Bozor tizim
ining harakat qilishini, taraqqiy etishini
tushunish uchun bir-biri
bilan bog‘liq o ‘zgarishlar, ya’ni texnika taraqqiyoti va kapital jam g^rish
masalalarini ko‘rib chiqmoq zarurdir. Bozor tizimi texnika taraqqiyotining
rivojlanishi, uning yutuqlarini hayotga tatbiq etishni rag‘batlantirib turadi.
Tadbirkor har doim raqobatning mayjudligi sababli korxonasini yuqori
samaraga ega bo‘lgan texnika va texnologiya bilan jihozlashga, shunga yarasha
yuqori malakaga ega bo‘lgan ishchilar yollashga, mehnatni ilmiy asosda tashkil
etishga harakat qiladi. Maqsad—yuqori foyda olish, raqobatda yutib chiqish.
A m m o tex n ik a ta ra q q iy o ti o q ib atid a ishlab ch iq arish
vositalarining miqdori oshib boradi. Qanday qilib bozor tizimi iqtisodiyotni ishlab
chiqarish vositalari bilan ta'minlaydi
?
Bunga kapital jam g‘arish orqali erishiladi.
Texnika taraqqiyoti xarajatni talab etadi, ikkinchi tarafdan xuddi shu xarajatlar
tadbirkoriarga foyda keltiradi, uning kapitalining jamg‘arilishi oqibatida
ko‘payishga olib keladi. Boshqacharoq aytganda, kapital doim o harakatda bo‘ladi.
ya’ni olingan foydaning bir qismi ishlab chiqarishni kengaytirish, texnika bilan
jihozlarga sarf etiladi.
Raqobat ham katta aham iyatni kasb etadi; chunki uning iqtisodiy mavqeyini
mustahkamlab borgan tadbirkor yutib chiqishi mumkin. Hozirgi sharoitda
raqobatlasha oladigan qobiliyatga ega bo‘lgan kapitalning hajmi muttasil o ‘sib
bormoqda.