Asosiy ishlab chiqarish» va 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» hisobvaraqlari bo‘yicha analitik hisob har bir mahsulot turi, kalkulyatsiya bandlari va bajarilgan joyi bo‘yicha alohida yuritiladi. Buning uchun analitik hisob kartochkasi yuritiladi.
2510-«Umumishlab chiqarish xarajatlari» hisobvarag‘i bo‘yicha analitik hisob 12-qaydnomada yuritiladi. 12-qaydnoma shaxmat shaklida bo‘lib, tegishli grafalarga hisobvaraqlar bo‘yicha xo‘jalik muomalalarining summasi yoziladi.
Sexlar bo‘yicha xarajatlar aks ettirilib va №12-qaydnomada jami ma’lumotlar chiqarilgandan so‘ng, sex qaydnomalari xarajatlari jamlanadi. Yakuniy ma’lumotlarni «Korrespondentlashadigan hisobvaraqlar jami» jadvaliga, qaydnomaning orqa tomoniga yoziladi. Yuqoridagi ma’lumotlar №10-jurnal-orderda xarajatlar bo‘yicha sintetik hisobvaraqlarda yozuv uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bundan so‘ng butun korxonada xarajatlar va ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha natijalarni aniqlash lozim. Buning uchun №12 va 15-qaydnomalarda hisobga olingan ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar va xarajatlar yo‘nalishi bo‘yicha umumlashtirib tahlil etish va sintetik hisobvaraqlar bo‘yicha kredit oborotini aniqlash kerak. Bu ma’lumotlar Bosh kitobni yuritishga asos bo‘ladi.
Korxona bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini №10-jurnal orderda jamlanadi. Ushbu jurnal-order shaxmat qaydnomasi prinsipiga asosan tuziladi. Kredit hisobvaraqlar ustunlar bo‘yicha, debet hisobvaraqlar qatorlar bo‘yicha joylashtirilgan. Ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari sintetik hisobvaraqlar sistemasi qatorlar bo‘yicha joylashtirilgan. Ustunlar va qatorlar bo‘yicha ma’lumotlar yig‘ilganda natijalar bir-biriga mos kelishi kerak. №10-jurnal-order ma’lumotlari ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar bo‘yicha aniqlash uchun hamda tannarx hisoblash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. №10-jurnal-order yakuniy ma’lumotlarini №10-1-jurnal-orderning qatori bo‘yicha ko‘chiriladi. №10-1-jurnal-order 10-jurnal-orderning davomi bo‘lib hisoblanadi. Unda №10-jurnal-orderdagi kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oboroti aks ettiriladi va noishlab chiqarish hisobvaraqlar debeti bilan korrespondensiyalashadi.
Yakuniy ma’lumotlar jamlanib, kredit bo‘yicha hisobvaraqlar oborot summalari aniqlanadi va Bosh kitobga ko‘chiriladi. Bosh kitob yillik hisobotlarni asosini tashkil etuvchi yakuniy ma’lumotnoma bo‘lib hisoblanadi. Ushbu kitobda ma’lum davr mobaynida har bir hisobvaraq bo‘yicha xo‘jalik operatsiyalari oboroti aks ettiriladi.


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə