Mavzu: Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarda yozma nutq buzilishlarini bartaraf etish usullari



Yüklə 8,04 Kb.
səhifə2/3
tarix22.12.2023
ölçüsü8,04 Kb.
#154185
1   2   3
Nilufar,Nargiza

Yoki bir tomonlama dialog ham foydadan holi emas, bunda katta odam ham savol beradi, ham o ‘zi javob beradi. Bola tomonidan hozirgina talaffuz etilgan tovush taqlidini birikki takrorlash ham yaxshi natija beradi. Masalan; bola bilan o‘yinchoqni javon oldiga borib, hayratomuz so‘raladi: "Qarachi, bu yerda kim paydo boMdi? Uloqcha?!" Uloqchani tomosha qila turib, bir necha marotaba uloqcha ovozini imitatsiya qilish lozim: "Me-me-me". Uloqchaning bumi, qulog‘i, dumchasini bolaga ko‘rsata turib, logoped qiziqsinib so‘raydi. "Uloqcha qanday yig‘lashini sen bilasanmi?" Boladan istalgan tovush reaksiyasini olish zarur.

Nutqni tushunishni rivojlantirish Logopedik ta’siming asosiy vazifasi passiv lug‘at boyligini to‘ldirishdan iborat. Bolalarga o'yinchoqlari, tana a’zolari, kiyim-kechaklari, jonivorlar, alohida predm et va hodisalar nomlari va shu kabilarning nomlarini eslab qolish taklif etiladi. Passiv fe’l lug‘ati bolaning o ‘zi tomonidan amalga oshiriluvchi xattiharakatlar nomidan iborat boiishi lozim (o‘tiribdi, yuribdi, kiyinyapti va hokazo).

Bundan tashqari o‘ziga yaqin kishilar bajarayotgan xattiharakat nomlarini ham bilishi lozim, ammo bu lug'at faqat bolaning bevosita bir necha marotaba o ‘zi kuzatgan xatti-harakatlar nomi bilangina chegaralanishi mumkin. Shuni esda tutish lozim ki, nutqi toMiq rivojlanmagan bolalarda passiv fe’l lug‘ati passiv predmet lug‘atidan birmuncha kam boiishi mumkin. Shu sababli agar bolalar predmet nomlarini bilsa, u holda imkon qadar tezroq ulami harakat nomlarini tushunishga, shuningdek, sodir etilayotgan harakatlar yuzasidan berilayotgan savollami tushunishga o‘rgatish zarur: qayerda? qayoqqa? nima? nimga? qayerdan? kim uchun?

Katta odam 2—4 so‘zdan iborat qisqa gaplar bilan orasida pauzalar qilib, aynan bir so‘z birikmasini 2—3 marotaba takrorlaydi. Nomlanuvchi predmetlaming turlicha o‘zaro munosabatini aks ettiruvchi so‘zlar har xil grammatik shakllarda bir necha marotaba takrorlanadi. Barcha so‘zlar bo‘g‘inlarga bo‘linmay tabiiy ohangda gapiriladi, ammo cho'zib talaffuz qilinuvchi unlilar o‘z holicha gapiriladi. Logopedning butun nutqi bolaga qaratilgan savollar bilan boyitilgan boiishi lozim. Bolada faol lug‘atida mavjud nutqiy vositalar yordamida kattalar bilan muloqot qilish ehtiyojini tug‘dirish zarur.


Yüklə 8,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə