Mavzu: Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Reja



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#133717
1   2
Mulkchilik

Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:

СУБЪЕКТ


Mulkning tuzilishi va shakli xilma-xilligi sababli, bu mulkni o’zlashtiruvchi yuqorida ko’rsatilgan sub’ektlar ham turli darajada bo’ladi. Masalan, davlat mulkining bevosita sub’ektlari res’ublika hokimiyati va boshqaruv organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning mehnat jamoalari a’zolari bo’lishi mumkin.


Jamoa mulk sub’ektlari (tasarruf etuvchilar) sifatida jamoa korxonalari, ko’erativlar, xo’jalik jamiyati va shirkatlari, akstionerlik jamiyatlari, xo’jalik birlashmalari (uyushmalari), jamoat va diniy tashkilotlar bo’lishi mumkin. Aralash mulk, ya’ni huquqiy shaxslar va fuqarolarning mulki ham mavjud bo’lishi sababli, bu mulk sub’ektlari sifatida qo’shma korxonalar, xorijiy fuqarolar, xorijiy tashkilotlar va xorijiy davlatlar chiqadi.
Shunday qilib, mulk sub’ektlari ko’’ darajali bo’lib, shu sub’ektlardan birontasi o’zini mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy va yuzaki tus oladi.Mulkchilik munosabatlarining samarali amal qilishi mulk bilan bog’liq huquqlarning bir-biridan to’g’ri va aniq ajratilishi hamda ularning xo’jalik sub’ektlari o’rtasida oqilona taqsimlanishiga bog’liq bo’ladi. Bu qoidalar neoinstitustionalizm yo’nalishining muhim nazariyalaridan biri bo’lgan mulkchilik huquqlari iqtisodiy nazariyasi tomonidan keng yoritib berilgan. Mulkchilik huquqlari nazariyasining asoschilari bo’lib amerikalik iqtisodchilar R.Kouz va A.Alchian hisoblanadi. Shuningdek, bu nazariyaning yanada rivojlanishida Y.Barstel, G.Demeest, D.Nort, R.’ozner va boshqalar katta hissa qo’shganlar. Mulkchilik huquqlari nazariyasi namoyondalari mazkur muammoni tadqiq etishdagi ikkita o’ziga xos yondoshuvlari bilan ajralib turadi.
Ular o’z tadqiqotlarida odatdagi «mulkchilik» tushunchasini emas, balki «mulkchilik huquqlari» tushunchasini qo’llaydilar. Ularning fikricha, resursning o’zi mulk hisoblanmaydi, balki resursdan foydalanish bo’yicha huquqlar to’’lami yoki ulushi mulkchilikni tashkil etadi.
Mulkchilikning to’liq «huquqlar to’’lami» o’z ichiga quyidagi 11 ta huquqni oladi:

1.Egalik huquqi, ya’ni ne’matlar ustidan to’liq jismoniy nazorat o’rnatish huquqi;


2.Foydalanish huquqi, ya’ni ne’matlarning foydali xossalarini o’zi uchun qo’llash huquqi;
3.Boshqaruv huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanishni kim va qay yo’sinda ta’minlashini hal etish huquqi;
4.Daromad olish huquqi, ya’ni ne’matlardan foydalanish orqali natija olish huquqi;
5.Suverenlik huquqi, ya’ni ne’matni begonalashtirish, iste’mol qilish, o’zgartirish yoki yo’k qilish huquqi;
6.Xavfsizlikni ta’minlash huquqi, ya’ni ne’matni eks’ro’riastiya qilinishi hamda tashqi muhit tomonidan zarar keltirilishidan himoyalash huquqi;
7.Ne’matni merosga berish huquqi;
8.Ne’matga ega bo’lishning muddatsizligi huquqi;
9.Ne’matdan tashqi muhitga zarar etkazuvchi usullar orqali foydalanishni taqiqlash huquqi;
10.Qarz uchun to’lov sifatida javobgarlik huquqi, ya’ni qarzni uzishda ne’matdan to’lov sifatida foydalanish imkoniyatini qo’llash huquqi;

11.Qoldiq tavsifidagi huquq, ya’ni buzilgan vakolatlarni tiklanishini ta’minlovchi tartib va muassasalarning amal qilishi huquqi.


Mulkchilik huquqlari ne’matlarning amal qilishi bilan bog’liq holda vujudga keluvchi va ulardan foydalanishga taalluqli bo’lgan kishilar o’rtasidagi jamiyat tomonidan (davlat qonunlari, ma’muriy farmoyishlar, an’analar, odatlar va h.k.) ruxsat etilgan hulqiy munosabatlardan iborat. Bu munosabatlar ne’matlar bo’yicha hatti-harakatlar me’yorini namoyon etib, kishilar o’zaro hatti-harakatlarda bu me’yorlarga amal qilishlari lozim. Aks holda, ularga amal qilmaganliklari uchun ma’lum sarf-xarajatlarga tushishlari, tovon to’lashlari lozim. Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlari jamiyatda qabul qilingan ma’lum «o’yin qoidalari»dan iborat. «Mulkchilik huquqlari – bu ma’lum resurslardan foydalanishni nazorat etish hamda bu borada vujudga kelgan xarajat va foydani taqsimlash huquqlaridir. Aynan mulkchilik huquqlari yoki, kishilarning fikrlaricha, tegishli o’yin qoidalari jamiyatdagi talab va taklif jarayonlarining aynan qay tarzda amalga oshishini belgilab beradi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə