Mavzu: Muloqotni noberbal tomonlarini rivojlantirish treningi Reja



Yüklə 158,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü158,79 Kb.
#151217
1   2   3   4   5
1-Amaliy

I. Raqobat usuli
— muloqot jarayonidagi bir tomonning ikkinchi tomon 
ustidan hukmronligini namoyon qilgan holda muloqot vaziyatini boshqarishga va
butun jarayonni o‘z qo‘liga olishga harakat qilishini anglatadi. Odatda, katta 
yoshlilar va kichiklar o‘rtasida, rahbar va unga tobe xodim munosabatlarida 
shunday manzarani kuzatishimiz mumkin. Bunda birinchi tomon o‘z ustunligidan 
foydalangani holda ikkinchisining ustidan o‘z erkini namoyon etadi. Tabiiyki
muloqotdan muloqotga tomon o‘zini tobe deb his etayotgan odamda ichki 
noqulaylik va zo‘riqishlar yig‘ilib boradi. Bunday holatni psixologik til bilan 
ifodalanganda “yashirin nizo yig‘ilib boradi” deyish mumkin. Bu esa o‘zaro 
munosabatlarning keskinlashuvi va vaqti kelib kattaroq nizolarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi. 
II. 
Yon berish
— yuqorida aytilgan holatga o‘xshashroq, biroq undan 
ko‘ra farqliroq holat hisoblanadi. Bunda shaxs muloqot jarayonida yon berishga 
majbur emas, lekin u yon berishga burchliman deb hisoblaydi Bunda kishi o‘zidan 
yoshi, mansabi, mavqei jihatdan katta kishi oldida o‘z manfaat va istaklarini to‘la 
ifoda etolmay o‘zini tobe his etadi. Agar yuqoridagi misolda tobelik o‘zga kishi 
tazyiqi ostida vujudga kelsa, yon berish pozitsiyasida shaxs o‘z ixtiyori bilan shu 


Bajardi: 902-guruh talabasi Achilova Odina Botirovna 

xil munosabat tarafdori bo‘ladi. Lekin ma’lum vaqt va natijalardan so‘ng unda 
ichki qoniqmaslik hislari paydo bo‘la boshlaydi. Bunday qoniqmaslik hislari ortib 
borishi natijasida esa yon berayotgan kishisiga nisbatan ichki norozilik kelib 
chiqadi. Yon berish insonni passivlikka undaydi, uning ichki tashabbusini bo‘g‘ib 
qo‘yadi va erkinligini cheklaydi. Ko‘p jihatdan bu pozitsiya ham muqarrar 
nizolarga olib keladi. 
III. Passivlik
— biron masalani hal etish lozim bo‘lgan vaziyatlardan 
shaxsning o‘zini olib qochishi, turli bahonalar bilan qarorni orqaga surishini 
anglatadi. Ko‘pincha bu xil harakat nizoli vaziyatlarni hal etish jarayonida 
namoyon bo‘lishi mumkin. Aytish mumkinki, passivlik — nizodan qochish emas, 
balki masalani uzil- kesil hal etishdan qochishdir. Muammoni issig‘ida hal qilish 
kerak, uni hal qilishni cho‘zib yurish kerak emas. Chunki nizoni hal etishdan 
qochganimiz bilan nizo o‘z-o‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Bu o‘rinda o‘quvchida 
"Kelishmasdan qolgan yoki orasida nizo paydo bo‘lgan ikki kishi vaqt o‘tishi bilan 
bir-birini kechirib ketishi ham mumkin-ku, buni qanday tushunish mumkin?" kabi 
e’tiroz tug‘ilishi ham mumkin. Bu e’tiroz tashqi tomondan qaraganda tug‘ri, lekin
psixologik jihatdan taxlil qilinsa, atrofdagilar nazarida ular bir-birini kechirgandek 
ko‘rinsalarda, aslida ma’lum muddatgacha bir-birlariga nisbatan ichki norozilik 
holatida qolaveradilar. 

Yüklə 158,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə