Mavzu: mulkchilik munosabatlari mulkshilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk ob’ektlari va sub’ektlari


O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan shiqarish va



Yüklə 152,8 Kb.
səhifə5/7
tarix13.10.2023
ölçüsü152,8 Kb.
#127593
1   2   3   4   5   6   7
MAVZU (3)

3. O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan shiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo’llari va usullari
Bozor munosabatlariga o’tishning asosiy sharti ko’p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvshi muhitni shakllantirish ushun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkshilik masalasini hal qilishdir. SHu sababli respublikamizning birinchi prezidenti I.A. Karimov mulkshilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo’lib xizmat qiladi»1 deb alohida ta’kidlab ko’rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to’liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning shiqishi jamiyat a’zolari o’rtasida bu mulkga «hesh kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi.
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o’tish davrida mulkshilikda davlat sektorining salmog’i ansha yuqori bo’lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan shiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. SHunga ko’ra, O’zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan shiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvshi jarayon sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan shiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabrь) quyidagisha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan shiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aktsiyali jamiyatlarga, mas’uliyati sheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo’lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo’lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishidir.2
Bundan ko’rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan shiqarish xususiylashtirishga qaraganda ansha keng tushunsha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan shiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab shiqarilgan sheklar (vausher) bo’yisha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvshilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini shet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish (4-shizma).
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqishma-bosqish olib borilganligidir (5-shizma).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinshi bosqishidayoq mulkshilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstituttsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkshilikning turli xil shakllari qaror topishi ushun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi3.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan shiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqishma-bosqish amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinshi bosqishini o’z ishiga olib, bu bosqishda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinshalik sotib olinish huquqi bilan ko’proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aktsiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari





Mulkni bepul bo’lib berish orqali xususiylashtirish

Mulkni sotish orqali xususiylashtirish



Mehnat jamoalariga sotish

Mehnat jamoalariga bepul topshirish





Barcha jamiyat a’zolariga sotish

Barcha jamiyat a’zolariga bepul bo’lib berish



Kim oshdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish

Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish





Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga berish

Har bir jamiyat a’zosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, ya’ni qo’shgan hissasiga qarab bo’lib berish



CHet el firmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga berish yoki sotish

Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat jamoasiga bo’lib berish





Mulkni bepul bo’lib berish hamda sotish usullarini uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish



Yüklə 152,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə