Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarish, fosfatlar ishlatinilishi va olinishi Reja


Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning umumiy jihatlari



Yüklə 141,99 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü141,99 Kb.
#130305
1   2   3   4   5   6
Nitrat kislota

Mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishning umumiy jihatlari

O‘simliklar rivojlanish davrida bir qator element va birimalarga muhtojlik sezadilar. Bularga: N, P, K, Ca, Mg, S, Fe, B, Cu, Mn, Co, J va boshqalar. Biroq ularni barchasini o‘simlik bir hil miqdorda ist’emol qilmaydi. Dastlabki uch elementlarni o‘simliklar katta miqdorda talab qiladi. Shu sababli ular oziq elementlari deb yuritiladi. O‘simlik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan qolgan elementlarni esa juda oz miqdorda ist’emol qiladilar.


Hosildorligini oshirish maqsadida o‘simliklar tarkibida oziq elementlar tutgan moddalar bilan sun’iy oziqlantiriladi. Tarixdan ma’lumki, odamlar madaniy o‘simliklar hosildorligini oshirish maqsadida turli moddalar va ular aralashmalaridan foydalarib kelishganlar.
Mineral o‘g‘itlar deyilganda – tarkibida o‘simliklar oziqlanishi va tuproq unumdorligini ortishiga olib keluvchi zaruriy elementlar tutuvchi, qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olinishiga sabab bo‘luvchi tabiiy va sanoat usulida sun’iy yo‘l bilan olingan noorganik moddalar va tuzlar tushuniladi.
O‘simlik xujayralarining paydo bo‘lishida, ularni o‘sishida va rivojlanishida yetmishga yaqin elementlar qatnashadi. Bu elementlarni ahamiyati va o‘riniga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
-organlarni tashkil qiluvchi elementlar (uglerod, vodorod, kislorod, azot);
-kul hosil qiluvchi elementlar (fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt);
-mikroelementlar (bor, molibden, mis, rux, kobalt);
-turli fermentlar va xlorofill tarkibiga kiruvchi elementlar (temir, marganets va h.k.).
Bu elementlardan o‘simlik quruq massasining 80%iniuglerod, vodorodvakislorod,

3
8-9%ini azot, fosfor, oltingugurt, magniy, kaltsiy va kaliy, hayot uchun zarur bo‘lgan bor, temir, mis, marganets va boshqa elementlar xissasiga 1- 2%dan ortiq qism to‘g‘ri kelmaydi. O‘simliklar oziqlanishi, o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur elementlar sifatida azot, fosfor va kaliy ahamiyatli. Azot oqsil va xlorofill tarkibiga kirib fotosmintezda ishtirok etadi. Fosfor birikmalari o‘simliklarni nafas olishida, uglevodlar va azotli birikmalar almashinuvida qatnashadi. Kaliy esa o‘simliklarda sodir bo‘ladigan muhim hayotiy jarayonlarni boshqarishda, suv bosimini me’yorlashtirishda, moddalar almashinuvida va o‘simlik organlarda uglevodlar hosil bo‘lishida muhim. Kislorod, uglerod va vodordning asosiy qismini o‘simlik havodan va suvdan oladi, qolgan elementlarni esa tuproqdan o‘zlashtiradi. Zamonaviy masshtabda dehqonchilik qilishda tabiatdagi moddalar almashinuvi buziladi, chunki o‘simlik hosili bilan elementlarning katta miqdori tuproqdan chiqib ketadi. Tuproqdan yomg‘ir suvlari bilan yuviladi va tuproqqa qaytmaydi yoki befoyda shaklga o‘tadi (immobillanadi). Masalan, azot mikroorganizmlar ta’sirida 𝑁𝑂 ion holatidan N2 va N2O gacha qaytariladi. SHu bilan birga hosildorlik qancha yuqori bo‘lsa uglerod,
vodorodikislorodsh ham shuncha katta bo‘ladi.
4.7.1-jadval
Tuproqdan oziq elementlarining yo‘qotilishi


Element va uning
birikmasi

Hosil bilan yo‘qotish (kg/ga)

Bug‘doy
30 ts/ga

Qand lavlagi
270 ts/ga

Makkajo‘xori
600 ts/ga

Azot(N)

112

166

150

Kaliy (K2O)

77

157

200

Fosfor (R2O5)

39

42

70

Bu o‘z navbatida tuproqdan yo‘qotilgan oziq elemenitlari o‘rnini shu elementlar tutgan, o‘simlik o‘zlashtira oladigan shaklda bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bilan to‘ldirishni talab qiladi.


Azot, kaliy va fosfor tutgan mineral o‘g‘itlar ekinning turiga qarab hosildorlikni 1,5 dan 3,0 barobargacha ortishiga olib keladi.


Yüklə 141,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə