Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar)



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə34/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

2. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar):
a) mahsulot sotish xarajatlari;
b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari;
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
3. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar:
a) foizlarni to‘lash bo‘yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiyalar bo‘yicha kurslardagi salbiy farqlar;
v) qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘larni qayta baholash natijasidagi zararlar;
g) moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar;
4. Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to‘lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi:

  • ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari;

  • ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;

  • asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;

  • ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.


17 -Mavzu yuzasidan nazorat savollari:

  1. Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb nimaga aytiladi?

  2. Xarajatlar hisobining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

  3. Xarajatlar hisobi buxgalteriya hisobi vazifalaridan kelib chiqib qanday guruhlanadi?

  4. Bevosita xarajatlar deb, qanday xarajatlarga aytiladi?

  5. Davr xarajatlari (operatsion xarajatlar) qanday guruhlarga ajratiladi?



Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə