Mavzu: Ona tili va oqish savodhonligi darslarida ilmiy ommabop asarlarni urganishda multimediyali vositallardan foydalanish mundarija kirish I bob. Ona tili va o'qish sohasining maqsad va vazifalari va ularning mantiqiy tafakkurni o’stirishdagi


II Bob. Ona tili va oqish savodhonligi darslarida ilmiy ommabop asarlarni urganishda multimediyali vositallardan foydalanish



Yüklə 31,49 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü31,49 Kb.
#163805
1   2   3   4   5   6   7
Musurmonova

II Bob. Ona tili va oqish savodhonligi darslarida ilmiy ommabop asarlarni urganishda multimediyali vositallardan foydalanish
2.1. BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA ILMIY-OMMABOP MAQOLALARNI OʻRGATISHNING METODIK IMKONIYATLARI
Jamiyat taraqqiyotida yosh avlod ta'lim-tarbiyasi alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda avvalo, maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilariga, jumladan, o'qish kitoblariga e'tibor muhim rol o'ynaydi. Mustaqillik yillarida ta'limga berilayotgan e'tibor kelajakka e'tibor davlat dasturi darajasiga ko'tarilgani e'tirofga loyiq. Hozirgi kunda ta'limda rivojlangan mamalakatlar tajribalardan foydalanilmoqda. Darslikning ham yangidan yangi avlodlari nashr etilaveradi. Yangiliklarni ta'lim jarayoniga olib kirish va joriy etish bugungi kun o'qituvchilarning vazifasi hisoblanadi. O'qish darslari atrof-muhit, insoniy munosabatlar, vatanning o'tmishi va hozirgi kundagi va hozirgi kundagi hayoti, unda insonlarning o'rni haqidagi o'quvchilar bilimlarini kengaytiradi, dunyoqarashlarining shakllanishiga, ma'naviy axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Natijada o'quvchilarda ijobiy axloqiy sifatlar shakllana boshlaydi, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, insonparvarlik hislari rivojlanadi.
Ilmiy-ommabop maqola va matnlar ifodasi har bir sinfda oʻziga xos talqinga ega. Ilmiy ommabop maqolalarni o'rganishda pedagogik texnalogiyalarning barcha interfaol usullaridan keng foydalanish mumkin. Faqat bunda ijtimoiy real voqelik, ijtimoiy hayotdagi hozirjavoblik hissi ustunligiga ko'ra, ma'lumotlar yangilanib, almashtirib borilishini e'tibordan soqit qilmaslik zarur. Ilmiy -ommabop matn va maqolalar o'quvchilarni yoshlikdan zamonga hamnafas, ilmiy-ijtimoiy ahamiyatga ega dolzarb mavzularni anglashlarida muhim rol o'ynaydi. Turli mavzudagi ilmiy ommabop matnlar va maqolalarni endilikda boshlang'ich sinf o'quvchilari darsda o'rganish, unga ijodiy munosabat bildirish, tahlil qilishga odatlanganlar. 1-4-sinf o'qish kitoblarida ilmiy - ommabop matn va maqolalarni mavzu mundarijasi tobora ortib bormoqda.
Boshlang'ich ta'limda. ona tilining. vazifasi bolaning nutqiy ko'nikmalarini meyor asosida shakllantirishdan iboratdir. Buning uchun bolada fikrni ifodalash malakasini oshirish, lug'aviy birlik zahirasini ko'paytirib borish, so'zlarni o'zaro biriktirish, gap tuzishga o'rgatish va shu bilan birga, o'z fikrini yozma shaklda to'g'ri yozishga o'rgatishdan iborat.Boshlang'ich sinf o'qish darsliklaridagi ilmiy ommabop matn va maqolalar orqali o'quvchilarda badiiy estetik zavq uyg'otadi. Bunday maqolalardagi fikr bolaga tez ta'sir qiladi. O'qish kitoblaridagi ilmiy- ommabop matn va maqolalar o'quvchida tafakkur hosil qilishning asosiy ifodasi hisoblanadi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni o'qitishdan asosiy maqsad: o'quvchilarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayoti haqida muayyan bilim, bolalami kitob bilan mustaqil ishlashga va unda aniq bilim olishga olishga o'rgatishdan iborat. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblaridagi ilmiy ommabop maqolalarda asosan o'quvchilarning bilishi zarur hisoblangan ilmiy manbalar, tarixiy shaxslar hayoti faolyati, ularning buyuk kashfiyotlari yoxud ko'pgina sohalarda erishilgan fan va texnika yutuqlari o'quvchilar tushunchasiga moslab bayon qilinadi. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblaridagi ilmiy-ommabop maqolalar har bir sinf o'quvchilarining yosh xususiyatiga qarab turli mavzu ko'rinishida aks etadi. Bunday maqolalar har bir sinf o'quvchilarning yosh xususiyatiga qarab turli mavzu ko'rinishida aks etadi. Bunday maqolalar nazariy ma'lumotlar, aniq ilmiy manbalar asosida o'quvchilarga moslab hikoya qilinadi, tarixiy shaxs yoxud, voqelik haqida ijtimoiy hayotdagi muhim hodisalar to'g'risida mushohada yuritiladi, ibratomuz, ma'rifiy saboq vazifasini o'taydi. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblarida tarixiy shaxslar, buyuk allomalar haqida alohida mavzularning bag'ishlangani diqqat sazovor albatta. Shu bilan mazkur darsliklarda boshlang'ich sinf o'quvchilarning yosh doirasi asosida turli xildagi mavzularga oid maqolalar alohida ahamiyatga ega. Bunda darsliklarda keltirilgan tabiat mavzusiga bag'ishlangan maqolalar boshlang'ich sinf o'quvchilarni tabiatdagi hodisalar, fasllar almashinuvi, o'lkamizga kirib keladigan har bir faslning o'ziga xosligi, unda o'tkaziladigan bayramlar tushuntiriladi.
Boshlang'ich sinf o'qish kitoblari esa o'z mohiyati e'tibori bilan o'quvchi ta'lim-tarbiyasiga xizmat qiladi. Jumladan, ilmiy ommabop matn va maqolalar orqali ham nazariy ma'lumot, ilmiy mushohadalar bayon qilinadi, ham o'quvchida badiiy estetik zavq uyg'otadi. Bunday maqolalardagi fikr bolaga tez ta'sir qiladi, muhim voqealar, hayotiy dalillar, yetuk tarixiy shaxslar to'g'risidagi fikrlar, rivoyat va hikmatlar yosh avlod tafakkurini shakllantirishga asos bo'ladi. Tarixiy mavzudagi maqolalarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilar ilgari baxtli hayot uchun, o'z hayotlarini yaxshilash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblarida o'quvchilarning eng avvalo, ilmiy-ommabop maqolalarni o'qish ko'nikmasini hosil qilish zarur. Shuningdek, ular o'qilgan maqolalar haqida mushohada yuritish, ijtimoiy dolzarb mavzular mohiyatini anglashi maqsadga muvofiq,
Ilmiy ommabop asarlarni o'qish, o'z navbatida, muhim va o'ziga xos faoliyat turi hisoblanadi. Bunda o'quvchilarning bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, kundalik hayotga faol munosabat uyg'otadi, u o'quvchilarda keng qamrovli, dunyoqarash shakllanishini, tarixiy voqelarga to'g'ri munosabat bildirishni tarbiyalaydi. Vatanimizning buyuk o'tmishi, ajdodlarimizning Vatan va xalq uchun fidoyiliklar haqidagi ilmiy ommabop maqolalar o'quvchilarga ma'rifiy saboq berdi. Boshlang'ich sinf o'qish kitoblarining yangi nashrlaridagi o'ziga xos xususiyatlaridan biri ularda ilmiy-ommabop matn va maqolalarning ko'plab berilishidadir. Jumladan, mustaqillik, yurt qahramonlari ulug, allomalar, hamda ma'naviyatimizning o'zanlarini belgilovchi dolzarb mavzudagi ijtimoiy ahamiyatga ega maqolalar yosh avlod dunyoqarashida o'ziga xos burilish yasaydi. Ya'ni, ularning tafakkur, olami boyishi, shiddat bilan taraqqiy etayotgan ona-yurtimizga nisbatan faxr-iftixor uyg'onishiga zamin hozirlaydi. 1-4-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsliklaridagi ilmiy-ommabop maqolalar mavzusi, ifodasi, ijtimoiy, hayot yoxud ilmiy manbaalar asosida yozilganiga ko'ra o'zaro tafovutlansa-da mohiyat bir. O'quvchilarning ijtimoiy va ilmiy bilimini oshirish. Shuningdek 1-4-sinf o'quvchilari hammasi bo'lib 45ta ilmiy-ommabop matn va maqolalar o'qir ekanlar va ularga ajratilgan dars soati ham shuncha miqdorni tashkil etadi.
Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. O‘rganish jarayonida o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o‘zlashtirilayotgan ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitishdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug‘ donishmandlardan biri «... kelajak tashvishi bilan yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma'noda bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat yotganini ko‘rsatadi.
Ma'lumki, ta'limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi, «Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara», «Rolli o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar qo‘llanmoqda.
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Ta'limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e'tibor qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni qo‘llash orqali ta'lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz. O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga amaliy yordam beradi. Shuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas'uliyatli vazifani bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik»[1], - degan fikrlariga javoban ta'lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi tushunchalar tizimini shakllantirish;
-hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
-o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
-o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob) yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
-o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
-o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan chiqaradilar;
-o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta'minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash maqsadida foydalanish mumkin.
1-sinf darsligidagi «Oshxona jihozlari», «Qushlar», «Uy hayvonlari va parrandalar» kabi mavzularini o‘rganishda yangi mavzuni mustahkamlash uchun mazkur metodni qo‘llash ijobiy natija beradi. Bunda mavzuga oid to‘rtta va taalluqli bo‘lmagan (ortiqcha) bitta so‘z (tushuncha, fikr) beriladi.
O‘quvchilar ana shu so‘zni (tushuncha, fikr) aniqlaydilar.
Masalan, 1-sinf darsligidagi 1-mashqda berilgan topshiriqni bajarishda quyidagicha qo‘llash mumkin. Yozuv ekranda ko‘rsatiladi. O‘quvchilar ortiqcha so‘zni aniqlashadi.
Uy hayvonlari: sigir, qo‘y, toshbaqa, ot, it.
So‘ng bu so‘zlar ishtirokida gap tuzish topshirig‘i beriladi va tuzilgan gaplar asosida axloqiy tarbiya beriladi.
Namuna: Ot - insonning eng ishonchli do‘sti.
O‘quvchilar tomonidan tuzilgan gaplar asosida o‘quvchilar qalbida ona tabiatga muhabbat uyg‘otiladi, uy hayvonlariga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishga o‘rgatiladi.
«Videotopishmoq» metodi
Hozirgi kunda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalari (kompyuter, televideniye, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida ta'lim jarayonida turli axborot vositalaridan o‘rinli va maqsadga muvofiq foydalanish vazifasi turibdi.
Videotopishmoq metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
-o‘quvchilar e'tiboriga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish etiladi;
-o‘quvchilar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganini izohlashadi;
-jarayonlarning mohiyatini daftarlariga qayd etishadi;
-o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytarishadi.
-Mazkur metod asosida mavzuga doir kompyuter orqali videolavha namoyish etiladi. O‘quvchilar videolavha mavzusi, unda ifodalangan mavzu haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
Masalan, «Elektr jihozlari» (1-sinf), «Yil fasllari» (2-sinf) kabilar asosida o‘quvchilarga milliy an'analarimiz, urf-odatlarimiz, iqtisodiy munosabatlar haqida tushunchalar beriladi.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta'limiy o‘yinlardan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O‘qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta'limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Ta'limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta'limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta'limiy o‘yinlar ham ta'limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak;
5. Ta'limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va zamonaviy texnologiyalar ta'lim samaradorligiga xizmat qiladi.


Yüklə 31,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə