Mavzu: muqaddas rim imperiyasi va papalik



Yüklə 104 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü104 Kb.
#139112
1   2   3   4   5
Muqaddas Rim imperiyasi va Papalik

Gotlar urishi
Teodorix vafotidan keyin Ravena saroyida ikkita gruppa bir - biriga qarshi kurash olib bordi : bulardan biri :

  1. Konstantinapol bilan ittifoq tuzish tarofdori ("Rim guruhi")

  2. Mustaqil siyosat yuritish va rimlik quldorlarni yanada cheklash tarafdori ("Got guruhi" yani eski got guruhi) edi.

Bu janjallardan vizantiyaliklar foydalandilar.
Armanlik IV va V asrlarda xristian cherkovida juda ko'pchilikni tashkil qilgan bir mashab bo'lib, asosan imperiyaning Sharqiy viloyatlarida, shunungdek varvarlar orasida-ostgotlar, vestgotlar, vandallar, burgundlar va boshqalar orasida keng tarqalgan edi. Bu mashabga asos solgan kishi aleksandryalik Ariy degan bir ruhoniy bo'lib, u Iso hudo emas xudo - ladar emas, balki xudo tomonidan yaratilgan, deb targ'ib qilgan.
Imperator Yustinian Imperiya zamonida vizantiyaliklar ostgotlar italiyasini istelo etdilar va butun Apennin yarim orolini Vizantiyaga qo'shib oldilar. Lekin Italiyani Vizantiya osonlik bilan bosib olmadi. Gotlar urushi 20 yildan ortiq davom etdi.
Yangi saylangan ostgot koroli Totila (541 - 552) Vizantiyaga qarshi kurashga, Ostgotlardan tashqari ezilgan italiyaliklarning bir qismini ham tortdi. Ostgotlar qo'shiniga qui va kalonlar qabul qilindi. Totila flot qabul qurdi, Slisiyani va O'rta dengizdagi yana boshqa orollarni bosib oldi. Biroq Vizantiyadan yetib kelgan yangi qo'shinlar ostgotlarni mag'lubiyatga uchratdi. (552 yil) Vizantiyaliklar ltaliyani 555 yilda batamom bosib oldi. Ostgotlarning deyarli hammasi qirib tashlandi.
Imperator Yustinian farmonlar chiqarib, Italiya ilgarigi quldorlik tuzumini tikladi. Totilaning qillar va kolonlar to'g'risidagi farmon va hukmlari bekor qilindi.
Shimoliy Italiyaning langobordlar tomonidan istelo qilinishi
Vizantiyaning Italiyada hukumronlik qilishi uzoqga bormadi. 568 yilda Shimoliy Italiyaga yangi varvarlar-langobardlar bostirib kirdilar. Langobardlar oldin Elbaning chap qirg'og'ida yashagan bo'lib, svev qabilalariga qarindosh edi. Langobardlarning bоshlog'imperiya korol Alboin edi. Yangi davlatning poytaxti Paviya shahri bo'ldi. Italiyada Langobardlarning nomi shu mahalgacha ham saqlanib qolgan - hozirgi Shimoliy Italiya Lombardiya deb ataladi.
Langobardlar istelosining o'ziga xos bir qancha xususiyatlar bor edi.
Birinchidan: Langobardlar Shimoliy va qisman O'rta Italiyani batamom ishg'ol qildilar, mahaliy quldor zadagonlar bilan hech qanday bitimga kelmadilar. Ular Apinnin yarim oroliga rimliklarning federatlari sifatida emas, balki ularni istelo qiluvchilar sifatida keldilar.
Ikkinchidan: Langobardlar Rim quldorlarining juda ko'provoslav mol-mulkini musodara qildilar. Langobardlar badavlat rimliklarning pomisitellarini butunlay tortib oldilar. Ko'pdan ko'p rimlik quldorlar qo'lga aylantirildi, bir qismi oila a'zolari bilan boshqa mamlakatlarga sotib yuborildi.
Uchinchidan: ulardagi ijtimoiy tuzumning o'ziga xos jihatidan kelib chiqdi. Langobardlar Italiyaga kelgan vaqtlarida ularda urug'chilik aloqalari bir muncha mustahkam edi.
Shunday qilib, langobardlar istelosi natijasida xiyla katta va kuchli varvar korolligi vujudga keldi, bu korollikda juda ko'p dehqonlar va ancha erta tashkil topgan ko'p yerli, kuchli zadagonlar bor edi. Langobard korolligi bilan bir vaqtda Italiyada VI - VII asrlarda yana bir siyosiy tashkilot - papalik vujudga keldi. Italiyaga Langobardlar kelgan keyin ham rimlik episkoplar - papalar - rasman o'zlarini Sharqiy Rim imperatorlarining oily hokimyati qo'l ostida deb hisoblab qoldilar. Papalar asta - sekin O'rta Italiyaning mustaqil hukumdorlariga ay la boshladilar. Rimninig va Rim oblastining xam diniy, xam dunyoviy hokimi bo'lgan birinchi papa Grigoriy I (590- 604) bo'ldi. Langobard korolligi keyincha papa oblastini o'z hokimyatlariga bo'ysundurishga harakat qildilar, lekin bu harakat natija bermadi. Papalar Frank korollaridan iborat ittifoqchilarga ega edila. VIII asrning I yarmida ular shu frank korollarining yordami bilan o'zlarining papa cherkova davlatini uzil - kesil tashkil etdilar, bu davlat ham, shunday qilib, ilgarigi Rim imperiyasining o'ziga xos birqoldig'i edi.

Yüklə 104 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə