Mavzu: Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari tarkibi bilan tanishish



Yüklə 2,18 Mb.
səhifə5/70
tarix21.05.2022
ölçüsü2,18 Mb.
#87620
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70
Mavzu Korxonaning tuzilishi va boshqaruvi jixatdan bo‘limlari t

3- Mavzu uchun nazorat savollari:

  1. Buxgalteriya apparati qanday bo‘limlardan tashkil topadi?

  2. Korxonaning bosh buxgalteri kimga bo‘ysunadi?

  3. Hisoblashish bo‘limining ishi nimadan iborat?

  4. Hisob yuritish siyosati deganda nima tushuniladi?

  5. Korxonaning hisob yuritish siyosatini tanlash va asoslashga qanday omillar ta’sir etadi?


4-Mavzu: Korxonada qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi,
boshlang‘ich hujjatlar va hujjat aylanishi bilan hamda qo‘llaniladigan
buxgalteriya hisobi shakllari bilan, buxgalteriyaning joriy arxivini
tashkil qilish bilan tanishish.

Korxonada buxgalteriya hisobini tegishlicha tashkil etish uchun korxona moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi hamda har bir hisobvaraq tavsiflangan va ularga doir hisobvaraqlarning namunaviy korrespondensiyasi berilgan rejani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomadan to‘g‘ri foydalanish katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Buxgalteriya hisobi milliy andozalarini amalga tatbiq etish va bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida buxgalteriya hisobvaraqlarining yangi rejasi ishlab chiqilgan. «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli 21-son BHMA O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunining 5-moddasiga binoan ishlab chiqilgan.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi asosida xo‘jalik muomalalari buxgalteriya hisobvaraqlari ishchi rejasini tuzadilar va u xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosatida aks ettiriladi.
Hisobvaraqlar rejasi – buxgalteriya hisobi bo‘yicha hisobvaraqlarning ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra bir tizimga solingan ro‘yxatidir.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining yangi tahriri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 9 sentyabrdagi 103-sonli qarori bilan tasdiqlandi va Adliya vazirligi tomonidan 2002 yil 23 oktyabrda 1181-son bilan 21-son BHMA sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Hisobvaraqlar rejasining dastlabki 1-8-bo‘limlarida doimiy yoki balans hisobvaraqlari, 9-bo‘limda esa tranzit yoki vaqtinchalik hisobvaraqlar joylashtirilgan.

Yüklə 2,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə