Mavzu: magnit maydonida qutublanish tekisligini burilishi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/11
tarix04.06.2022
ölçüsü0,87 Mb.
#88689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 Malikova Xursanoy. Kurs ishi Optikadan.m

Yorug’lik qutblanishi, interferensiya, dispersiya va difraksiya hodisalari yorug’likning to’lqin tabiatiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Ammo yorug’lik bo’ylama yoki ko’ndalang to’lqin xossasiga egami, bu to’g’risida aniq ma’lumot bermaydi. Hatto to’lqin optikaning asoschilari bo’lgan Yung va Frenellar ham uzoq vaqtgacha yorug’lik to’lqinlarini, xuddi tovush to’lqinlari kabi, bo’ylama to’lqinlar deb hisoblab keladilar.
Yorug’likning qutblanishi kashf qilingandan keyingina yorug’lik to’lqinlarining xarakteri haqidagi savollarga javob topildi. Shu paytgacha qutblanish hodisasi faqat ko’ndalang to’lqinlarga xos ekanligi ma’lum edi. Demak, yorug’lik ko’ndalang elektromagnit to’lqindan iborat: to’lqinning tarqalish va tebranish yo’nalishlari o’zaro perpendikulyar.
Elektr vektori (elektr maydon kuchlanganligi) va magnit vektori (magnit maydon induksiyasi) tebranadi. Yorug’lik to’lqini faqat shu va vektorlarning tebranishlari bilangina mavjuddir. Yorug’lik tarqalayotgan har bir real manba (nurlanayotgan jism ) tartibsiz nur sochuvchi, ya’ni elektr va magnit vektorlarining tebranishlar tekisliklari turlicha bo’lgan ko’plab atomlardan tashkil topgan. Bu atomlardan tarqalayotgan to’lqinlar bir-biriga qo’shilib, tabiiy yorug’lik nurini hosil qiladi. Tabiiy yorug’lik nurida fazoning barcha tekisliklari tebranayotgan elektr va magnit vektorlari mavjuddir. Bunday nur qutblanmagan yoki tabiiy nur (yorug’lik) deb ataladi.
Agar elektr tebranishlari biron-bir yo’l bilan tartibga solinsa, ya’ni elektr tebranish vektorlari bitta tekislikda tebranadigan bo’lsa, bunday yorug’lik nuri qutblangan nur (yorug’lik) deyiladi: elektr vektorining tebranishi faqat bitta tekislikda sodir bo’lsa, bunday nur yassi qutblangan yoki chiziqli qutblangan nur deyiladi. Biror yo’nalishdagi tebranish boshqa yo’nalishlardagidan afzallikka ega bo’lgan nur esa qisman qutblangan nur (yorug’lik) deb ataladi.
Alohida atom tarqatgan nurni yassi qutblangan yorug’lik deb qarash mumkin. Bunda elektr vektori faqat bittan tekislikda tebranadi. Tabiatda shunday moddalar (kristallar) mavjudki, ular tabiiy yorug’likni qutblangan yorug’likka aylantirib beradi. Masalan, turmalin kristalida shunday yo’nalish mavjudki, u o’zidan o’tayotgan yorug’likning elektr vektorini bitta tekislikda tebranayotgan yassi qutblangan yorug’likka aylantirib beradi (2-rasm). Elektr vektori tebranayotgan tekislik tebranish tekisligi, magnit vektori tebranayotgan tekislik qutblanish tekisligi deyiladi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə