Mavzu: Maktabgacha tarbiya yoshidagi o’quvchilarda nutq va tafakkur shakllanishining o’zaro munosabatlari xususiyatla ri. Reja: Kirish



Yüklə 115,35 Kb.
səhifə2/14
tarix24.06.2023
ölçüsü115,35 Kb.
#118823
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
kurs ishi rivoj

birinchidan, bog‘cha Yoshidagi bolalarda turmush tajribasining nisbatan ko‘payishi,
 ikkinchidan, bu davrda bolalar nutqining yaxshi rivojlangan bo‘lishi,
 uchinchidan esa, bog‘cha Yoshidagi bolalarning erkin, mustaqil harakatlar qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlaridir.Bog‘cha Yoshidagi bolalarda har sohaga doir savollarning tug‘ilishi, ular tafakkurining faollashayotganligidan darak beradi. Bola o‘z savoliga javob topa olmasa yoki kattalar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi qiziquvchanlik so‘na boshlaydi.
Muammoning o’rganilganlik darajasi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, ahloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta’minlash bo`yicha farmoyish qabul qilindi. XXI asr texnika va texnologiyalar asri. Bu zamonda yangiliksiz, izlanishsiz, yaratuvchanliksiz inson mustaqil individ sifatida hayotda o`z o`rniga ega bo`lolmaydi. XXI asr texnika va texnologiyalar asri hisoblanadi. Bugungi kunda har bir oilada texnik qurilmalar – masalan, mobil telefonlari, televizor, kompyuter, planshet va boshqalar kundalik iste’molda keng qo`llanadi. Shunisi diqqatga sazovorki, kichik yoshdagi bolalar kattalarga nisbatan bu qurilmalardan tez va oson foydalanishadi. Ammo, maqsadga yo`naltirilganlik darajasi juda oddiy. Shu ma’noda, maktabgacha ta’lim muassasalarini to`liq texnologiyalar bilan ta’minlanish bosqichiga o`tilmoqda. Bu esa ta’limda ko`rgazmali qurollardan, zamonaviy texnologiyalar asosida foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar uchun o`yin dasturlarining bilimga qaratilgan turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.


Yüklə 115,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə