Mavzu: Nogironligi bor shaxslar bilan ijtimoiy ish. Reja


Nogironlar bilan ijtimoiy ishga tarixiy yondashuv



Yüklə 72,5 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü72,5 Kb.
#144548
1   2   3   4
mustaqil ish)(

2.Nogironlar bilan ijtimoiy ishga tarixiy yondashuv
Insoniyat o’z tarixida har doim ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan imkoniyatlari cheklangan odamlar bilan to’qnash kelgan. Rivojlanishning turli davrlarida ularga munosabat ham turlicha bo’lgan. «O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan «nogiron — jismoniy, aqliy, ruhiy yoki sensor (sezgi) nuqsonlari borligi tufayli turmush faoliyati cheklanganligi munosabati bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nogiron deb topilgan hamda ijtimoiy yordamga va himoyaga muhtoj shaxs. Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi —shaxsning o’ziga o’zi xizmat qilish, harakatlanish, yo’lni topa olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek o’qish va mehnat faoliyati bilan shug’ullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to’la yoxud qisman yo’qotganligi»dir.1 Bu so’z lotincha invalidus so’zidan olingan bo’lib, aynan «kuchsiz, kuchli emas» degan ma’no anglatadi, ya’ni, in — «emas» Q validus — «kuchli», boshqacha aytganda, bu – jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy jihatdan kamchiligi bo’lgan inson faoliyatida mavjud to’siq yoki cheklovlarni bildiradi.2
Qadim zamonlardan beri olimu, ulamolar, faylasuflarni og’ir kasalliklarga chalingan yoki rivojlanishdan orqada qolgan kishilarning yashashi, ularni davolash va o’qitish masalalari o’ziga jalb etib kelgan. Qadimgi Yunoniston, Rim, Vizantiya, Sharq faylasuflari va donishmandlari, jumladan Aristotel, Seneka, Tsitseron va boshqalarning asarlarida jamiyat va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlar o’rtasidagi munosabat mavzusi ham e’tibordan chetda qolmagan.
Odatda sog’lig’i bilan bog’liq muammolari mavjud kishilar soni urush va harbiy harakatlardan keyin ko’payib ketgani bois, ana shu urushlar paytida yaralangan, jarohat olgan, kasallik orttirgan sobiq harbiylarga aholida e’tibor qaratilgan. Sog’lig’ida muammosi mavjud bo’lgan ana shu sobiq jangchilar «nogiron» (invalid) deb atalgan. Frantsiyada ushbu atama armiyada harbiy xizmatni o’tagan va davlat oldida xizmat ko’rsatgan, yaralangani, jarohat olgani yoki qarigani bois harbiylikka yaramay qolgan jangchilarga nisbatan qo’llanilgan. Besh yuz yildan ortiq vaqt mobaynida davlat sog’lig’i bilan bog’liq muammosi mavjud insonlarni ikki guruhga ajratib kelgan. Birinchi guruhga armiyada xizmat qilgan va yaralanish, jarohat olish yoki keksayganligi sabab sog’lig’ida muammolar paydo bo’lgan nogironlar kiritilgan. Ikkinchi guruhdan esa hech qachon harbiy xizmatni o’tamagan, jarohatlari, kasalliklari tug’ma, kundalik turmushda yoki ishlab chiqarish jarayonida orttirilgan bolalar hamda katta yoshdagi aholi kiritilgan. Bu guruh mayib-majruxlardan iborat bo’lgan.
Qadimgi Yunonistonda harbiy nogironlar oilasi bilan davlat qaramog’ida bo’lgan. Rimda esa nogironlarga yer uchastkalari, janglarda qo’lga kiritilgan o’ljadan ulush ajratilgan, shuningdek pul ta’minoti belgilangan. Nogironlar jamiyatning obro’-e’tiborli kishilari sanalishgan, hamda ijtimoiy ta’minotning anchayin rivojlangan tizimi ular xizmatida bo’lgan. Sog’lig’i bilan bog’liq muammosi mavjud kishilarning ikkinchi toifasi esa odatda g’aribxonalarda, nogironlar uylarida saqlangan. Bu erda ular taom va boshpana bilan ta’minlangan. Qadimgi Rusda mayib-majruxlar uchun ilk g’aribxonalar Ivan Grozniy podsholigi davrida paydo bo’lgan (1551 yil). O’rta asrlarda Frantsiya va Angliyada harbiy nogironlarga qarash monastirlar zimmasiga yuklatilgan. Ispaniyada, keyinroq esa Angliya va Gollandiyada yaralangan va jarohat olgan harbiy nogironlarga pensiya va bir martalik moddiy yordam to’lanishi tizimi yo’lga qo’yilgan3. 1606 yilda Frantsiya qiroli Genrix IV tomonidan yaralangan, kasalga chalingan va qarib qolgan harbiylar va ularning oila a’zolari uchun harbiy g’aribxonalar tizimi joriy etilgan. U ikkita, ya’ni nasroniy rahm-shafqat hamda avliyo Lyudovik gospitallaridan iborat bo’lgan.



Yüklə 72,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə