Mavzu: Nitrat kislota ishlab chiqarish, fosfatlar ishlatinilishi va olinishi Reja



Yüklə 141,99 Kb.
səhifə6/6
tarix21.10.2023
ölçüsü141,99 Kb.
#130305
1   2   3   4   5   6
Nitrat kislota

Fosfat kislotalar - fosfat angidrid (P2O5)ning suvli hosilalari. Bir molekula fosfat angidrid bilan bir necha molekula suv birikishiga karab 3 xil fosfat kislota olinishi mumkin: P2O5+H2O^2HPO2, (metafosfat kislota); P2O5+2H2O^H4P2O7 (pirofosfat kislota); P2O5+3H2O"2H3PO4 (ortofosfat kislota). Bularning ichida eng muximi ortofosfat kislota, u toʻgʻridantoʻgri fosfat kislota deb ataladi. Fosfat kislota (H3PO4) — rangeiz, tiniq kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 42,35°, zichligi 1,87 g/sm’. Normal sharoitda inert, yuqori trada koʻpgina metall va ularning oksidlari bilan reaksiyaga kirishadi va, hatto kvars bilan oltinga ham taʼsir etadi. Fosfat kislota suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Ortofosfat kislota 3 asosli, u 3 xil tuz hosil qiladi, mas, Ca(H2PO4)2 — kaltsiy digidrofosfat (birlamchi fosfat); Ca2(HPO4)2 — kaltsiy gidrofosfat (ikkilamchi fosfat); Ca3(PO4)2 — kaltsiy fosfat (uchlamchi fosfat).
Fosfat kislota texnikada ekstraksion va termik usullar bilan olinadi. Ekstraksion usul maydalangan va ozroq fosfatga kislota qoʻshilgan tabiiy fosforitni sulfat kislota eritmasida eritishdan iborat. Termik usulda esa avval fosforitdan sof fosfor ajratib olinadi, soʻngra uni kuydirib fosfor (V) oksid — fosfat angidrid hosil qilinadi. Bu moddaga suv taʼsir ettirib uni H,PO4 ga aylantiriladi. Metafosfat kislota orto yoki pirofosfat kislotani qizdirib olinadi. Pirofosfat kislota esa gidrofosfatlarni qizdirib va boshqa usullarda olinadi.
Fosfat kislota oʻgʻitlar, texnik reaktivlar ishlab chiqarishda muhim xom ashyo. U organik mahsulotlar sintezida, faollangan kumir ishlab chiqarishda, metallar sirtida himoya qoplamalar hosil qilishda qoʻllanadi. Tozalangan, oziq-ovqat fosfat kislotasi deb ataladigan xili spirtsiz ichimliklar, farmatsevtik preparatlar, ozuqa konsentratlari tayyorlashda ishlatiladi.
O’simliklarning oziqlanishda azotdan keyingi urinda turuvchi eng muhim elementlardan biri fosfor hisoblanadi. O’simliklar fosforni asosan ortofosfat PO4-3 anionlari uzlashtiriladi. Ular fosforni metofosfat (H3PO3) va prifosfat kislotalarning tuzlardan uzlashtirish shuningdek ba’zi organik fosfatlar -fitinglyukoza fosfatlar va boshqalarning fosforni ham uzlashtirish mumkin 3 asosli kislota bo’lgan ortofosfat kislota pH 7-8 da undan pastda disotsiyalanib 1ta yoki 2 ta H+ ion ajratib chikaradi va H2PO4- hamda HPO4-2 ionlarini hosil kiladi ana shu ionlarni o’simliklar yutadi.
O’simliklar vegitatsiya davri mobaynida 1ga yerdagi tuproqdan o`rtacha 20 dan 60 kg gacha miqdorda ya’ni azot va kaliyga nisbatan ancha kam P2O5 istemol kiladi. Tuproqda fosforning urnini hamda ildiz va poya qoldiqlari bilan tuldirib bulmaydi. Tuproqdagi fosfor zahirasini tuldirish uchun fosforli o’g’itlardan boshqa manba yo`q. Fosforli o’g’itlar eruvchanligiga va o’simliklarga kqrab 3 guruhga bo`linadi:
1.Suvda yahshi eriydigan o’g’itlar oddiy superfosfat va qo`sh superfosfat.
2. Suvda kam eriydigan lekin kuchsiz kislotalarda eriydigan o’g’itlar pretsipitat, tomasshlak, termofos-fatlar, ftorsizlantirilgan fosfat.
3. Suvda erimaydigan faqat kuchli kislotalarda tupik eriydigan o’g’itlar - fosforit uni suyak uni

Superfosfat oddiy superfosfat maydalangan apatit eki fosforitga kislota bilan ishlov berish yuli bilan olinadi bunda keyin eruvchan fosfatlar parchalanib suvda eriydigan monokaltsiy fosfat Ca(H2PO4) va suvda erimaydigan gips CaSO4 hosil bo`ladi.


[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 7H2SO4 +3H2O → Ca(H2PO4)2 ·H2O+7CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 10H2SO4 → 6H3PO4 +10CaSO4 +2HF
[(Ca3(PO4)2)]3· CaF2 + 4H2SO4 +12H2O → CaHPO4 · 2H2O +4CaSO4 +2HF
Pretsipitat kaltsiy difsofat (CaHPO4 •2H2O) tarkibida 27 dan 35 % gacha P2O5 bo`ladi. Pretsipitat fosfori suvda erimay di lekin ammoniy tsitrptda eriydi va uni o’simliklar yahshi uzlash tiradi.O’g’it yahshi fizik xossalarga ega. Pretsipitatni barcha tuproqlarda turli hil ekinlarga asosiy o’g’it sifatda ishlatsa bo`ladi.
Tomasshlak -fosforga boy chuyanlarni tomasning ishqoriy usulida qayta ishlab, temir va po`latga aytantirishda hosil buladigan kushimcha mahsulot. Tomasshlak to`q rangli og`ir, mayin kukun. Tarkibada 14 dan 20 % gacha P2O5 buladi. Bu o’g’itni barcha tuproqlarda asosiy o’g’it sifatida ishlatish mumkin.
Fosforit uni, fosforitni un holiga keguncha maydalash yuli bilan olinadi.
Bu o’g’it gigroskopik emas, mushtlashib kolmaydi. Uning tarkibidagi P2O5 ning miqdori 19-30% atrofida bo`ladi.
Fosforit uni eng arzon fosforli o’g’it. Bu o’g’it barcha kuzgi ekinlarga, shuningdek, chopiq-talab ekinlarga qandlavlagi, kartoshka, makkajuhori va boshqalarga solinganda eng ko`p samara beradi. Fosforit uni qancha ko`p solingan bo`lsa, ta’sir etish davomiyligi ham shuncha uzoq bo`ladi.
Yüklə 141,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə