Mavzu: Miloddan avvalgi III va milodiy II asrda Xitoy



Yüklə 193,37 Kb.
səhifə2/2
tarix12.03.2022
ölçüsü193,37 Kb.
#84443
1   2
Rashidova Nilufar

Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

3 daqiqa

O’tigan mavzuni takrorlash

7 daqiqa

Yangi mavzuni guruhlar bilan ishlash

20 daqiqa

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

Baholash

3 daqiqa

Uyga beriladigan topshiriqlar

2 daqiqa

Darsning borishi (reja):

1.Tashkiliy qism:

a)Salomlashish,

b)tozalikni aniqlash,

d)davomatni aniqlash

c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi

2. Uyga vazifani so`rab baholash:



a) og`zaki so`rov

b) daftarni tekshirish

v) tarqatma materiallar orqali

g) misollar yechish

e) amal

I. Tashkiliy qism

II. O’tilgan mavzuni takrorlash

III. Yangi mavzu bayoni

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

V. Dars yakunlarini chiqarish

VI. Uyga vazifa berish

I. Tashkiliy qism. Sinf xonalarini darsga tayyorlash (salomlashish, davomatni aniqlash), o’quvchilarni darsga jalb qilish. Dunyoda va O’zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklar haqida xabar berish.

II. O’tilgan mavzuni takrorlash.

Uyga berilgan vazifalar topshiriqlar, savollar, testlar bo’yicha bajariladi.



  • Guruhlar tuzib kelgan krossvordlardan foydalangan holda o’qituvchi uni yechish uchun guruhlarga tarqatadi. Eng yaxshi tuzilgan krossvordni muallifi va krossvordni yechgan guruhlar rag’batlantiriladi;

  • Mavzuga oid tuzilgan testlar o’quvchilarga tarqatiladi va to’gri yechgan o’quvchilar rag’batlantiriladi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

Savol va topshiriqlar

  1. Qaysi daryolar vodiysida Xitoyning ilk sivilizatsiyalari vujudga kela boshladi?

  2. Nega Xuanxeni “beqaror daryo” deb atashgan?

  3. Xitoyda birinchi davlat qachon tashkil topdi? U qanday atal­gan?

  4. Qadimgi Xitoy aholisining asosiy mashg'ulotlarini sanab be­ring.

  5. Xitoy tarixidagi “ko‘p podsholiklar” va “kurashayotgan pod­sholiklar” davrlarinmg nomlari ma’nosini tushuntirib bering.

III. Yangi mavzu bayoni.

Mavzu: Miloddan avvalgi III va milodiy II asrda Xitoy

Reja:


Sharqdagi boshqa davlatlardagi kabi Xitoyda ham mavjud yerlar hukmdorniki hisoblanar, aholi natural soliqlar to'lar, turli mehnat majburiyatlarini bajarar edi. Zo‘r mehnat evaziga yetishtirilgan hosil ko'pincha dehqonning o'ziga nasib etavermasdi. Hosil yig'ishtirilganidan keyin amaldorlar va qorovullar kelar edi. Bordi-yu, dehqon soliqlarni vaqtida to'lay olmasa yoki qarzni qaytarib bera olmasa, qarzlari evaziga o'z bolalaridan birini berib yuborar edi. Tushgan pulga esa u oilaning qolgan a’zolarini yangi hosil yig'imigacha boqib turish imkoniga ega bo'lardi.

Og'ir ahvoldan norozilik tariqasida keyinchalik deh­qonlar qo'zg'olonlariga aylanib ketuvchi uyushmagan g'alayonlar vujudga kelardi. Ulardan biri "qizilqosh- lilar qo'zg'olonr nomini olgandi, chunki qo'zg'olon ko’targanlar o’z odamlarini chalkashtirib qo’ymaslik uchun qoshlarini qizil rangga bo'yab olgan edilar.



Sariq ro'mollilar qo'zg'olonr II asrdagi eng yirik isyon bo'ldi. Bu qo'zg'olonga yaxshi tayyorgarlik ko'rilgan, qo'zg'olon ko'targanlar orasida harbiy san’at bilimdonlari ham bo'lgan. Qo'zg'olon butun mamlakat- ni qamrab oldi. Faqat hukmdorning yaxshi qurollangan va durust harbiy ta’lim ko'rgan qo'shinlarigina uni bos- tirishning uddasidan chiqdi. Biroq xalq qo'zg'olonlari mamlakatning boshqa viloyatlarida davom etaverdi. Xunnlar hujumlari zo'rayishi bilan davlat ham kuch- sizlanib qoldi, milodiy IV asrda Xitoy imperiyasi uchta podsholikka parchalanib ketdi.

Qadimgi Xitoyda butun boshli so’zlarni ifodalagan iyeroglif yozuvi mavjud bo Igan. Avvaliga

xitoyliklar bambukka yozishgan. Xitoyliklar bambukni uzun-uzun taxtachalarga bo'laklab, uchi o'tkirlangan yog'och tayoqcha bilan ularga iyerogliflarni daraxt sharbatidan tayyorlangan siyoh bilan yozishardi. In- gichka va uzun taxtachalarga faqat ustun tariqasida yozish imkoni bo'lgan, shuning uchun ham yuqoridan pastga qarab yozish shakli keyinchalik saqlanib qoldi. Bambuk taxtachalarining yuqori qismida teshik par- malanib, ularni bir dasta qilib bog'lashgan. Bambuk taxtachalar bog'lami ayni mahalda eng qadimgi xitoy kitoblari ham edi.

Bundan 2,5 ming yil muqaddam bambuk o'rnida ipakdan foydalanishga o'tildi. Ipakka tayoqcha bilan emas, mo'yqalam bilan yozilar edi. Endi kitob uzun ipak parchasiga o'xshar, uni o'rama tarzida tayoq- chaga o'rashar edi. Miloddan avvalgi I asrda qog'oz ixtiro qilindi.

Xitoyliklarning eng ajoyib ixtirolaridan biri kompas bo'lgan. U magnitlangan temirdan yasalgan uzun das- tali kattakon qoshiqni eslataredi. Bu moslamani katak- larga ajratilgan zarhallangan yog'ochga o'rnatishgan, uning dastasi esa hammavaqt janubni ko'rsatgan. Xi­toyliklar kompasdan tegishli ishlarda, quruqlik va den- gizda foydalanishgan.

Xitoyda zilzilani oldindan aytib beruvchi seysmograf ham ixtiro qilingan edi. Xitoy olimlari tarix, as- tronomiya va tibbiyotga oid ko'plab asarlar yaratishgan.



IV. O’rganilgan mavzuni mustahkamlash. O’qituvchi o’quvchilarni 3-4 ta guruhga bo’lib, mavzu bo’yicha asosiy tushunchalar va atamalar yozilgan kartochkalarni tarqatib, o’quvchilardan uning izohini so’rash orqali mustahkamlanadi;

  • Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali mustahkamlanadi;

  • O’qituvchi bergan quyidagi savollariga o’quvchilarning og’zaki javobi tinglanadi:

Savol va topshiriqlar

  1. Xitoyni yagona davlatga birlashtirgan hukmdor nomim ayting. Bu voqea qachon bo'lgan?

  2. Hukmdor Sin Shixuandi haqida so'zlang, uning shaxsiyatiga baho bering.

  3. Buyuk Xitoy devori haqida n malarni bilasiz?

  4. Xitoyda qanday xalq qo'zg'olonlari bo'lib o'tdi? Ularning sa- bablarini ayting.

  5. Xitoyliklar ixtirolarini sanab bering. Qaysilaridan hozir ham foydalanamiz?

V. Dars yakunlarini chiqarish.

1. O‘quvchilar savollariga javob berish;

2. Yakuniy umumiy xulosa chiqarish;

3. Faol qatnashgan guruh va o‘quvchilarni rag‘batlantirish, baholarni e'lon qilish.



VI. Uyga vazifa.

1. O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.

2. Mavzudagi asosiy tushunchilar va atamalarni daftarga yozish.

3. Mаvzuni аsоsiy mаzmunini so`zlаb bеrа оlish.



4. Kеyingi dаrsdа o`rgаnilаdigаn mаvzu bilаn tаnishib kеlish.








Toshkent viloyati Olmaliq shahar 23-umumiy o’rta ta’lim maktabi tarix fani o’qituvchisi
Rashidova Nilufarning
6-sinf tarix fanidan
1 soatlik ochiq dars ishlanmasi.


Mavzu: Miloddan avvalgi III va milodiy II asrda Xitoy



Olmaliq 2022
Yüklə 193,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə