Mavzu: Muloqotni noberbal tomonlarini rivojlantirish treningi Reja



Yüklə 158,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü158,79 Kb.
#151217
1   2   3   4   5
1-Amaliy

IV. 
Kompromiss
— ya’ni kelishuvchanlik. Bahsli vaziyatlarda "Sen ham 
yutqizma, men ham yutqizmay" qabilida ish tutish, munozarali vaziyatdan ikkala 
tomon ham xafa bo‘lmay chiqib ketish imkoniyatini izlashdan iborat bo‘lgan 
holdir. Albatta, bu yuqorida sanab o‘tilgan munosabat tiplarining orasida eng 
samaralisi hisoblanadi. Lekin bu xil munosabat vaziyatni aynan hozir hal etishga, 
"keyin nima bo‘lsa bo‘lar" qabilida ish tutishga qaratilgan bo‘ladi. Bunda salbiy 
jihati shundaki, muammoni oxirigacha hal etilmasa, bora-bora baribir nizo kelib 
chiqishi mumkin. 
V. 
Hamkorlik
— bu holat muloqot jarayonda ishtirok etayotgan barcha 
ishtirokchilarning o‘zaro manfaatlarini hisobga olgan holda muloqotda bo‘lish va 


Bajardi: 902-guruh talabasi Achilova Odina Botirovna 

muammoli vaziyatni oxirigacha hal etishga intilishdir. Har qanday muloqot 
jarayonida hamkorlikka erishish uchun erishiladigan oxirgi natija ikkala tomonning 
xam manfaatlarining qondirilishi va ularning qiziqishlariga mos kelishi kerak. 
Oilaviy munosabatlar, ishxonadagi vaziyatlar va turli hollardagi insoniy 
munosabatlarda bu usul juda ko‘p qo‘llaniladi. 
Hayotiy 
vaziyatlarda 
faqat 
o‘zining manfaatinigina emas, balki 
boshqalarning ham manfaatini o‘ylash, boshqalarning manfaatlari xaqida ham 
qayg‘urish 
hamkorlik 
munosabatlarining 
garovi 
hisoblanadi. 
Zamonaviy 
psixologiya fanida hamkorlik munosabatlarini shakllantirishning qonuniyat va 
mexanizmlari yetarli darajada to‘la ishlab chiqilgan. Shu ma’lumotlarga tayangan 
holda hozirgi paytda maxsus tashkil etiladigan trening mashg‘ulotlarida turli xil 
o‘yin va mashqlar yordamida odamlarga hamkorlik munosabatlarining amalga 
oshirilishi haqida ma’lumotlar berish, insonning hamkorlik pozitsiyasida turib 
muloqotga kirishishi borasida ko‘nikma va malakalarni shakllantirish yo‘lga 
qo‘yilgan. 
Shu o‘rinda aloxida ta’kidlash lozimki, bu jarayonni tashkil kilish va olib 
borishda nafaqat trening o‘tkazish uslubi, balki trenerning shaxsiy pozitsiyasi ham 
yetakchi omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ya’ni bu xil munosabat uslubi 
trenerning e’tiqodiga aylangan bo‘lishi va u har qadamda buni namoyon qilishi 
kerak. 
Yuqorida aytganimizdek, samarasiz muloqot uslublari insonlar o‘rtasida 
nizoli vaziyatlarning kelib chiqishiga olib keladi. Odatda nizo — manfaat, qiziqish 
va dunyoqarashlarning qarama-qarshiligi sifatida ta’riflanadi. Har bir inson 
boshqalar bilan munosabatga kirishar ekan, u albatta biron manfaatni, hatto aytish 
mumkinki, eng avvalo o‘z manfaatini ko‘zlagan holda va masalaga o‘z qarashini 
ifodalab muloqotga kirishadi. Lekin muloqot kamida ikki tomonning o‘zaro fikr 
almashuvidan iborat va ikkala tomon ham muloqot muammosiga nisbatan har xil 
fikrlarni bildirishi mumkin. Natijada fikrlar qarama-qarshiligi, ya’ni nizoli 
vaziyatlar vujudga kelishi muqarrar. Odatda nizoli vaziyatlarda bir tomon o‘z 


Bajardi: 902-guruh talabasi Achilova Odina Botirovna 

fikrini to‘g‘ri deb hisoblaydi, ikkinchi tomonning fikrini esa inkor etadi, natijada 
muloqot jarayonida uzilish va muloqotdan qoniqmaslik hissi yuzaga keladi. Bu 
qoniqmaslik hissi ochiq-oydin ifoda etilsa — tomonlar o‘rtasida kelishmovchiliklar 
kelib chiqadi, hatto o‘rtada nizo (janjal) paydo buladi. Lekin ba’zi hollarda biz 
bunday qoniqmaslik hissini ochiq ifoda eta olmaymiz va ichimizga "yutib" 
ketamiz, natijada tomonlar o‘rtasida yashirin nizo paydo bo‘ladi va o‘rtadagi 
davomiy sovuqchilikning asosiga aylanadi. 
Demak, aytish mumkinki, birgalikdagi faoliyat va hayotga, ya’ni muloqotga 
halaqit beruvchi to‘siq hamda noxushliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga intilish 
kerak. Buning uchun eng yaxshi usul — unutishdir. Unutish vazifasini esa vaqt 
bajarishi mumkin, ya’ni vaqt o‘tishi bilan biz nizoli vaziyatlarni, kim bilandir 
o‘rtamizda paydo bo‘lgan noxush vaziyatlarni unuta boshlaymiz. Lekin hozirgi 
jadal taraqqiyot davrida vaqtga ishongandan ko‘ra, faol harakat qilib nizoli 
vaziyatlar natijasi bo‘lgan noxushliklarni ixtiyoriy ravishda bartaraf etish 
samaraliroq natijalar berishi mumkin. Buning uchun esa shu maqsadda tashkil 
etiladigan treninglar yaxshi natija bradi.
Shaxslararo muloqotchanlik ko‘nikmalarini hosil qilish uchun tashkil etishga 
mo‘ljallangan trening davomida quyidagi mashq albatta o‘tkazilishi kerak. 
Har bir ishtirokchi “Qarshimdagi odam kim?” degan savolga javob ola 
bilinadigan savollarni bilishi lozim. Umuman shaxs o‘z qarshisidagi odam, ya’ni 
suhbatdoshi haqida imkon darajasida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi lozim. 
Psixologik 
adabiyotlarda 
ta’kidlanishicha, hech bo‘lmaganda muloqotga 
kirishayotgan odam haqida 7 ta ma’lumotga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Bu 
ma’lumotlar suhbatdoshning: 
ismi 
mutaxasssligi 
oilaviy ahvoli 
sog‘ligi haqida ma’lumotlar 
kasbining o‘ziga yoqadigan va yoqmaydigan tomonlari 


Bajardi: 902-guruh talabasi Achilova Odina Botirovna 

u qadrlaydigan insoniy sifatlar 
qiziqishi yoki xobbisi.
Bu ma’lumotlar qatori qanchalik ko‘p bo‘lsa, shuncha yaxshi, chunki 
suhbatdoshi haqida ma’lumotlarning ko‘pligi samarali muloqot o‘rnatish kafoloti 
hisoblanadi. 
Demak, har qanday odam muvaffaqiyatli muloqotga kirishish uchun 
suhbatdoshi haqida ko‘proq ma’lumot bilishi talab etiladi. 
Samarali muloqotni tashkil qilishda e’tiborga olinishi lozim bo‘lgan yana bir 
holat shundan iboratki, bunda trening ishtirokchilari "Qarshimdagi odam qanday 
holatda?" degan savolga javob bilishlari talab etiladi.

Yüklə 158,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə