Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə36/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

2310-hisobvaraq kreditlanganda quyidagi hisobvaraqlar debetlanadi:
1010, 1070, 1090 - hisobvaraqlar ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan qaytgan chiqitlar kirimga olinganida;
2610 - tuzatib bo‘lmaydigan brakning hisobdan chiqishi;
2810 - hisobvaraq - yordamchi ishlab chiqarishlar mahsulotining omborga kirim qilinishi;
5910-hisobvaraq - kamomad va nobudgarchiliklarning aks ettirilishi.
9110, 9130-hisobvaraqlar - chetga jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga;
9210, 9220 - hisobvaraqlar - asosiy vosita va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatiga;
9410 - hisobvaraq - mahsulot sotishga ko‘rsatilgan xizmatlar xarajatlarini hisobdan chiqarishga.
Yordamchi ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxining hisobi va kalkulyatsiyasi, aniq bir tarmoq uchun uning hususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan hujjatlar moddalarining nomenklaturasi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Bunday hujjat moddalariga quyidagilarni kititish mumkin:

Yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlari har bir sex bo‘yicha alohida tuziladigan 12-qaydnomada yuritiladi.
Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi:
- yukxatlar - omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdori ko‘rsatilgan holda;
- ta’mirlangan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi - bajarilgan va topshirilgan ishlar hajmiga;
- marshrut varaqalar - yuk avtomobillari tomonidan tashilgan yuk hajmiga.
Yordamchi ishlab chiqarishda kalkulyatsiya obyektlari bo‘lib tannarx hislanadigan mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning turlari hisoblanadi. Kalkulyatsiya birligi tarzida odatda quyidagi tabiiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: ehtiyot qismlar yiki asboblarning bir donasi yoki 100 tasi; quvvatning 1kB/ soati, siqilgan havo yoki gazning 1m kubi, avtotransportning 1 km bosib o‘tgan yo‘li va boshqalar.
Tugallanmagan ishlab chiqarish mavjud bo‘lmagan oddiy yordamchi ishlab chiqarishda kalkulyatsiya birligi tannarxi “Yordamchi ishlab chiqarish” schyotining debetida hisobga olingan xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlar va xizmatlar miqdoriga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlarda buyurtmalar va barcha mahsulot tannarxini hisoblashda tugallanmagan ishlab chiqarishning o‘tkaziladigan qoldiqlari inobatga olinadi. Bir buyurtma bo‘yicha mahsulotning bir necha birligi ishlab chiqarilgan taqdirda, birlik tannarxi xarajatlarning (tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlari o‘zgarishini hisobga olgan holda) buyumlar miqdori (ishlar hajmi)ga nisbati bilan hisoblanadi. Buyurtma bo‘yicha mahsulotning bir necha turlari ishlab chiqarilgan taqdirda, xarajatlar ularning har biri orasida rejadagi tannarxga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə