Мавзу: Математика дарсларида геометрия элементларини ўргатишда компьютер технологияларидан фойдаланиш



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə1/8
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140328
  1   2   3   4   5   6   7   8

RENESSANS TA’LIM UNIVERSITETI
UMUMTA’LIM MAKTAB GEOMETRIYA KURSIDA YUZA TUSHUNCHASINI KIRITISH METODIKASI
mavzusida

KURS ISHI

Bajardi: MI -303 guruh talabasi
Ulug’murodova Xurshida
Rahbar: ______________________________
_______________________Davletov D.D
Toshkent – 2023
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………………3

I BOB. O’QUVCHILARGA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI.


1.1. Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini shakllantirishning


ahamiyati ...........................................................................................................6

1.2. O’quvchilarni geometriya elementlari bilan tanishtirish va ularni o’qitish metodlari………………………………………………………………….…..10


1.3. Geometriya kursida yuzalar mavzusini o’qitishda o’quvchilarning geometrik tassaurini shakllantirish……………………………………………………….17


II BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA GEOMETRIYA ELEMENTLARINI KO’RGAZMALILIK ASOSIDA O’QITISH.


2.1. Geometriya kursida yuza va hajmlarni o‘qitish metodikasi………………21


2.2. Geometriya elementlarini o’qitishda ko’rgazmalilikdan foydalanish........23


UMUMIY XULOSALAR………………………………………………………..28

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………...30


KIRISH
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatiga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatini safarbar etamiz”
SH.M.Mirziyoyev.


Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda shaxsga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya ahamiyatining yildan-yilga o’sib borishi, axborot-kommunikatsion texnologiyalar jadallik bilan rivojlanayotgan, globallashuv, dunyo intellektual maydonida raqobat tobora kuchayib borayotgan bir davrda, demokratik taraqqiyot, modernizatsiya va yangilanish borasidagi maqsadlarga erishishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bilimli va intellektual avlodni tarbiyalash muhim omil bo’lmoqda.
Davlatlararo qattiq raqobat mavjud bо‘lgan davrda har bir mamlakat barcha sohada raqobatbardosh bо‘lishga harakat qiladi. Davlatning iqtisodiy, texnik rivojlanishiga qator omillar ta’sir kо‘rsatishi tabiiy. Bular: mamlakatda mavjud bо‘lgan tabiiy resurslar, uning geografik joylashuvi, ta’lim tizimi, tarixi va boshqa kо‘p omillardir. Lekin mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalana oladigan, davlat iqtisodiyotini boshqaradigan, yangidan-yangi texnikani yarata oladigan, mavjud ilg‘or texnika va texnologiyalardan foydalana oladigan, ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘ya oladigan omil bu albatta, inson omilidir. Shunday ekan, aynan inson omili, boshqacha qilib aytganda, inson resursi mamlakat rivojlanishida eng muhim rol о‘ynaydi. Demak, О‘zbekistonning kelajakda buyuk davlat bо‘lishida ham inson omilining о‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim tizimi oldiga katta vazifalar qо‘yilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyasi ta’lim sohasida nafaqat yangi imkoniyatlarni ochdi, balki o’quvchi yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda yuqori sifatga erishishni ta’minlashni taqozo etadi.
Bu natijalarga erishish uchun o’z vaqtida O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni hamda “Kardlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingandir. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 7-moddasida belgilab berilganidek, “Davlat ta’lim standartlari umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo’yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O’zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir”.1
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da matematika o’qitishning sifatini oshirish bilan birga o’quvchilarning tafakkuri va shaxsiy sifatlarini, matematik savodxonligini shakllantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini o’stirish masalalari belgilab berilgan. Dastur matematik tushunchalarning hayotiy materiallar asosida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan tushuncha va qoidalar amaliyotga xizmat qilishini, hayotiy materiallar asosida o’quvchilarga yetkazib berish imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, fan va amaliyot o’rtasidagi aloqalarni to’g’ri tushunishga asos yaratadi. O’rta maktab ta’lim tizimini isloh qilish jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan hozirgi davrda maktab matematikasini mazmuni jihatdan ko’rib chiqish zamon talabi bo’lib, o’quvchilarning bilim va malakalarini jahon talablari darajasida bo’lishi talab qilinadi. Buning uchun esa boshlang’ich sinfdanoq har tomonlama yetuk insonlar tayyorlashga harakatni boshlash lozim. Bunda esa dars jarayonlarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish zarurdir.
Barchamizga ma’lumki, matematika fani insonning aqlini o’stiradi, uning diqqatini rivojlantiradi, ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’zida qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, o’zidagi algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va eng muhimi, uning tafakkurini kengaytiradi.
Birinchi Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek: ,,...chuqur tahlil, mantiqqa asoslanmagan fikr odamlarni chalg’itadi. Faqat bahs-munozara, tahlil mevasi bo’lgan xulosalargina bizga to’g’ri yo’l ko’rsatishi mumkin”.2
Demak, zamonaviy inson mustaqil qaror qabul qila oladigan, jamoada ishlay oladigan, tashabbuskor, mustaqil qaror qabul qila oladigan, yangiliklarga moslasha oladigan, mashaqqatli holatlarga chidamli hamda bu holatlardan chiqa oladigan bo’lishi kerak. Bunday sifatlarni qaror toptirishga matematika ta’limida kompetensiyaviy yondoshuvdan foydalanish asosida erishish mumkin.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda kompetensiyaviy yondoshuv ta’lim mazmunini modernizatsiya qilish va yangicha o’qitish yo’nalishlaridan biriga aylangan. Bu davlatlardagi umumiy ta’limning yangicha mazmuni asosini o’quvchilarning tayanch kompetensiyalarini hosil qilish va rivojlantirish tashkil etadi.
Ta’limga kompetensiyaviy yondoshuv an’anaga aylanib qolgan ,,bilim, ko’nikma va malakani o’zlashtirish”dan farqli o’laroq, kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko’rinishdagi malakalarning o’quvchilar tomonidan egallanishini nazarda tutadi. Shunday qilib kompetensiyaviy matematik ta’limning asosini amaliy hamda tadbiqiy yo’nalishlarini kuchaytirish tashkil qiladi.
Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarining rivojlanishi yosh avlodning o’zgaruvchan dunyoda raqobatbardosh bo’lishi fanlarni mukammal egallashni taqozo etadi, bu esa O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga matematikani o’rgatish bo’yicha xalqaro standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə