Mavzu: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə1/2
tarix27.03.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#103255
  1   2
Qarshiyeva Sevara Nutqdan Kurs ishi


Denov tadbirkorlik va pedogogika insitituti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-mt guruh talabasi Qarshiyeva Sevaraning Bolalarni nutqini o'stirish fanidan Kurs ishi taqdimoti
Mavzu: Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Reja: 1.Nutqning tovush madaniyati haqida tushuncha. 2.Nutqning tovush madaniyatiga doir ishlar. 3. Bolaning har bir yosh bosqichida nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
Nutqning tovush madaniyati umumiy nutq madaniyatining ajralmas qismidir. U so'zlarning ovozli dizayni va umuman tovushli nutqning barcha jihatlarini qamrab oladi: nutq-motor va eshitish vositalarining normal ishlashi, to'liq nutq muhitining mavjudligi tovush madaniyatini o'z vaqtida va to'g'ri shakllantirishning muhim shartidir. nutq.
CONTENTS
Click here to add to the title
1
Click here to add to the title
2
Click here to add to the title
3
Click here to add to the title
4
Nutq madaniyati – bu tо‘g‘ri sо‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan kо‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.
Tovush artikulyatsiyasini egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bо‘lib, u kо‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha chо‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof sо‘zlay boshlaydi. «Bolalar bog‘chasida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya’ni, bolalarga о‘qish va yozish о‘rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini tо‘liq о‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qо‘yadi.
CONTENTS
Click here to add to the title
1
Click here to add to the title
2
Click here to add to the title
3
Bolalarga tо‘g‘ri talaffuzni о‘zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida о‘sayotgan bulsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi tо‘g‘ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi sо‘zlarlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog‘i –hech narsani о‘zlashtira olmasligi) mumkin.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning tovush madaniyatini shakllantirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish lozim
1)bolalarning fonematik eshitishi, mazkur sur’at va ohangni idrok eta olish qobiliyatini asta-sekin rivojlantirib borish;
2) artikulyatsion apparatni rivojlantirish;
3) iboralar vositasida erkin gapira olish qobiliyatini shakllantirish;
4) muomala sharoitiga bog’liq ravishda ovoz balandligi yoki pastligini boshqara olishni tarbiyalash;
5)ona tilidagi barcha tovushlarni to‘g’ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
6) har bir tovush, shuningdek, so‘z va iboralarni aniq va ravon talaffuz qilish;
7) so‘zlarni adabiy til orpoefiyasi qoidalariga muvofiq talaffuz qilishga o‘rgatib borish;
8) nutqning maromli sur’atini shakllantirish;
9) nutqning ohangdor va ifodali bo‘lishiga erishish.
Nutqning tovush madaniyatini shakllkntirish bolalarning boglanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko‘pincha s-z, p-f, p-b, u-o‘, x-h, q-g’ tovushlarini to‘gri talaffuz qila olmaydilar. nutq jarayonida ketappan – ketayapman, Hojahon – Shohjaxon, Yustam – Rustam, qalga – qarg’a kabi talaffuz etishga yo‘llash, ovoz balandligiga, tovush sur’atiga e’tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash ona tilidagi tovushlarni aniq aytish, ularni to‘g’i talaffuz qilish, so‘zlar va iboralarni aniq talaffuz qilish, to‘g’ri nutqiy nafas olish, shuningdek, ovoz kuchidan yetarli darajada foydalana olish qobiliyati, nutqning normal sur’ati va ifodalilikning turli intonatsion vositalari (nutq musiqasi, mantiqiy sukut, urg’ular, nutq sur’ati, ritmi va tembri) ni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Tovush madaniyati yaxshi rivojlangan nutqni tinglay olish qobiliyati asosida shakllanadi va rivojlanadi

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə