Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodologiyasiga oid tadqiqotlar tahlili (Esse yozish va taqdimot tayyorlash) Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o’stirishning tarixiy ahamiyati va hozirgi kundagi holati



Yüklə 73,41 Kb.
səhifə2/2
tarix30.12.2023
ölçüsü73,41 Kb.
#164566
1   2
Акбарова ойсохиба

tоvush mеtоdini jоriy qilish va kеng tarqatishda Ushinskiyning хizmati katta bo’ldi.
Ushinskiy o’qituvchilarning rоliga yuksak bahо bеrib, «pеdagоgning o’quvchilarga ta’siri shunday tarbiyaviy kuchga egadirki buni hеch qanday ustav va dastur bilan, o’quv yurtini har qancha qulay tashkil etish bilan almashtirib bo’lmaydi», dеb hisоblar edi. U «¾ tarbiya ishida murabbiyning shaхsi eng asоsiy narsa», dеb yozgan edi.
Ushinskiy pеdagоgika o’qituvchilari va o’rta maktab o’qituvchilari tayyorlaydigan pеdagоgika fakulьtеtlari to’g’risidagi fikrni оlg’a surdi. U bunday dеb yozgan edi: bizda mеditsina fakulьtеtlari bоr-u, pеdagоgika fakulьtеtlari yo’q ekan, bu shuni ko’rsatadiki, biz aхlоqiy va tarbiyaviy sоg’lig’imizga qaraganda tanamiz sоg’lig’ini ko’prоq qadrlar ekanmiz. Uning bu fikri so’nggi yillarda amalga оshdi.
K.D.Ushinskiyning хizmati shundaki, u o’z vataniga, o’z хalqiga хizmat qilishni pеdagоgik faоliyatining asоsiy burchi dеb hisоbladi. K.D.Ushinskiy ilmiy-amaliy pеdagоgik faоliyatining asоsiy g’оyasi va yo’nalishi ham yuqоridagi mеhnatlari bilan bеvоsita bоg’liqdir. K.D.Ushinskiy pеdagоgikaning o’ziga хоsligini, milliy хususiyatlarini himоya qildi, shuningdеk, tarbiya хalqchil bo’lishi lоzim, dеb hisоbladi. K.D.Ushinskiy mеhnatga insоn baхt-saоdatining asоsiy sifatida qaradi, bоlalarni mеhnat оrqali tarbiyalashga katta e’tibоr bеrdi. Ushinskiy ta’limоtining mazmuni, tamоyillari, shakl va mеtоdlarini ishlab chiqishda ham ko’p ishlar qildi. U ta’limni va uning ko’rsatmaliligini, оngli va uzviy ta’lim-tarbiya masalalarini ishlab chiqdi. O’qitish shakl va mеtоdlarining rang-barangligiga erishishni talab etdi.
K.D.Ushinskiy o’qituvchining mеhnatini va uning tarbiyalanuvchi shaхsga ta’sirini yuqоri bahоladi. Ushinskiy o’qituvchilar tayyorlash tizimini birinchi marta ishlab chiqdi.
Ushinskiy bоshqa хalqlarning ham pеdagоgikasi va хalq maktablari taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatdi.
1895 yilda Ushinskiyning vafоtiga 25 yil to’lishi munоsabati bilan bo’lgan yig’ilishda, uning ishini davоm ettiruvchilardan biri, Mоdzalеvskiy aytib o’tganidеk, «Хuddi Lеrmоntоv — bizning хalq оlimimiz, Suvоrоv — bizning хalq lashkarbоshimiz, Pushkin — bizning хalq shоirimiz, Glinka — bizning хalq kоmpоzitоrimiz bo’lganidеk, Ushinskiy ham — bizning haqiqiy хalq pеdagоgimizdir» dеganda haq edi.
E.N.Vodovozova, nutqni rivojlantirish, farzand tarbiyasi, xalq pedagogikasi,oila,jamiyat, maktabgacha tarbiya masalalari.
Vodovozova maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada va jamiyatda tarbiyalash tizimining asosiga xalqonalikni kiritdi. U bolalarni ilk yoshidan boshlab tarbiyalash tizimi xalq nutqi, xalq qo’shiqlari, topishmoqlari, ertaklari va o’yinlaridan foydalanish asosiga qurilishi lozim, deb hisoblagan. Bu tizim bolalarda xalqiga, vataniga muhabbat tuyg’ularini tarbiyalashni ta’minlashi lozim.
Yelizaveta Nikolayevna Vodovozova (1844-1923) K.D.Ushinskiyning shogirdi va izdoshi bo’lib, u maktabgacha tarbiya masalalarini nazariy ishlab chiqishga sezilarli hissa qo’shgan. Ayni paytda ye.N.Vodovozova taniqli bolalar yozuvchisi bo’lib, o’z davrida Rossiya tabiati hamda g’arbiy yevropa davlatlari xalqlari hayotidan hikoya qiluvchi ajoyib ocherklar va hikoyalar yozgan.
1871 yilda uning maktabgacha pedagogikaga oid asosiy asari - “Bolalarda ong paydo bo’lgan paytdan boshlab to 8 yoshgacha ularni aqlan rivojlantirish” nomli kitobi chop etildi. Vodovozova tarbiyaning bosh maqsadi - “Insonni - insoniylik g’oyalarini o’zida jo qilgan bo’lajak ijtimoiy arbob va o’z vatani fuqarosini tarbiyalashdan iborat5”, deb hisoblagan.
Vodovozova maktabgacha yoshdagi bolalarni oilada va jamiyatda tarbiyalash tizimining asosiga xalqonalikni kiritdi. U bolalarni ilk yoshidan boshlab tarbiyalash tizimi xalq nutqi, xalq qo’shiqlari, topishmoqlari, ertaklari va o’yinlaridan foydalanish asosiga qurilishi lozim, deb hisoblagan. Bu tizim bolalarda xalqiga, vataniga muhabbat tuyg’ularini tarbiyalashni ta’minlashi lozim.
E.N.Vodovozovaning ulkan xizmatlari shundaki, u bolalarda ona tilini rivojlantirish dasturini va bolalarni tarbiyalashda rus folkloridan foydalanish metodikasini ishlab chiqdi. Vodovozova ham xuddi K.D.Ushinskiy kabi ertaklarni, ayniqsa xalq ertaklarini himoya qilib chiqqan. ye.N.Vodovozovaning fikriga ko’ra ertak bolalarning boy kuzatishlari va bilimlariga tayanadi, u bolalar xayolini rivojlantiradi, bolalar nutqining boyishiga ko’maklashadi, ularga xalq iboralarini, nutq oborotlarini oddiy va jonli obrazlarni yod saqlab qolishga yordam beradi, ma’naviy jihatdan tarbiyalashda ko’maklashadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalalarini tadqiq etish O‘zbekiston Respublikasida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. Maktabgacha ta’lim sohasidagi birinchi fan nomzodi A.V.Nikolskaya mahalliy millat bolalariga rus tilini o‘qitish zarurligi masalasini ko‘tarib chiqdi. U tomonidan o‘tkazilgan sinov tadqiqotlari (1958–1960-yillar) natijasida maktabgacha katta yoshli o‘zbek bolalariga ruscha og‘zaki nutqni o‘rgatish metodikasining asosiy mazmuni belgilangan va uning asosiy masalalari ishlab chiqilgan.
XX asrning 70-yillarida A.V.Nikolskayaning ilmiy rahbarligi ostida E.M.Razbayeva tomonidan maktabgacha yoshdagi katta bolalarda o‘qilgan asarlar asosida kattalar mehnatiga hurmatni tarbiyalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazildi. S.O.G‘oziyeva tomonidan (E.M.Razbayevaning ilmiy rahbarligi ostida) maktabgacha katta yoshdagi bolalarda o‘zbek xalq og‘zaki ijodidan (xalq ertaklari, o‘yinlar) foydalanish asosida atrofdagilarga adolatli munosabatda bo‘lishni shakllantirish masalalari tadqiq qilindi.
1979-yildan boshlab to bugungi kungacha maktabgacha yoshdagi bolalarga ona tili va o‘zga tilni (rus, o‘zbek) o‘qitish muammosi O‘zbekiston olimlari, metodistlari, psixologlarining tadqiqot obyekti hisoblanadi (F.R.Qodirova, R.M.Qodirova, G.X.Jumasheva, D.R.Babayeva, D.Abdurahimova, L.R.Mirjalilova, N.Sh.Nurmuhammedova va boshq.).
Barcha tadqiqotchilar bola nutqini va uning rivojlanishini alohida ajratilgan holda emas, balki katta yoshli kishining bolaga pedagogik ta’siri bilan o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqadilar. Ushbu yondashuv o‘rinlidir, zero, fandagi zamonaviy tadqiqotlar nutqni o‘zlashtirish va ijtimoiy o‘zaro hamkorlik – o‘zaro bog‘liq jarayonlardir, nutqni rivojlantirish esa – ijodiy jarayon, biroq u stixiyali jarayon emas, degan fikrga asoslanadi.
Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi. Umuman, shaxsning va barcha asosiy psixik jarayonlar (qabul qilish, fikrlash va boshq.) ning shakllanishi ham bolada nutqning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Bolaning psixik jihatdan shakllanishida nutqning alohida o‘rin tutishi uning turli bosqichlarda rivojlanishiga yordam beruvchi shart-sharoitlar va omillarni bilishni juda muhim qilib qo‘yadi. Nutqning rivojlanishi bilan harakatlanuvchi kuchlar haqidagi masala shiddat bilan sakrash tarzida ro‘y berishi tufayli ham, muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda nutq rivojlanishini rag‘batlantiruvchi yoki unga to‘sqinlik qiluvchi kuchlarni aniqlash ushbu jarayonga aniq maqsadni ko‘zlagan holda pedagogik ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish kalitidir.
V.I.Loginova, Y.S.Lyaxovskaya, V.V.Gerbova, Ye.M.Strunina va boshqalarning tadqiqotlarida bolalar ona tili leksikasini o‘zlashtirib olishlarining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarning lug‘atni o‘zlashtirishlarida ikki jihat ajratib ko‘rsatilgan: atrofdagi olam lug‘atini (so‘z boyligini) anglash bilan birgalikda rivojlantirish; lug‘atni til birligi sifatida o‘zlashtirish. Ular predmetli aloqalar va munosabatlar mantig‘ida ham, til mantig‘i borasida ham so‘z ustida ishlash zarurligini isbotlab berishgan.
Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi. Shundan kelib chiqqan holda, hozirgi paytda nutqni rivojlantirishdagi ayrim bosqichlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Olimlar nutqqacha bo‘lgan bosqich muhim rol o‘ynashini tushunib yetib, uni batafsil tahlil qilmoqdalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon nutqi tadqiqotchilari Ye.I.Tixeyeva, Ye.A.Flerina, A.M.Leushina, L.A.Penyevskaya va boshqalar bolalarning og‘zaki nutqi va hikoya qilishni o‘zlashtirishining o‘ziga xos xususiyatlari, dialogik va monologik nutqning o‘zaro bog‘liqligini chuqur tushunish asosiga quriladigan ravon nutqni o‘qitish tizimiga asos solishgan. Ular tomonidan bolalar hikoyalari tasniflab chiqilgan bo‘lib, uning asosini fikr bildirish manbasi: predmetlarni tavsiflash, adabiy matnlarni hikoya qilib berish, suratga qarab hikoya qilish, shaxsiy va jamoa tajribasidan misol keltirish, ijodiy hikoya qilishlar tashkil etadi.
Bolalar nutqining grammatik tuzilishi sohasidagi tadqiqotlar bolalarda nutqning morfologik va sintaktik tomonlarini shakllantirish (F.A.Soxin, M.I.Popova, A.V.Zaxarova, V.I.Yadeshko, A.G.Tambovseva va boshq.), ona tilining so‘z hosil qilish tizimi xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, bolalar nutqining grammatik tuzilishini takomillashtirishga oid pedagogik ishda nafaqat odatdagi grammatik xatoliklarni o‘rganish va tuzatishga, balki birinchi navbatda grammatik umumlashmalarni shakllantirishga e’tiborni qaratish zarurligini isbotlash imkonini berdi.
Bolalar tomonidan tilning tovush tizimini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda (G.M.Lyamina, Ye.I.Radina, G.A.Tumakova, A.I.Maksakov, M.I.Gening, N.A.German va boshq.) o‘rganish predmeti sifatida xizmat qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy faollikni shakllantirish masalalarini nutqiy faoliyat nazariyasi asosida tadqiq etish maktabgacha ta’limning nazariyasi hamda amaliyoti uchun dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi.
Ye.I.Tixeyeva o‘z pedagogik faoliyatining dastlabki yillaridayoq bolalarni o‘qitishda ona tilining muhim ahamiyatga egaligiga e’tiborini qaratgan. K.D.Ushinskiy ta’limoti asosida inqilobgacha bo‘lgan davrdayoq ishlab chiqilgan oilada, maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda bolalarga ona tilini o‘qitish jarayonida ularning nutqini rivojlantirish metodikasi Ye.I.Tixeyevaning pedagogik nazariyasida markaziy o‘rin egallaydi. 1913-yilda Ye.I.Tixeyevaning «Ona tili va uni rivojlantirish yo‘llari» nomli asari bosilib chiqdi. Tixeyeva nutqni rivojlantirishning ahamiyati, yo‘llari va vositalariga oid muhim masalalarni til madaniyatini umumiy rivojlantirish, bolalarda o‘z xalqiga, vataniga muhabbatni tarbiyalash bilan bog‘liqlikda o‘rgangan. Ye.I.Tixeyeva tilni o‘rgatishni ilk bolalik chog‘idan boshlash zarur, deb hisoblagan, chunki to‘g‘ri nutq ko‘nikmasi boshqa ko‘nikmalar singari oilada orttiriladi. Ye.I.Tixeyevaning fikricha, мaktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning barcha qobiliyatlarini rivojlantirgan holda nutqni egallashning juda ahamiyatli va muhim qobiliyatiga e’tiborni qaratishi darkor: «Chunki nutqni muntazam o‘rgatish, nutq va tilni metodik rivojlantirish maktabgacha ta’lim muassasasidagi tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i lozim».
Maktabgacha ta’lim muassasasining Ye.I.Tixeyeva tomonidan olg‘a surilgan asosiy vazifasi – bolalarning barcha qobiliyatlarini, shu jumladan nutqni egallash qobiliyatini jadal rivojlantirish uchun shartsharoitlar yaratishdan iborat. Ayni paytda nutqni o‘rgatish bolalar bog‘chasidagi butun tarbiya ishlarining asosini tashkil qilmog‘i zarur.
Ikkinchi vazifa – bolalar nutqining shakli, uning kichkintoy atrofdagilardan o‘zlashtirib oladigan narsalar tuzilmasi ustida ishlashidan iborat.
Uchinchi vazifasi – bolalar nutqini rivojlantirish vazifasini tarbiyachilar zimmasiga yuklagan holda pedagog Ye.I.Tixeyeva fikriga ko‘ra, bolalar nutqini rivojlantirishning eng yangi metodlarini o‘zlashtirishi, nafaqat metodik usullarni bilishi, balki ularni bolalar bilan muloqot chog‘ida qo‘llay olishi ham darkor.
Ye.I.Tixeyeva o‘z metodikasida bolalar nutqini rivojlantirishga oid ishlar mazmunini hamda nutqning rivojlanishi, og‘zaki nutq rivojlanishi ro‘y beradigan faoliyat turlarini aniqlaydi.
Sinchiklab ishlab chiqilgan nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha tarbiya nazariyasi va amaliyotiga qo‘shilgan ulkan hissa bo‘lib, u bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Ye.I.Tixeyeva tomonidan yaratilgan «Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» nomli kitobi bosilib chiqdi, mazkur asar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ona tilini o‘qitishga doir ishlarni tashkil qilish jarayonida ulkan ahamiyatga ega bo‘ldi.
«Maktabgacha yoshdagi bola nutqini rivojlantirish» kitobida bayon etilgan amaliy tavsiyalar ta’lim muassasalarida hozirgi kungacha qo‘llanib kelinmoqda. Yevgeniya Aleksandrovna Flerina (1889–1952) maktabgacha tarbiya sohasidagi birinchi pedagogika fanlari doktori bo‘lib, u nutqni rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga katta hissa qo‘shgan.
Ye.A.Flerina umumiy estetik tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida badiiy o‘qish muammolari bilan shug‘ullangan.
Bolalar bilan ishlash va o‘qituvchilik borasidagi o‘z tajribalarini Ye.A.Flerina «Maktabgacha tarbiya muassasalarida jonli so‘z» nomli maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi bilim yurtlari va institutlar uchun birinchi o‘quv qo‘llanmasida aks ettirgan. Ushbu qo‘llanmaning asosiy bo‘limlari og‘zaki nutq, suhbat, badiiy o‘qish va bolalarga hikoya qilib berish hamda bolalarning o‘zlari hikoya qilib berishlariga bag‘ishlangan. Ayniqsa, Ye.A.Flerinaning badiiy asarga san’at asari sifatida katta e’tibor bergani, badiiy matnni o‘quvchiga yetkazishning turli usullarini, jumladan o‘qilgan asar bo‘yicha suhbat o‘tkazish usulini ishlab chiqqanligi juda qimmatlidir. Ilmiy va amaliy xodimlarning aniq maqsadni ko‘zlagan holda asta-sekinlik bilan olib borgan ishlari natijasida maktabgacha ta’lim muassasalarida ona tilini o‘qitish tizimi shakllandi. Tarbiyachilar uchun ona tiliga doir qo‘llanmalar, ta’lim muassasalaridagi eng yaxshi ish tajribalari haqida maqolalar to‘plamlari muntazam ravishda chop etila boshlandi. 1956-yili maktabgacha tarbiya yo‘nalishidagi pedagogika bilim yurtlari uchun birinchi marta «Bolalar bog‘chasida nutqni rivojlantirish va ona tilini o‘qitish» nomli o‘quv qo‘llanmasi dunyo yuzini ko‘rdi. Mazkur qo‘llanma muallifi O.I.Soloveva edi. 50–60-yillarda nutqni rivojlantirish metodikasida yangi bo‘lim – grammatik to‘g‘ri nutqni shakllantirishga katta e’tibor berila boshlandi. Ushbu masalani yoritishga professor A.N.Gvozdev ulkan hissa qo‘shdi, u o‘zining «Bolalar nutqni o‘rganish masalalari» nomli kitobida (1961) bolalarning ilk yoshdan boshlab grammatik tuzilishni o‘zlashtirib olishlarining qonuniyatlarini ochib bergan. Ye.A.Flerina «maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish muammosini tor darajada hal etish»ning xavfliligi haqida ogohlantirgan, maktabgacha yoshdagi bolani o‘qitishning o‘ziga xosligini ta’kidlagan: «Bolalar bevosita hayot bilan muloqotga kirishish yo‘li bilan, tengdoshlari va kattalar misolida hamda mashg‘ulotlar va maxsus mashg‘ulotlarda tarbiyachining ko‘rsatib o‘tishi orqali o‘qib o‘rganadilar». U o‘zining tarbiya tizimida san’atga va undan har xil faoliyat turlarida, shu jumladan badiiy-nutqiy faoliyatda bola imkoniyatlarini rivojlantirish uchun foydalanishga asosiy o‘rinni bergan.
Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta’minlash imkonini beruvchi bolalar o‘quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilnoqda. Nazariy va amaliy tadqiqotlarda bunday o‘quvning mazmuni va shakllari haqidagi masalalar hal etiladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, M.Sh.Rasulova, N.U.Bikboyeva, A.G.Grigoryans, R.M. Qodirova, F.R.Qodirova, G.X.Jumasheva, S.G‘oziyeva kabi bir guruh olimlar tomonidan bazaviy umumta’lim dasturidan samarali foydalanish yuzasidan metodik tavsiyalar ham ishlab chiqilgan.
Yüklə 73,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə