Mavzu: Mikroiktisodiyot fanining predmeti, mazmuni va urganish usullari


Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika



Yüklə 68,12 Kb.
səhifə5/6
tarix11.12.2023
ölçüsü68,12 Kb.
#145873
1   2   3   4   5   6
Mikroiktisodiyot fanining predmeti, mazmuni va urganish usullari

Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika.

Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha erkin munosabatlar tizimidir.

Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashtirib turadigan joy; ular o’rtasida kelishilgan narx bo’yicha tovar almashuvi sodir bo’ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma’lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to’g’risida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o’tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog’liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo’lgani uchun ham, bozorni transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar hisobiga qayta taqsimlaydi, ya’ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo’jalik sub’ektlari hisobiga.

Bozor quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. Ishlab chiqaruvchi va istemolchini bir biri bilan bog’lash;

2. Tovar bahosini xolisona shakllantirish;

3. Iqtisodiyotni va ishlab chiqarishni tartibga solib turish;

4. Turli davlatlar o’rtasida iqtisodiy hamkorlik o’rnatish.
Bozorlar o’zining hududiy masshtabiga ko’ra lokal, milliy va xalqaro bozorlarga bo’linadi. Oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, iste’mol tovarlari, resurslar, (mehnat, kapital, yer, tadbirkorlik qobiliyati, axborot) va xizmatlar hisoblanadi. Tovarlar bozori bilan bir qatorda pul bozori (qimmatbaho qog’ozlar bozori) ham mavjud. Bozordagi narxlar oldi-sotdi jarayonida yoki undan oldin shakllanishi mumkin.
Bozorning samarali faoliyat ko’rsatishi transaktsion xarajatlar bilan bog’liq. Transaktsion xarajatlar - bu tovar almashish sohasidagi xarajatlardir. Bu tushuncha birinchi bo’lib R.Kouz tomonidan kiritilgan (1937 y). Transaktsion xarajatlar o’z ichiga quyidagi xarajatlarni oladi: axborot olish, o’zaro kelishuv va uchrashuvlar bilan bog’liq xarajatlar, tovarlar xususiyatlarini aniqlash bilan bog’liq xarajatlar, mulk huquqini himoya qilish va boshqalar.


Yüklə 68,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə