Mavzu: Oʻqish darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish usuli


Bolani turli faoliyat yo’nalishlarida savodaga o’rgatishga tayyorlash



Yüklə 180 Kb.
səhifə3/5
tarix29.09.2023
ölçüsü180 Kb.
#124935
1   2   3   4   5
54-mavzu

1.2 Bolani turli faoliyat yo’nalishlarida savodaga o’rgatishga tayyorlash
Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlash uchun unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish zarur.Bola nutqining rivoji ko‘p jihatdan uning ruhiyatiga, sog‘lom, tetik o‘sishiga. Ahloqiy sifatlariga o‘quv dasturini o‘zlattirishda me’yorli bajarilishini ta’minlashshiga, qo‘llanmalarning monandligiga bog‘likdir. Bu masalalar maktabgacha ta’limda o‘z echimi ifodasini topishi va o‘z ona tilida ravon gapira oladigan qilib tarbiyalashga qaratilishi zarur. Bolalarning aqliy jarayonini rivojlantirish uchun ularning nutqini o‘stirish zarur: Bola har bir so‘z manosini tushuna olishi uni o‘z nutqida erkin ifodalashga muvofiq bo‘lishi kerak. Tushunchalar tizimiga moslashgan bola o‘z fikrini jamlab gapirishga va ifodalab berishga o‘rganadi. Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirishga, nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga: nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish: sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish, tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga, mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.
Savodga tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda savodga o‘rgatish ikki davrga ajratiladi.
Tayyorgarlik davri
Asosiy davr (Savodga tayyorlash)
Savodga o‘rgatishning tayyorgarlik davri vazifalari sentyabr, oktyabr oylarida rejalashtiriladi. Bu davrda quyidagi ishlar olib boriladi:
Tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish va so‘zning tovush tarkibi haqidagi tasavvurlarini aniqlash va shakllantirish Unli va undosh tovushlar haqida tushuncha berish. Jarangli va jarangsiz tovushlarni ajratishga o‘rgatish asosida fonematik idrokni va tasavvurni rivojlantirish Oddiy tahlil va sintez qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish:
a) Gapni so‘zlarga bo‘lish, so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish;

b) ma’lum tovushlarni o‘rnini aniqlash (so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida);
v) so‘zda tovushlar ketma-ketligini va sonini aniqlash; g) tovushlardan bo‘g‘inlar, so‘zlar tuzishga o‘rgatish; d) tovushlarni eshitishda farqlashga o‘rgatish; Tayyorlov guruhida nutq, o‘qish va savodga tayyorlash yo‘nalishining savodga o‘rgatish bo‘limining 2- bosqichi - asosiy davrida (oktyabr- may) quyidagi ishlar olib boriladi: 1. Berilgan tovushni harf belgisi bilan tanishtirish 2.Kesma harflar yordamida tovush-harf tahlil va sintez bo‘yicha mashqlarni bajarishga o‘rgatib borish; 3. Bo‘g‘in o‘qish; 4. Kesma harflar yordamida bo‘g‘in va so‘zlarni tuzish va ularni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish. Tayyorlovguruhlaridayildavomidao‘tkaziladiganmashg‘ulotlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi va ketma—ketlikda olib borilishi kerak. Mashg‘ulotlar ishlanmasida mavzuning maqsad-vazifalari, kutilayotgan natijalar, kerakli jihozlar, mashg‘ulotning borishi to‘liq yoritiladi. Mashg‘ulot mavzulari bolalar uchun tushunarli, amaliy ishlar va turli interfaol o‘yinlar bolalar yoshiga mos, qiziqarli va turli bo‘lishi lozim. Mashg‘ulotlar davomida bolalar barmoq mashqlarini tetiklashtiruvchi daqiqalarda bajaradilar, harflar bilan maxsus o‘yinlar, (yig‘ish, terish), amaliy ishlarni bajarib, alifbeni bilib, bo‘g‘inlarni o‘qiy olish ko‘nikmalari mustahkamlanib boradi. Maktabgacha ta’lim bolalarning sog’lom va har tomonlama yetuk shaxs bo’lib shakllanishiga, o’qishga bo’lgan havaslarini uyg’otishga, muntazam ravishda ta’lim olishlariga imkon yaratadi va maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Yuqorida bayon qilingan dalillar MTT bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala qilishga o’rgatish va maktab ta’limiga tayyorlash dolzarb masalalardan biri ekanligini ko’rsatadi.
Yosh bolalar tevarak-atrofga, voqyea va xodisalarga, narsa va buyumlar qiziquvchan bo’ladi. Hamma narsani ushlab, paypaslab, yurgizib, harakatga keltirib ko’rishni yoqtiradilar. Yuqorida bayon qilingan dalillar MTT bolalarida kompyuter savodxonligini shakllantirish, ularni kompyuter bilan elementar tarzda muomala



Yüklə 180 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə