mavzu: maktabgacha yoshdagi bolaning sotsiumda rivojlanishi. Reja: Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi



Yüklə 0,8 Mb.
tarix26.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#131050
2- MAvzu mib

2- MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLANING SOTSIUMDA RIVOJLANISHI. Reja: 2.1 Sotsium tushunchasi. Sotsium va bola shaxsi. 2.2. Bolaning rivojlanishida tarbiya sotsium sifatida 2.3.Dinning sotsium sifatidagi o‘rni. 2.4.Ma’daniy-ma’rifiy muassasalarning bola rivojlanishidagi o’rni

«Sotsium» atamasidagi lotincha «sotsio» fe’li qo‘shish, birlashtirish, birgalikda mehnat qilmoqni anglatadi. Tushuncha sifatida «sotsium», universumning – yaxlit olamning tarkibiy qismi bo‘lgan kishilik dunyosi alohida jihatlarini ifodalaydi. Unda tabiatga, tabiiylikka muqobil bo‘lgan ijtimoiy-madaniy borliq aks etadi. «Jamoa» va «jamiyat» atamalari anglatgan ma’nolariga ko‘ra yaqindir. Har ikki so‘z arabcha «jam‘a»dan yasalgan bo‘lib, kishilarning turli darajada va maqomda olingan umumiyligini anglatadi. Agar «jamiyat» deyilganda keng ma’noda oldingi paragraflarda ko‘rsatib o‘tilganidek, kishilarning birgalikdagi manfaatlari va kelishuvi asosida maqsadga muvofiq oqilona tashkil etilgan birgalikdagi faoliyati ifodasi tushunilsa, «jamoa» tushunchasida umumiy kelib chiqish, til, taqdir va qarashlar bilan bog‘liqlik o‘z aksini topadi. Oila, xalq va hokazolar ayni shunday jamoalardir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, jamiyat murakkab jamoa bo‘lib o‘zo‘zidan tashkillanganlik va rivojlanish xususiyatlariga egadir.

  • «Sotsium» atamasidagi lotincha «sotsio» fe’li qo‘shish, birlashtirish, birgalikda mehnat qilmoqni anglatadi. Tushuncha sifatida «sotsium», universumning – yaxlit olamning tarkibiy qismi bo‘lgan kishilik dunyosi alohida jihatlarini ifodalaydi. Unda tabiatga, tabiiylikka muqobil bo‘lgan ijtimoiy-madaniy borliq aks etadi. «Jamoa» va «jamiyat» atamalari anglatgan ma’nolariga ko‘ra yaqindir. Har ikki so‘z arabcha «jam‘a»dan yasalgan bo‘lib, kishilarning turli darajada va maqomda olingan umumiyligini anglatadi. Agar «jamiyat» deyilganda keng ma’noda oldingi paragraflarda ko‘rsatib o‘tilganidek, kishilarning birgalikdagi manfaatlari va kelishuvi asosida maqsadga muvofiq oqilona tashkil etilgan birgalikdagi faoliyati ifodasi tushunilsa, «jamoa» tushunchasida umumiy kelib chiqish, til, taqdir va qarashlar bilan bog‘liqlik o‘z aksini topadi. Oila, xalq va hokazolar ayni shunday jamoalardir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Ayniqsa, jamiyat murakkab jamoa bo‘lib o‘zo‘zidan tashkillanganlik va rivojlanish xususiyatlariga egadir.

Kishilik dunyosi shakllari turli darajalaridan kelib-chiqib, jamiyat to‘g‘risidagi yangidan yangi qarashlar ilgari surildi. Ulardan biriga ko‘ra kishilarni jamiyatga ruhiy hayot o‘xshashligi, qadriyatlar mohiyatini bir xil tushunishi birlashtiradi. Boshqasiga binoan jamiyat – bu:

  • Kishilik dunyosi shakllari turli darajalaridan kelib-chiqib, jamiyat to‘g‘risidagi yangidan yangi qarashlar ilgari surildi. Ulardan biriga ko‘ra kishilarni jamiyatga ruhiy hayot o‘xshashligi, qadriyatlar mohiyatini bir xil tushunishi birlashtiradi. Boshqasiga binoan jamiyat – bu:
  • 1) o‘zidan katta tizimga kirmagan birlashma;
  • 2) nikohlar birlashma a’zolari o‘rtasida tuziladi;
  • 3) birlashma a’zolari bolalar hisobiga to‘ldiriladi;
  • 4) hududiga ega;
  • 5) o‘z nomi va tarixiga ega;
  • 6) o‘z boshqaruv tizimiga ega;
  • 7) o‘zining a’zosi umridan uzoq vaqt davomida mavjud bo‘ladi;
  • 8) o‘zining madaniyatiga (odatlari, an’analari, me’yorlari, qonunlari, qoidalari va h.k.) ega.

Bolaning rivojlanishida tarbiya sotsium sifatida

  • Shaxsning ijtimoiy xulqi ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlar ro‘yobga chiqadi. «Xar bir inson, degan edi Farobiy: o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va yuksak yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi va ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Shu sababli odam yashash uchun zarur bo‘lgan narsalarni bir-birlariga yetkazib beruvchi va o‘zaro yordamlashuvchi ko‘p insonlarning birlashuvi orqaligina o‘z tabiati bo‘yicha intilgan yetuklikka erishuv mumkin.

Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va Shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atoqli vakili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi.

  • Inson «genlar batareyasi» bo‘lib, ular nasldan-naslga tug‘ma o‘tib boradi va Shaxsning rivojlanishini ham, uning kelajagini ham shular belgilaydi, deydi. Amerikaning «progmatik» pedagogikasining atoqli vakili D.Dyui va uning nazariyasining davomchisi A.Kombslar ham shaxs rivojlanishini biologik omil deb izohlaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat deb ko‘rsatadilar. Odam nima bilan tug‘ilgan bo‘lsa, tarbiya jarayonida bu sifatlar va xususiyatlar o‘sib boradi. Tarbiya tashqaridan kiritilgan narsa emas, odam bilan dunyoga kelgan xususiyat va qobiliyatni o‘zgartiradi» - deydi D.Dyui. Darhaqiqat, pedagogika fani odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib. taraqqiy etib borishini o‘ta murakkab va qarama-qarshi jarayon deb biladi.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə