Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa mashg’ulotlari reja



Yüklə 394 Kb.
səhifə23/34
tarix26.10.2023
ölçüsü394 Kb.
#132169
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34
1-Mavzu MTTlarida musiqa mashg`ulotlari

MASHG‘ULOTNING BORISHI
Bolalar: — Assalomu alaykum!
Musiqa rahbari: — Vaalaykum assalom! Hozir musiqaga mos yuramiz va yuguramiz («Marsh» kuyiga yurib, «Yugurish» kuyiga mos ravishda oyoq uchida yengil yuguradilar). Endi yonlama galopni (og‘izda kuylab, ko‘rsatadi). Musiqa jo‘rligida harakatni bajaradilar. Arqonni o‘zingizga tortasiz (harakat ko‘rsatib beriladi), marsh ostida joyingizga kelib o'tirasiz. Bolalar harakatni bajaradilar.
Bolalar, hozir bir kuyni ijro etaman, kayfiyatini aniqlang. («Masxarabozlar» kuyi ijro etiladi).
Bolalar:Bu kuy quvnoq, sho‘x ekan.
Musiqa rahbari: — To‘g‘ri, quvnoq kayfiyat, sho‘x ohangga ega. Bu kuyga qanday harakat qilsa bo‘ladi?
Bolalar: — Bu kuyga o‘ynasa, sakrasa boladi.
Musiqa rahbari: — To‘g‘ri, shuning uchun ham bu kuyning nomi «Masxarabozlar». Masxarabozlar kimlar, ulami qayerda ko‘rgansiz?
Bolalar: — Masxarabozlarni sirkda, xalq sayillarida ko‘rganmiz. Ular odamlami kuldiradilar.
Musiqa rahbari: — To‘g‘ri, mana ular (rasm yoki o‘yinchoqlari ko‘rsatiladi). Bolalar, kuyni yana bir marotaba tinglang. (Ijro). Endi yana qo‘shiq kuylab beraman. Uning nima haqida ekanligini aytib berasiz. (Ijro).
Bolalar: — G ‘ozlar va bolalar haqida.
Musiqa rahbari: — To‘g‘ri. Bolalar, kuyning yo‘nalishiga qarab qo‘llaringiz bilan harakatni ko'rsatasiz («g‘oq-g‘oq» so‘zlariga qo‘l bilan ko‘rsatib, sof ovozda aniq kuylab beradilar).
Musiqa rahbari: — Hozir qo‘shig‘imizni eshitasiz. «Bolalar va g‘ozlar» (Bolalar qo‘shiqning kirish qismidan nomini topib aytadilar). Endi shu qo‘shiq kuyiga ovoz sozlaymiz.
Musiqa rahbari: — Endi sizlarga 2- qo‘shiqni ijro etib beraman. Uning nomi «Aziz bo‘ston — 0 ‘zbekiston*. Bu qo‘shiqning musiqasini kompozitor Dilorom Omonullayeva, she’rini esa shoir Mirpo‘lat Mirzo yozgan. 0 ‘zbekiston nima uchun bo‘stonga qiyoslanadi?
Bolalar: — Chunki 0 ‘zbekistonda bog‘lar, dalalar ko‘p.

Yüklə 394 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə