Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə28/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

Vaqtbay mukofot shaklida asosiy ish haqidan tashqari mukofot to'ianadi. Rahbar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar mehnati uchun oylik belgilangan oklad asosida to‘lanadi. Hisobot oyidagi hamma ish kunini to'liq ishlagan bu toifadagi xodimlar mehnati oylik okladi miqdorida to lanadi. Agar xodim hamma ish kunida to‘liq ishlamagan bo'lsa, u holda uning mehnatiga haq ishlagan vaqti va oylik oklad asosida hisoblanadi.
Ish haqi o‘z tarkibiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

  1. Asosiy ish haqi.

  2. Qo'shimcha ish haqi.

Asosiy ish haqi deyilganda ishchi va xizmatchilarning ishlagan vaqti uchun amaldagi qonun-qoidalariga muvofiq to‘lanadigan haq tushuniladi. Masalan: mehnat ta'tili uchun 18 yoshga to‘lmagan o‘smirlarning ishlamagan soati uchun, davlat fermer ishlari bilan band bo‘lgani uchun to‘lanadigan haq va boshqalar.
Korxona xodimlarining asosiy va qo‘shimcha hamda ro‘yxatda bo‘lmagan xodimlar ish haqi mehnatga haq to‘lash fondini tashkil qiladi.
Unga quyidagilar kiradi.

  1. Korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan ish haqi.

  2. Ish haqi berilishida berilgan mahsulot qiymati.

  3. Tarif stavkalari va okladlariga qo‘shimchalar.

  4. Mukofotlar.

  5. Korxona shtatida bo‘lmagan xodimlar mehnat haqi.

  6. Mehnat ta'tiliga tolanadigan haq va boshqalar.

Pul to‘lovlari va rag‘batlantirishga quyidagilar kiradi:

  1. Yillik ish yakunlari bo'yicha rag'batlantirish.

  2. Muhim ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarganligi uchun rag‘batlantirish.

  3. Korxonalardan o‘qishga yuborilgan talabalarga stipendiya.

4. Davolanish uchun beriladigan yo'nalishlar qiymati
5. Mehnat fermerlari aksiyalari uchun to‘lanadigan daromadlar va boshqalar.
O‘rtacha daromad va xodimlarning o‘rtacha ish haqiga mehnatga haq to‘lash foizi tarkibiga kiritilgan jami to'lovlar kiradi. O‘rtacha ish haqiga ish haqi to'lovlari va rag'batlantirishdan tashqari ish natijalari bo'yicha rag'batlantirish hamda muhim ishlab chiqarish topshirig‘ini bajarganlik uchun rag'batlantirish kiradi. Korxona xodimlari o‘rtacha daromadi deganda o'rtacha ish haqi kiritiladigan summalardan tashqari yana moddiy yordam, mehnat faxriylari, nafaqa, talabalar stipendiyasi, davolanish uchun beriladigan yo‘llanmalar qiymati, aksiyalar uchun olinadigan daromadlar va boshqalar tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va realizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibi va moliyaviy natijalarning tarkib tonishi to‘g‘risida»gi Nizomni tasdiqlash haqidagi qaroriga muvofiq ishlab chiqarish harakatidagi mehnatga haq to‘lash xarajatlarining moddalari keltirilgan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə