Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə32/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg‘i, amortizatsiya ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar kiradi.
Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarning jami summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko‘rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo‘lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo‘ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo‘shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, foyda hisobidan davr xarajatlari qoplanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo‘yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z vaqtida, to‘laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag‘lari ishlatilishi ustidan nazoratni o‘rnatishdir.
Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni:


Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda

Bunday axborot kreditor, investor, bank, soliq inspeksiyasi kabi tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig‘ini xarajatlar haqidagi axborotsiz hisoblash mumkin emas.


Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to‘lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi oldida quyidagi vazifalar turadi:

  • korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z vaqtida to‘laligicha hisobga olish;

  • xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob varaqalarida hamda hisobot shakllarida to‘g‘ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash.

Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, toki uning asosida eng to‘g‘ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo‘lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak:

  • xarajatlarni ularni paydo bo‘lish joylari bo‘yicha hisobga olish;

  • xarajatlar hisobini javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha tashkil qilish;

  • xarajatlarni ularni paydo qilgan ob’ektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida mahsulot turlari bo‘yicha jamlab berish.

Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo‘lish joylari va javobgar xo‘jalik markazlari bo‘yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi.
Demak, xarajatlarni hisobga olishning quyidagi vazifalarini ham sanab o‘tishimiz kerak ekan:
- alohida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar hisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash;
- alohida mahsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari haqidagi ma’lumotni shakllantirib berish;
- korxonaning ishlab chiqarishdan tashqari barcha boshqaruv xarajatlarining tahliliy ma’lumotlarini yig‘ib berish va ularning talqinini amalga oshirish.
Bu vazifalardan ko‘rinib turibdiki, hisob va tahlil boshqaruv hisobining bir-biri bilan chambarchas bog‘langan ikki tomoni ekan. Zero mahsulot bahosining eng quyi chegarasini aniqlash uchun ham tannarxni hisoblash talab etiladi.
Har bir korxona yoki birlashmada ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini to‘g‘ri kalkulyatsiya qilishning tashkil etish imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

  1. avvaldan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnologiya rejasining mavjud bo‘lishi;

  2. ombor xo‘jaligining to‘g‘ri tashkil qilinishi hamda ishlab chiqarish uchun zarur o‘lchov asboblari va moslamalar bilan ta’minlangan bo‘lishi;

  3. ishlab chiqarish xarajatini analitik hisobvarag‘i;

  4. kalkulyatsiya ob’ektlari hamda kalkulyatsiya birligini aniqlash;

  5. kalkulyatsiya moddalari, kompleks xarajatlar moddalari nomenklaturasini ishlab chiqish;

  6. kompleks xarajat moddalarini kalkulyatsiya ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash usulini tanlash va hokazolar.

Boshqacha qilib aytganda, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulyatsiyalashda quyidagi qoidalar asos bo‘lib xizmat qiladi:

  • korxonadagi barcha xarajatlarni ularning ahamiyatidan, ya’ni unumli yoki hokazolardan qat’iy nazar to‘laligicha hisobga olish;

  • xarajatlarni korxonadagi faoliyat sohalari bo‘yicha alohida hisobga olish zarurdir. Aniqrog‘i, asosiy faoliyat, boshqa turdagi faoliyat, masalan, ta’mirlash, yordamchi xo‘jalik, asosiy va yordamchi xo‘jalik, asosiy va yordamchi sanoat ishlab chiqarish bo‘limlari va h.k;

  • har bir xarajatni u tegishli bo‘lgan davrda hisobga olish va qoplash shartdir.

Yuqoridagi qoidalarga bo‘ysunish xarajatlar hisobining optimal tashkil qilinishi, moliyaviy hisobotning esa ob’ektiv va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.
Xarajatlar hisobi buxgalteriya hisobi vazifalaridan kelib chiqib quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlanadi:
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi


Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə