Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja


-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli guruhlarida musiqa mashg’ulotlari ishlanmasini tuzish



Yüklə 394 Kb.
səhifə11/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

8-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining turli guruhlarida musiqa mashg’ulotlari ishlanmasini tuzish
Reja:

  1. Egallangan malakalar va qobiliyatlar o’suvining individual darajalarini hisobga olish.

  2. Mashg’ulotlarda individual yondashishni qo’llash.

Tayanch so’zlar: musiqa, asar, tovush, musiqiy ijodkorlik, qiziquvchanlik, idrok, musiqaviy qobiliyat, tarbiya, bolalar
Bugungi bolalar qayerda yashashidan qat‘iy nazar, doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologik, ilmiy, texnikaviy va industrial sohalardagi o’zgarishlar bilan to’qnash kelishlariga to’g’ri keladi. Bolaning rivojlanishi va o’sishi uzluksiz davom etadigan jarayondir. Bu davrda uning shaxs sifatida shakllanishi, ilk bor olamni atrofidagi ashyo va buyumlar orqali anglab, undan o’zicha ma‘no topishga intilishi, qiziqish va hissiyotlari rivojlanishini kuzatamiz.
Hayotning har bir davri, rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga ko’ra o’ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o’sib, ulg’ayishida maktabgacha bo’lgan davrni shular sirasiga kiritish mumkin. Bolalar ohangraboli olam hisoblanib, juda tez o’sish, rivojlanish va o’zgarishlar ichida yashaydilar. Bu farzand tarbiyasida aynan shu palla qanchalik ahamiyatli ekanining yana bir isbotidir.
Bolaning rivojlanishi, ruhiyati va ta‘lim-tarbiyasidagi o’ziga xos davrlar, davrlarga monand o’zgarishlar, muammolar haqida hikoya qiladigan ushbu dastur nafaqat tarbiyachilar, balki oilalar va ota-onalar uchun eng yaqin maslahatchi va sirdosh bo’la oladi. Maktabgacha ta‘lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. O’zbekiston Respublikasi «Ta‘lim to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasida: «Bu ta‘lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat‘iy nazar, boshqa ta‘lim muassasalarida olib boriladi»,- deb ta‘kidlangan. Darhaqiqat, ta‘lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta‘sir qiladi.
Dastur mazmun-mohiyati bilan bolalarning psixofiziologik kamol topish tamoyilidan kelib chiqib, ularning atrof-olamdagi voqea-hodisa, narsalarga munosabati hamda turli sohalar bilan aloqa qilishlarini nazarda tutadi. Dasturda o’zbek xalq og’zaki ijodi, xalq o’yinlari, musiqasi, raqslari, amaliy san‘at asarlari va tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Shu bilan birga dasturda boshqa xalqlarga hurmat hissini tarbiyalash nazarda tutilgan va bolalarni mehribonlik, go’zallik xayrixohlikka o’rgatishga alohida urg’u beriladi. Dasturni amalga oshirishda bolalarning jismoniy va psixik sog’lig’ini mustahkamlash, harakat va gigiyenik malakalari asoslarini shakllantirish vazifasini bajarish muhim hisoblanadi. Dastur bolalarga valeologik ta‘lim berishni nazarda tutadi: bolada sog’lom turmush tarzi haqida tasavvurlar shakllangan bo’lishi, gigiyenik va harakat madaniyatining muhimligini anglashi, salomatlikni asrash, organizmni himoya qilish, o’zi va o’zgalarga vaqtida zarur yordam ko’rsatishni bilish kabilar bolaning shaxs madaniyati, ijtimoiy himoyalanganini bildiradi.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə