Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’quvchilarda nutq va tafakkur shakllanishining o’zaro munosabatlari xususiyatla ri. Reja: Kirish



Yüklə 115,35 Kb.
səhifə3/14
tarix24.06.2023
ölçüsü115,35 Kb.
#118823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi rivoj

Tadqiqotning vazifalari:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarini oshirishga doir qarashlarni tahlil qilish .
Ularni tez o’rganishdagi faolligiga ko’maklashish
Bilish jarayonlariga va maktabgacha yosh davrida bolaning psixik rivojlanishiga oid tajriba va sinov ishlarini ummumlashtirish.
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha yosh davrda o’quvchilarda nutq va tafakkur shakllanishi xususiyatlari va shakllari belgilangan.
Tadqiqotning obyekti:Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlari : nutq va tafakkur shakllanishini o’rganish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq va tafakkur shakllanishining xususiyatlari va Maktabgacha yosh davrida bolaning psixik rivojlanishi ning zamonaviy muammolarining ba zi bir yechimlarini qaror toptirish va o’ziga xos tomonlariga doir loyhalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning metodlari:
Tajribani o’rganish
Kuzatuv
Suhbat va so’rovnomalar
Tadqiqotning ilmiy amaliy ahamiyati
BMI ning strukturaviy tuzilishi:
Kirish
Asosiy qism
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalardan iborat

1 Bob. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarining rivojlanishi.
1.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq shakllanishining

Xususiyatlari.
Nutq psixologiyasining predmeti nutq mexanizmining tuzilishi va vazifasi, boshqa kishilar bilan muloqot o`rnatishi, nutq yordami bilan o`z his-tuyg`ularini ifodalashi, boshqalarga ta`sir etishidan iboratdir.XIX asr boshlarida nutq mustaqil fan darajasiga erishgan tilshunoslikda o`rganila boshlandi. Tilning psixologik tabiatini o`rgangan, uni inson ruhiyatining namoyon bo`lishi, deb baholagan mualliflardan biri V.Gumbol’dt edi. U tilni o`lik mahsulot emas, balki doimiy tug`ilish natijasi deb qaraydi V.Gumbol’dt tadqiqotlari til-nutq tafakkuri muammolari-tilni tushunish, mantikiy va til kategoriyalarini shakllanishi, material (tovushli) substrat bilan fikrlash jarayonining munosabati masalalarini o`rganish imkonini beradi. V.Gumbol’dtning psixologik tadqiqotlari uning shogirdi tilshunoslikda psixologik yo`nalish asoschisi G.Shteyntal tomonidan rivojlantirildi.XIX asrning ikkinchi yarmida psixologiya mustaqil fan sifatida shakllanishi bilan til va nutq muammosi ham psixologik tadqiqotlarda o`rganila boshlandi.V.Vundt o`zining xalqlar psixologiyasida nutqning psixologik, psixofiziologik tomonlariga alohida e`tibor bergan. Og`zaki nutqni insonning his- tuyg`ularini ifodalovchi harakatlar bilan bir qatorga qo`yadi.
V.Vundtning 1900 yilda nashr qilingan kitobida nutqni kommunikatsiya - aloqa vositasi deb qaralgan, uning psixologik, psixofiziologik bog`liqligini tushuntirib bergan, shuning uchun ham hozirga kadar ilmiy ahamiyatini saqlab kelmoqda.Keyinchalik til va nutq nazariy-amaliy jihatdan o`rganila boshlandi. Bu sohadagi eng muhim ishlardan biri L.S.Vigotskiyning “Tafakkur va nutq” (1934) kitobidir. Bu kitobning markaziy g`oyasi-nutqning ijtimoiy tabiati, muomala vositasi sifatidagi imkoniyatlarining tasdiqlanishidir. L.S.Vigotskiy tafakkur va nutqni yaxlit dialektik birlikda deb qaraydi. Fikr so`zda ifodalanibgina qolmay, balki mukammallikka ham erishadi. Fikrdan nutqqa o`tish-fikrni qismlarga bo`linishi va so`zda ifodalanishidir.
P.P.Blonskiy tafakkur va nutqni uzilmas aloqasini ta`kidlash bilan birga, ular aynan bir narsa emasligini ham uqtiradi. U I.P.Pavlovning shartli reflekslar haqidagi ta`limotiga asosan so`zning signallik tabiatiga alohida e`tibor beradi.S.L.Rubinshteyn nutqning ong bilan bog`liqligini ko`rsatib bu birlikda inson ongining ijtimoiy tabiati o`z aksini topadi. Nutq-bu boshqa kishi uchun gapirayotgan insonning fikrlari, his-tuyg`ularining mavjud bo`lish shaklidir. So`z muloqotda tug`iladi va muloqot uchun xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi.V.M. Bexterev laboratoriyasida nazariy ta`limotlarga asosan nutq eksperimental yo`l bilan o`rganildi. 4-15 yoshdagi bolalar guruhlarini o`rganish orqali E.M. Shevaleva va O.M.Ergol’skayalar mulokot va nutq maxsulini tahlil qilish metodikasini ishlab chikishdi. Bolalar nutqining individual xususiyatlari o`rganildi. Nutq psixologiyasining eng muhim yo`nalishlaridan biri nutqning akustik tomonini o`rganishdir. Nutq akustikasi fizik akustika, lingvistika fonetika, kibernetika, va boshqa fanlar tomonidan ham o`rganiladi. Psixolog uchun nutq tovushlari - gapirayotgan kishi artikulyar apparatining faoliyati natijasidir. Bu faoliyat doimo eshitish analizatorining nazoratida bo`ladi va inson miyasining maxsus bo`limlari, motor buyruqlari bilan boshqariladi.metodikalar va apparaturalar ishlab chiqildi. Ohang va jumlani talaffuz qilishni o`rganish uchun elektrodinamik rekorder, nutq tovushlarini avtomatik tahlil qiluvchi- spektograf, artikulyatsiyani yozib oluvchi rentgenografik kurilma shular jumlasidandir. eksperimental tadqiqot uchun akustik hodisalar - ohang, tovush, fonema va bo`g`inlar ham qamrab olindi. Bu hodisalar psixologik jihatdan nutqni idrok qilish, tanish va tushunish tomondan o`rganiladi.
Nutq akustikasini o`rganish ozmi ko`pmi uning tashqi ifodalanish tomoni bilan ham bog`liqdir. Lekin, tadqiqotchilarni uning ichki tomoni ham qiziqtiradi. SHuning uchun ham ichki nutq dinamikasini o`rganishga qaratilgan ko`plab laboratoriya uslublari ishlab chiqilgan.Ichki nutq faolligini o`rganishga qaratilgan ana shunday usullardan biri artikulyatsiya organlari (til, lab) yashirin harakatini registratsiya (qayd qilish) qilishda elektromiografiya usulidan foydalanishdir. A.M. Sokolov tomonidan ichki nutq va tilning o`zaro aloqasi, til muskullari va pastki labning turli aqliy vazifalarni echish jarayonidagi miogrammasini yozib olish orqali o`rnatilgan. Tajribada aniqlanishicha aqliy faoliyat murakkablashgani sari artikulyatsiya faolligi ham ortadi. Ichki nutq jarayoni dinamikasini o`rganish uchun markaziy va periferik ta`sirlar metodikasi ishlab chiqilgan. N.I. Jinkin tomonidan markaziy nutqiy ta`sirlar metodikasi taqlif qilingan. Tajriba jarayonida tekshiriluvchilar-jumlalar tuzish, geometrik shakllarni sanash, sonlarni ko`paytirish bilan bir vaqtda bo`sh qo`llari bilan berilgan ritmni taqillatib turishgan. Ichki nutq bilan bog`liq bo`lmagan boshqa ritmning kiritilishi tormozlovchi ta`sir ko`rsatadi. Asosiy ko`rsatkich sifatida asosiy vazifani echishga sarflangan vaqt, echimning to`g`riligi, ritm va taqillatish tezligining to`g`riligi, asos qilib olinadi. Olingan natijalar nutq mexanizmi tarkibida statik va dinamik qismlarni ajratish imkonini berdi. Har bir nutq tarkibi tovush, so`z, jumlada doimiy va modellashgan belgilar mujassam bo`ladi. Dinamik jarayonlar so`zlardan jumla tuzishda muhim rol’ o`ynaydi.
Nutqni o`rganishdagi psixofiziologik yondashish nutq jarayonining tarkibiy qismlarini yo`nalishiga qarab belgilanadi. N.I.Jinkin dinamik rentgenografiya usulini qo`llash orqali talaffuz qilishni o`rganishi maqsadida-elektrokardiogramma, miogramma, teri-gal’vanik reaktsiyasi, yurak qisqarishlari chastotasini o`rganish metodlaridan foydalanilmokda. Bunday metodikalar logonevroz va tutilish (duduqlanish) paytida artikulyatsiya apparati xususiyatlarini o`rganish maqsadida qo`llaniladi.
Nutq – odamlar til orqali bir-biri bilan muomala va aloqa qilishning alohida usulidir. Odam o‘z nutqi yordami bilan o‘zining bilimlari, fikrlari, hislari va istaklarini boshqa kishilarga aytib bera oladi va boshqa kishilarning fikrlarini o‘zlashtirib oladi, boshqa kishilarning hislari va istaklarini bilib oladi. Odamlar o‘zlarining faoliyatlari va kundalik hayotlarida bir-birlari bilan shu tarzda aloqa qilib turadilar.
Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida har bir kishi bilimlarning ko‘p qismini boshqa kishilardan oladi. Nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash odamning doimiy ehtiyoji bo‘lib, bu aloqa fikr olishuvga xizmat qiladi.Odam boshqa kishilar bilan nutq orqali muomala qilmay yashay olmaydi. Odam yakka o‘zi qolganida, ko‘pincha, xayolidagi suhbatdoshlar bilan «o‘z ichida» gaplashadi. Odam o‘ziga notanish bo‘lgan bir yoki bir necha kishi o‘rtasiga tushib qolsa, unda nimalarnidir aytish yoki shu kishilardan nimalarnidir eshitish ehtiyoji albatta paydo bo‘ladi. Bu ehtiyoj qondirilmay qolsa, odamni ma’yus qiladigan «o‘ng‘aysizlik» hissi tug‘iladi. Odamning «aytadigan hech bir gapi» bo‘lmagan taqdirda ham shunday ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday hollarda u «nima qilishini» bilmay qoladi. Bunday hollarda unda «nimani gapirsam ekan?», «nimadan gap boshlasam ekan», «qanday gap boshlasam ekan!» deb gap mavzuini qidirish boshlanadi. Har bir kishining yoshiga, bilimiga, umumiy izlanish saviyasiga qarab, uning nutqi o‘ziga xos hususiyatlarga ega bo‘ladi. Ayrim kishilar kasbining xususiyatlari, shu kishilarning nimalarga qiziqishi, mijozi va shu kabi xususiyatlari ularniig nutqlarida namoyon bo‘ladi. Har bir kishi bir yoki bir necha tildan foydalanib, o‘zicha gapiradi. har bir kishining o‘z nutqi bor. Odam ongining alohida funksiyasi bo‘lgan nutq psixolo­giya fani tomonidan o‘rganiladi. Til esa ijtimoiy hodisadir. Til ayrim kishida mustaqil ravishda mavjuddir. Tilning ijodkori esa xalqning o‘zidir, tarixan tarkib topgan millatning o‘zidir.
Nutq bilan til bir-biridan farq qiladi, lekin ayni vaqtda ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi; nutq ham, til ham bir-biriga bog‘langan, ular birlikda mavjuddir. Bu birlik shundan iboratki, har bir til tarixiy taraqqiyot davomida odamlarning nutq vositasi bilan aloqa bog‘lash jarayonida vujudga kelgan va o‘sib borgan. Har bir tilning yashab turishi kishilarning shu tilda gaplashuvlariga bog‘liq. Agar odamlar biror tilda gaplashmay qo‘ysalar bu til ham yo‘q bo‘lib ketadi: u «o‘lik til» bo‘lib qoladi. Biz «o‘lik» tillar borligini shu til aks ettirilgan yozma yodgorliklardan bilamiz. Masalan, qadimgi grek (yunon), lotin tillari mana shunday «o‘lik» tillardir. Til bilan nutqning birligi yana shundan ham namoyon bo‘ladiki, har bir kishi o‘z nutqida biror tildan foydalana­di, ba’zilari esa bir necha tildan foydalanadilar. Odamlarning o‘zaro aloqalarida ularning nutqlari turli ma’nolarda yoki funksiyalarda namoyon bo‘ladi.
Nutqning asosiy vazifasi, demak, uning asosiy funksiyasi – odamlarning bir-birlari bilan aloqa qilish vositasi bo‘lishdir. Bu aloqa asosan odamlarning o‘z fikrlarini bir-birla­riga aytishlaridan iborat bo‘ladi. Aloqa jarayonida fikrlar nutq yordamida shakllanadi, ifodalanadi, aytiladi va tushunib olinadi. Og‘zaki yoki yozma nutqda ifodalab berilgan fikrlar shu fikrlarni aytuvchi kishi uchun ham ravshanroq bo‘lib qoladi. Shunday qilib, nutq aloqa jarayonida tafakkur quroli bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 115,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə