Mavzu: ong taraqqiyoti va ongsizlik, valeologik ong



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix22.02.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#101207
1   2   3   4   5
4-mavzu 21 21

Valeologik ong

Psixosomatika sohasidagi tadqiqotchilar 60% kasalliklarning asl sababi inson 
ruhiyati bilan bogʼliq deb hisoblaydilar, hatto eng kichik salbiy his – tuygʼular ham 
tanaga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidlaydilar. Platon “Shifokorlarning 
eng katta xatosi inson qalbini emas uning tanasini davolashga uringanliklaridadir. 
Аslida tana va qalb bir butunlikni tashkil etib, ularni bir biridan ayro tasavvur etib 
boʼlmaydi” – deb taʼkidlagan. 
I.Dubrovina fikricha, psixologik salomatlik quyidagilarni oʼz ichiga oladi: 
– toʼliq aqliy rivojlanish va shaxs sifatida rivojlanish natijasida ruhiy 
salomatlik; 


– oʼsib borayotgan shaxsning aqliy va shaxsiy rivojlanish xususiyatlari va 
ushbu xususiyatlardan xabardorligi; 
– aqliy va shaxsiy xususiyatlar va fazilatlarga ongli munosabat
– shaxs dunyoqarashining gumanistik yoʼnaltirilganligi 
S.Mirzaevani fikricha
Valeologik ong
- oʼz sogʼligʼimizni saqlash va sogʼlom 
turmush tarzini yuritishga qaratilgan bilimlarni egallash va chuqurlashtirish jarayoni 
sifatida taʼriflanadi (S.R. Mirzaeva 2020 y.). Valeologik savodxonlikni oshirishga 
hissa qoʼshuvchi, insonning ichki va tashqi ehtiyoji boʼlgan sogʼlom turmush tarzini 
saqlashga nisbatan kuchli eʼtiqodi boʼlgan insonni shakllantirish dolzarb muammo 
hisoblanadi. 
Talabaning valeologik ongini rivojlantirish uchun uni aqliy, axloqiy, 
emotsional, jismoniy rivojlantirishga imkoniyat yaratish, unda valeologik yetuklik 
sifatlarini tarkib toptirish maqsadga muvofiqdir. 
 
Nazorat savollari: 
1. 
Psixika haqida tushuncha.
2.Ong taraqqiyoti bosqichlarini tushuntiring.
4.Ong va ongsizlik tushunchalarini farqini izohlang
5. Ongsizlik holatlarini psixologik izohlang 
 


Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə