Mavzu: ochlikda karbonsuvlar, yog'lar va oqsillar almashinuvining buzilishi


Bolalar va o’smirlarning ovqatlanish tartibi va uni tashkil etish



Yüklə 37,84 Kb.
səhifə3/5
tarix05.07.2023
ölçüsü37,84 Kb.
#119311
1   2   3   4   5
Mavzu ochlikda karbonsuvlar, yog\'lar va oqsillar almashinuvinin

Bolalar va o’smirlarning ovqatlanish tartibi va uni tashkil etish. Bolalar va o’smirlarning ovqatlanishini gigiyenik talablar asosida tashkil qilinishi, ularni mutadil o’sishi va rivojlanishi uchun, juda ko’plab yuqumli kasalliklarga chalinishini oldini olishdek dolzarb muammolarni hal qilish imkonini beradi.Ovqatlanishni tashkil qilish bu faqatgina bolani ovqatlantirishdan iborat bo’lmay, balki bola va o’smir organizmi talab qilgan darajadagi tuyimli moddalarni; oqsil, yog’ va uglevodlardan iborat, bola ishtaha bilan iste’mol qiladigan to’yimli taomlar yig’indisidir. To’yimli taom organizmni unga zarur bo’lgan oziq moddalar bilan ta’minlashi zarur. Zarur oziq moddalar tarkibiga –almashtirib bo’lmaydigan amino va yog’ kislotalari, karbonsuvlar, vitaminlar, mineral moddalar va suv kiradi.Ovqat o’z vaqtiga qarab kunda reja asosida iste’mol qilinishi kerak.
Ishtaha bilan iste’mol qilingan ovqat, organizm uchun zarur bo’lgan kuch - energiyani to’la qoplashi zarur. Ovqat rasionida yuqorida qayd qilingan komponentlar to’lig’icha muvozanatlashtirilgan bo’lishi va bola uni oson hazm qila olishi lozim.
Ulg’ayish davrlarida ovqatlanish tartibi bir necha marta o’zgaradi (og’iz suti, ko’krak bilan emizish, qo’shimcha ovqat berish, asta-sekin aralash ovqatlantirishga o’tish) shu sabab ovqatlanish tartibiga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Nozik va sog’ligida o’zgarishlar bo’lgan bolalarni,shuningdek sport bilan shug’ullanayotgan bolalar va o’smirlarni individual tartibda ovqatlantirish zarur. O’tkazilgan qator tadqiqot ishlarini natijalariga ko’ra, bolalar organizmidagi oqsillar, vitaminlar, karbonsuvlar, yog’ va mineral moddalar almashinuvi ular organizmining sarflagan energiyasini o’rnini qoplashi uchun zarurligini ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida bolalar ovqatlanishini tashkil etishda dasturil amal bo’lib xizmat qiladi.
Ovqatlanishda foydalaniladigan taomlarning barcha to’yimli moddalar bilan muvozanatlashtirilishi, bolalar va o’smirlarni oziqlantirishda ortiqcha muammolarni keltirib chiqarmaydi.Chunki, bolalar va o’smirlarni ovqatlantirishda ovqatning tarkibiga kiruvchi almashtirib bo’lmaydigan oziq moddalariga asosiy e’tibor beriladi, ular organizmning o’zida sintez qilinmaydi va unga iste’mol qilingan taomlar tarkibida zarur miqdorda kirishi lozim. Sog’lom odam uchun ratsionda oqsillar, yog’lar va uglevodlarning eng maqbul nisbati 1:1:4 ga yaqin nisbat hisoblanadi. Ovqat ratsionini belgilashda oqsillar bir kecha-kunduzlik kaloriyalilikning 15% ni tashkil qilishi kerak bo’ladigan bo’lsa, uning yarmini hayvonlar oqsillari, yog’lar - 30% va uglevodlar - 55% tashkil qilishi kerak. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun 1:1:6, ilk go’dak yoshidagi bolalar uchun 1:2:3 nisbat tadqiqotlar va tekshirishlarda ijobiy yechimini topgan nisbat hisoblanadi.
Oziq moddalarning tavsiya etilgan nisbati biroz o’zgartirilganda jiddiy buzilish yuz bermaydi. Yog’lar va uglevodlar kaloriyasi jihatidan bir-birining o’rnini bosishi mumkin.
Ovqatning tarkibidagi umumiy kaloriya sarflangan energiya miqdoriga mos kelmagan taqdirda tananing vazni kamayib boradi, turli kasalliklarga chidamliligi, ish qobiliyati pasayadi yoki odam semirib ketadi, natijada ovqat hazm qilish organlari, jigar, me’daosti bezi kasalliklari paydo bo’ladi, yurak muskuli zaiflashadi ateroskleroz kuzatiladi. Semiz odamlar normal odamlarga qaraganda 5-12 yil kam umr ko’rishi aniqlangan. Oziq moddalar nisbati buzilganda ham organizmdagi almashiniuv jarayonlari izdan chiqadi. Yoshlikda yetarli (to’yib) ovqatlanmaslik o’sishdan, jismoniy va ruhiy rivojlanishdan orqada qolishga sabab bo’ladi.
Kaloriyalilikni energiya sarfi bilan muvofiqlashtirish uchun iste’mol qilinayotgan taomlar tarkibidagi mavjud umumiy energiya aniqlanishi zarur.Insoniyat iste’molida foydalanilayotgan barcha oziq-ovqat mahsulotlari kaloriyasi jihatidan 4 guruhga bo’linadi:
1) kaloriyasi eng yuqori - 400 dan 900 kkal gacha bo’lgan mahsulotlar;
2) kaloriyasi yuqori mahsulotlar - 250 dan 400 kkal gacha;
3) o’rtacha kaloriyali mahsulotlar - 100 dan 250 kkal gacha;
4) kam kaloriyali mahsulotlar - 100 kkal gacha.

Yüklə 37,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə