Mavzu: ochlikda karbonsuvlar, yog'lar va oqsillar almashinuvining buzilishi



Yüklə 37,84 Kb.
səhifə2/5
tarix05.07.2023
ölçüsü37,84 Kb.
#119311
1   2   3   4   5
Mavzu ochlikda karbonsuvlar, yog\'lar va oqsillar almashinuvinin

Sutning tarkibi. Emizikli ayollarda bir kecha-kunduzda 1-2 l, sigirlarda 40-60, biyalarda 10-12 va echkilarda 1-3 l sut ajraladi.
Turli hayvonlarning suti tarkibi, oqsillar, yog’ lar va uglevodlarning miqdori va yog’ lar hamda oqsillarning sifati bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Sut tarkibidagi organik moddalarning qon tarkibining bir-biridan farq qilishi u qonning filtrati emas, balki sekretsiya mahsuloti ekanligidan dalolat beradi. Sutning zichligi 1,029-1,055 ga teng bo’lib, muhiti neytrallidir.
Sut-emulsiya, qaysiki mayda yog’ sharikchalari albuminli xarakterga ega bo’lgan po’stloq bilan o’ralgan bo’lib uning emulsion turg’unligini ta’minlaydi. Sut mikroskop ostida qaralganda unda yog’ sharikchalari ko’rinadi. Qoramollarning sutida yog’larning miqdori 4,5 % gacha bo’ladi.
Sut tarkibiga yog’lardan tashqari, oqsillar –sut albumini, sut globulinlari, uglevod –sut qandi, neorganik tuzlar, vitaminlar, fermentlar, suv va gazlar kiradi. Laktalbumin va laktglobulin o’zining xususiyatlari bilan qonning aynan shu oqsillari bilan o’xshash va sut tarkibida juda kam miqdorda saqlanadi (0,5 % yaqin).
Sut yog’i faqatgina yog’lardan hosil bo’lmay balki oziqalarning oqsillari va uglevodlaridan hosil bo’ladi. Unda yuqori molekulali yog’ kislotalari saqlanadi (70 % dan yuqori). Sut yog’i gliseridlar, oliyen, palmitin stearin, moy, kapron va boshqa yog’ kislotalaridan tashkil topgan. Molekulyar og’irligi kichik bo’lganligi sababli sut yog’ini saqlab qo’yish yoki sentrifuga qilish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Sut tarkibida mochevina, kreatinin hamda xolesterin, lesitin va purin asoslarni qoldiqlari uchrashi mumkin.
Sigir sutida neogranik moddalarning miqdori o’rtacha 0,75 % ni tashkil etadi: ular Na, K, Ca va Mg ning fosfatlari, sulfatlari va xloridlaridan tashkil topgan bo’ladi va uncha katta bo’lmagan temir oksidi ham saqlanadi.
Ayollar sutida quyidagi mikroelementlar; Li, Fe, Cu, Ni, Yn, Mn, Ag, J, Br, Ag, Si, Al va boshqalar bor.
Sut tarkibidagi vitaminlar iste’mol qilingan oziqa xarakteri va undagi vitaminlar miqdoriga bog’liq bo’ladi. U vitamin A va B guruhi, C, D va E vitaminlariga boy bo’ladi. Sutda amilaza, lipaza, katalaza va peroksidaza va boshqa fermentlar bo’ladi. Fermentlarning ayrimlari sut bezlarida hosil bo’lsa, boshqalari mikroblardan tushsa kerak deb taxmin qilinadi.
Yangi sog’ib olingan sutda hajmiga ko’ra 60-70 % gacha CO2 va O2 saqlanadi.Sutga ona qonidan ko’plab toksinlar, antitanachalar, alkogol, tuzlar, ko’plab alkoloidlar, achchiq moddalar va boshqa moddalar o’tadi. Qaysiki bolaning oshqozoni bunday moddalarga bir yoshgacha juda tez reaksiya qiladi, shu sababli laktasiya davrida onalarni davolashda juda katta ehtiyotkorlik talab etiladi. Bundan tashqari bu davrda kuchli hidli medikamentlar va dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalanishni cheklash zarur.
Yangi tug’ilgan bolalar uchun ona suti ideal to’yimli mahsulot bo’lib hisoblanish bilan birga bola uchun juda muhim ahamiyatga egadir. Ona suti bola organizmining barcha talablarini qondiradi, shu jumladan o’sish va rivojlanish uchun zarur bo’lgan moddalarga bo’lgan talabini ham qondiradi. Bolalar emadigan davrda ularni sun’iy oziqalar bilan oziqlantirganda ularda ortiqcha kasalliklarga chalinuvchanlik holati kuzatiladi, bu esa ona sutining yuqori darajadagi biologik qiymatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Ona sutini emayotgan bolada ona organizmida ishlab chiqilgan va sutga o’tgan antitanalar hisobiga turli infeksion kasalliklarga qarshi vaqtinchalik passiv immunitet hosil qiladi. Yangi tug’ilgan bola organizmida ona organizmidan olingan jiddiy darajada temir zahirasi saqlanadi va o’shaning hisobiga sutdagi temir taqchilligi qoplanadi. Bolalar sut bilan mu’tadil rivojlanishi uchun zarur bo’lgan vitaminlar miqdorini ham oladilar. Tabiiy tanlash ham sutning tarkibiga o’z ta’sirini ko’rsatadi, qaysiki bu tarkib avlodning hayotchanligi uchun juda katta ahamiyatga ega. Turli hayvonlarning sutini tarkibi ularning yangi tug’ilgan bolalarininig organizmini talablarini to’liq qondirishga qaratilgan bo’ladi.
Aynan ana shu hayvon suti tarkibi bilan uning o’sishining biologik xususiyatlarini nisbati hayvonlar sutining kimyoviy tarkibining o’zgartirib bolasining organizmiga moslanuvchanligini ko’rsatib turibdi. Organizmni vaznining ortish muddati bilan sutdagi oqsil, kalsiy va fosfor miqdori orasida teskari bog’lanish ham mavjud. Filogenez jarayonida ona sutining tarkibi o’zgargan. Tez o’suvchi hayvonlarning suti, sekin o’suvchi hayvonlar sutiga qaraganda organizmdagi hujayra va to’qimalarning hosil bo’lishi uchun zarur bo’lgan oqsillar, kalsiy va fosforni ko’p saqlashi aniqlangan.
Ona suti tarkibida qancha lesitin miqdori ko’p bo’lsa yangi tug’ilgan bolaning bosh miyasi massasi shuncha katta bo’ladi. Bu esa boshqa moddalarning orasida lesitin miyaning o’sishi uchun jiddiy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatib turibdi.
Ayollarda uvuzning ajralishi tug’ishdan bir necha kun oldin va tug’ishdan keyingi birinchi kunlari kuchayadi. Uvuz suti –sariq nordonroq suyuqlik bo’lib sutga nisbatan ancha quyuq (zich) va uning zichligi 1,040-1,089 ga teng bo’ladi. U qaynatilganda ivib qoladi, o’ziga xos hidli, sho’rroq ta’mli, katta miqdorda uvuz tanachalarini – yog’ga o’xshash neytrofillarni saqlaydi. Sutga nisbatan uvuz katta miqdorda fermentlar, albuminlar, globulinlar, lesitin, fosfor kislotasi, Ca va P ni saqlasada, lekin kaziyen va sut qandini kamroq saqlaydi.
Uvuz suti katta miqdorda tuzlarni saqlaganligi sababli u yangi tug’ilgan bola organizmiga ich bo’shatuvchi sifatida ta’sir ko’rsatadi va uning dastlabki tezagini (mekoniya) ajralishini ta’min etadi.
Sut ajralishi murakkab reflektor jarayon bo’lib, uning hosil bo’lishida alveolalarni tashkil qiluvchi hujayralarni o’zlarida sutning yog’li tomchilarini va boshqa qismlarini jamlaydi va o’lchami jihatidan ortadi, undan keyin uning ichki qismi qaysiki sekretlar jamlangan va tashqariga yo’nalgan qismi so’tilib yoriladi hamda o’zgargan sitoplazmaga bezlar yuzasiga qo’yiladi. Ajralayotgan sut sisterna va sut yo’llariga yig’iladi, bu paytda emchaklarning sfinkterlari uning oqib ketishiga qarshilik ko’rsatib turadi.
Ayollarning bitta sut bezidagi emchak uchini qo’zg’atilishi reflektor ravishda har ikkala sut bezlarida ham laktatsiyani kuchaytiradi.
Sut bezlari hatto orqa miya shikastlangandan keyin ham sut ajratishi mumkin, lekin mo’tadil sharoitda emish paytida emchak uchlaridagi retseptorlarni mexanik qo’zg’atilishi natijasida laktatsiya reflektor holda qo’zg’atiladi. Odamlarning sut bezlarining nerv tolalari 4-7 qovurg’alararo nervlardan boshlanadi. Sutning tarkibi simpatik nervi kesilganidan keyin o’zgaradi. Demak, simpatik nerv tolalari faqatgina uning tomirlariga ta’sir ko’rsatmasdan balki, to’g’ridan-to’g’ri sut bezlarining sekretor hujayralariga ham ta’sir ko’rsatadi.
Qo’rqish, hayajonlanish, shovqin va boshqa ruhiy ta’sirlar sut hosil bo’lishiga va uni chiqarilishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sut hosil bo’lishi va sut chiqarilishi orasida o’zaro uzviylik bo’ladi va asosan oziqlanishga bog’liqdir.

Yüklə 37,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə