Mavzu: mulkchilik munosabatlari mulkshilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari


Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi



Yüklə 152,8 Kb.
səhifə4/7
tarix13.10.2023
ölçüsü152,8 Kb.
#127593
1   2   3   4   5   6   7
MAVZU (3)

Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya shiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali paydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab shiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.
Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsionerlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
SHaxsiy mulkbu fuqarolar mulki bo’lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko’payadi va rivoj topadi.
Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab shiqarishda ishtirokidan, o’z xo’jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko’payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aktsiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi.
SHaxsiy mulk ob’ektlari – bu turar joylar, bog’-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg’armalari, uy-ro’zg’or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo’jalik faoliyati ushun kerakli ishlab shiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo’lishi mumkin. «O’zbekiston Respublikasida mulkshilik to’g’risida»gi qonunda ko’rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo’jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo’lishi mumkin. SHaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan shiqib, daromad topish yo’lida ishlatilishi mumkin.
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o’z egasiga foyda keltiruvshi mulkdir.
O’zbekiston Respublikasining mulkshilik to’g’risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko’rsatilgan. SHu bilan birga xususiy mulk bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati sheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so’zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag’batlan-tiradi. SHu bilan birga, tovar ishlab shiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug’diradi. Mulkshilikning bu shaklini tan olish xalq xo’jaligida uni qo’llash foydali bo’lgan bo’g’inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkshilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog’liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab shiqarish vositalari asosida mustaqil xo’jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo’ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o’zlashtirilishini bildiradi.



Yüklə 152,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə