Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish


-Mavzu: Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish, maxsulot tannarxini kalkulyatsiyalash tartibini o‘rganish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə35/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

18-Mavzu: Yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini umumlashtirish, maxsulot tannarxini kalkulyatsiyalash tartibini o‘rganish.
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. Yordamchi ishlab chiqarishlarga quyidagilar kiradi:
- turli xil energiya, elektroyenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
- transport xizmatini ko‘rsatish;
- asosiy vositalarni ta’mirlash;
- instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini boyitish;
- yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
- qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash.
Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatadigan yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun, yordamchi ishlab chiqarishning har bir turi bo‘yicha alohida hisob yuritiladigan 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» aktiv kalkulyatsiya schyoti qo‘llaniladi.
Bu hisobvaraq aktiv bo‘lib, debetida yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning haqiqiy tannarxi summasi aks ettiriladi.
2310-hisobvaraq debetlanganida quyidagi hisobvaraqlar kreditlanadi:
0211-0299 - hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
1010, 1070, 1090 -hisobvaraqlar - yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan material summasiga;
1610- hisobvaraq - materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarilganida;
2510- hisobvaraq - umumishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
2610-hisobvaraq - brakdan ko‘rilgan yo‘qotishlar yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida;
3110, 3190-hisobvaraqlar - kelgusi davr xarajatlari hisobdan chiqarilganida;
6710 - hisobvaraq - ishchilarga ish haqi hisoblanganida;
6510-6520 - hisobvaraqlar - ijtimoiy sug‘urtaga va davlat maqsadli fondlariga ajratma hisoblanganida;
4730-hisobvaraq - moddiy qiymatliklarning kamomadi yordamchi ishlab chiqarishlarga o‘tkazilganida.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə