Mavzu: Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarda yozma nutq buzilishlarini bartaraf etish usullari



Yüklə 8,04 Kb.
səhifə1/3
tarix22.12.2023
ölçüsü8,04 Kb.
#154185
  1   2   3
Nilufar,Nargiza

Mavzu: NTR bolalar bilan olib boriladigan korreksion ishni tashkil etish va rejalashtirish

Reja:

Logopedik ta’sir ko‘rsatishning asosiy vazifasi — istalgan tovushning namoyon boMishi shaklida bolalaming taqlidiy nutqni faoliyatini hosil qilish, nutqni tushunish hajmini kengaytirishdan iborat. Bu bosqich gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ish uchun moMjallangan. Bunday bolalaming faol nutqi alohida so‘zlardan iborat: bolaga yaqin tanish kishilarni nomlash, tovush taqlidi, so‘z qismlaridan iborat ("da" yoki "dada", "bo" yoki "bobo", ”bi-bi”-mashina va hokazolar). Gapirmaydigan bolalarda, qoidaga ko‘ra kattalar so‘ziga taqlid qilish ehtiyoji bo‘lmaydi.

Agar nutqiy taqlid faoliyati mavjud bo‘lsa, u holda bu jarayon ikki-uch noto‘g‘ri artikulatsiyalanuvchi tovushlardan tuzilgan bo‘g‘in komplekslari orqali amalga oshiriladi: undosh+unli yoki aksincha unli+undosh. Gapirmaydigan bolalaming faol lug‘atida ayrim hollarda 5—10 ta, ba’zida esa 25—27 ta so‘z birliklari bo‘ladi. Nutq rivojlanishi mobaynida bola tomonidan faqat shunday alohida so‘zlardan foydalanish davri so‘zgap yoki bir so‘zdan iborat gap davri deb nomlanadi. Bir so‘zdan iborat gaplar nutqning normal shakllanishi jarayonidagi singari nutq rivojlanishi buzilishining barcha shakllarida ham bolalar nutqi rivojlanishining boshlang'ich nuqtasi hisoblanadi.

Agar gapirmaydigan bolalaming nutqni tushunishi darajasi past boisa, u holda logopedik ishni birinchi navbatda nutqni tushunishni kengaytirishdan boshlash lozim. Logopediya amaliyotidan m aium ki, nutqni yetarlicha yaxshi tushunish tufayligina bola gapira boshlashi mumkin. Agar nutqni tushunish darajasi birmuncha yuqori b oisa, istalmagan tovush nutq ko‘rinishlarini hosil qilish vazifasi birinchi o‘ringa chiqadi.

Gapirmaydigan bolalar bilan olib boriluvchi logopedik ishga umumiy tavsiyalar. Mashg‘ulotlarni imkon qadar kichik guruhlarda (3 kishidan oshmagan) o ‘tkazish lozim. Yetakchi mashg‘ulot shakli o ‘yindir. M ashg‘ulotlar, ayniqsa, ishning dastlabki bosqichlarida noverbol topshiriqlar bilan ta’minlangan bolishi zarur. Logopedik ta’sirda aynan bir so‘z materialini ko‘p marotaba takrorlash va gapirmaydigan bola bilan bevosita hissiy aloqa o‘rnatish zaruriy sharoit hisoblanadi. Bu bosqichda bola nutqining har qanday ko‘rinishni rag'batlantirish muhim. Bolani biron narsa aytishga yoki takrorlashga majburlash kerak emas. Ayt, takrorla kabi so'ziardan foydalanmaslik kerak, chunki bolada bu iltimoslarga negativ ta’sirlanish yuzaga keladi. Bu so'zlarni mos keluvchi savollarga yoki so'zlarga almashtirish foydalidir (o‘ylab ko'rchi, top-chi).


Yüklə 8,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə