Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi



Yüklə 394 Kb.
səhifə13/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

Nutqiy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash metodikasi Ma‘lumki, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda, ularning nutqlarini tiklashda musiqa mashg‘ulotlari katta o‘rin tutadi. Bunday gurux bolalari bilan musiqa rahbari logoped musiqa rahbari bilan hamkorlikda ishlasa o‘z maqsadiga yetadi. Nutqida nuqsoni bor bolalarning nutqini tiklashda musiqa raxbarlari ko‘proq logoritmikaga e‘tibor qilishlari ko‘zda tutiladi. Bunda:
 to‘g‘ri nafas olishni yo‘lga qo‘yish;
 ovozni rivojlantirish ustida ishlash;
 temp va ritm ustida ishlash;
 eshitish va xotirani rivojlantirish;
 umumiy va maxsus motorikani rivojlantirish;
 so‘zlarni xarakatlar bilan to‘g‘ri ishlay olish;
 intonasiya va shu registrlar ustida ishlash;
 o‘yinlar.
Yuqorida ko‘rsatilgan tavsiyalar mashg‘ulot jarayonida o‘z samarasini beradi. Bolalarning musiqa tafakkurini rivojlantiradi. Idroki va hissiyotini tarbiyalaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar yorqin va quvnoq ranglarni xush ko‘radilar, ularda bu orqali quvnoqlik hissiyotlari rivojlanib boradi. O‘quv materiali murakkabligiga ko‘ra xilma – xildir: ko‘proq aqliy faoliyatni, diqqatni talab qiladigan vazifalarni mashg‘ulotlar boshida berish kerak. Kuylashdan oldin murakkab jismoniy mashqlarni berish mumkin emas, chunki bunday mashqlar bolalarni nafas olishlarini qiyinlashtiradi. Amaliyotga ko‘ra faoliyat turlarini quyidagicha berish maqsadga muvofiq. Mashg‘ulot boshida kichik musiqiy – ritmik mashqlar, ular birorta raqs elementlari ham bo‘lishi mumkin. Bunday harakatlar bola diqqatini jamlaydi.
Ritmik mashqlardan so‘ng bolalar o‘tiradilar va musiqa tinglaydilar. Keyin esa qo‘shiq kuylashga o‘tadilar. Bolalar bir mashq davomida 2–3 ta qo‘shiq kuylashadi. Masalan, marsh, raqs, qo‘shiq jarayonida musiqa savodidan xabardor bo‘ladilar. Bunday mashg‘ulotlar mavzuli mashg‘ulotlar deyiladi.
Yana biri bu kompleks mashg‘ulotlardir. Bunda bolalar bilan faqat musiqa emas, balki, adabiyot va tasviriy san‘at bilan shug‘ullanadilar. Bunday mashg‘ulotlar asosida uchta san‘atni birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, «Qish zavqi»,«Kuz keldi», «Bahor». Musiqa mashg‘ulotlari – har bir bolaning musiqiy qobiliyatini maqsadga muvofiq va har tomonlama ta‘lim – tarbiya beruvchi mashg‘ulotlardir. Ularda har xil faoliyat turlari: kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan tanishtirish kabi faoliyatlarni uzviy bog‘lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini bajarish bolalarni faolroq bo‘lishlariga asos bo‘ladi. Tashkil etiladigan bayramlar ham qiziq va muvaffaqiyatliroq o‘tadi. Musiqa mashg‘ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Uning mazmuni va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan vazifalarga bog‘liq.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə