Mavzu: O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi Reja


Muosharat odobi. Sof adabiy tilda so'zlashishga odatlanish



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə3/6
tarix28.03.2023
ölçüsü105,5 Kb.
#103373
1   2   3   4   5   6
O\'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi

3. Muosharat odobi. Sof adabiy tilda so'zlashishga odatlanish.


  • O’qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy kismi nutk madaniyati bilan bog’liq. ( Biz o’z ishimizning bir mavzusini «O’qituvchi nutki – pedagogik mahorat shartidir» deb nomlaganmiz, u mavzuga o’qituvchi nutki haqida tulik tafsilot berilgan. X.B.). Chunki nutk va unda ifodalangan so’z kishiga ta‘sir etuvchi kudratli psihologik kuchga ega. Uni faqat o’zining mazmuni bilan, balki so’zlovchining aytilayotgan fikrini ifoda qilish uslubi bilan ham ta‘sir darajasi va kudrati yanada ortishi mumkin.

  • «Ingliz dramaturgi B.SHou aytganidek, «Xa» so’zini aytishning 50 dan ortik uslubi bor, «Yuk» so’zini ham shuncha uslubi bor, ammo bu so’zni yozishni faqat bir uslubi bor». (Xalq ta‘limi jurnali, 2003 yil, 3 – son, 49 – bet ).

  • Bu fikrning zamirida muloqot madaniyatiga doir juda nozik kochirim ma‘no yashiringan. Zotan o’qituvchi muloqotining zamirida so’z, fikr turar ekan, fikrni bayon etish ifodasi har bir o’qituvchining saviyasi, ma‘naviy dunyosi, madaniyatiga bog’liq. Bundan kelib chikadiki, o’qituvchi o’z muomalasida me‘yorni bilishi lozim.

  • O’qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarda, balki shu bilan birga ishlab chikarish, mexnat jamoasi, ota – onalar bilan, jamiyat xayotiga ham kerakligini xisobga oladigan bo’lsak, bugungi kunda o’quvchi, talabalar fe‘l – atvorini o’rganish, ularning bir – birlariga mehr – muruvvatli bo’lishga o’rgatish, diniy akidaparastlik tomir otayotgan xozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muxim, dolzarb vazifa bo’lib kelmokda. Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy extiyoj sifatida o’z ahamiyatini yuqotmagan. Atoqli adib B.SHou so’zlari bilan aytgand: «Biz xozir xavoda kush kabi uchishni, suvda balik kabi so’zishni o’rganib olgan bo’lsakda, bizga bir narsa – insonlardek yashashni o’rganib olish yetishmaydi». Mashxur izkuvar Sherlok Holms ta‘kidlaganidek : «Har bir inson o’z xususiyatiga ko’ra xal etilmaydigan jumbok»dir. Kishilar xulqi, fe‘l – atvori bilan bir – birlaridan farq kiladilar, ammo ular orasidagi uxshashlik mikdori minimum foiz doimiy holatda saqlanib qoladi.

  • Demak, odamzodning tashki turki – tarovatigina emas, balki ichki olami, maslagi. Insoniy kiyofasi, xozirgi ko’rinishi va holatdagi yetib kelishi o’zok tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot natijasida esa kishilar o’rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati to’rganligi sir emas. Shu sababli o’qituvchining muloqot madaniyatida ham okilola extiyojni anglab olish eng muxim vazifadir.

  • Muloqot shu darajada muxim ekan, birok shaxslararo muloqotga xech kim, xech kaerda maxsus o’rgatilmaydi.

  • O’qituvchining o’quvchilar bilan muloqot olib borish yullari. O’qituvchining ish faoliyati davomida o’quvchilar bilan muomala – munosabatlari katta urin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat tuplagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarini egallab oladi. O’qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo’lib xizmat kiladi, unga yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o’qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan aloxida, katta talablar kuyilgan.

  • O’qituvchi xayotga endigina kadam kuyayotgan bolalar bilan doimo muloqotda bo’ladi. Bolalar o’qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf – odat mezonlarini o’zlashtiradilar. O’quvchi muomala odobini, muloqot olib borish yulini asosan o’qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo’lib qoladi.

  • Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo’lib kolmaydi. O’zining ko’pol muomalasi bilan o’quvchini ukishdan sovitib, dilini ranjitadigan o’qituvchilar ham axyon – axyonda uchrab turadi, albatta. Xayotda, amaliyotda bunga ko’plab misollar topiladi. Bunday o’qituvchilar bolalar orasida obru orttira olmaydilar.

  • O’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to’g’ri baholashdir. Xulqi, muomasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi.

  • Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashkari ishlar o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi muloqotning muxim soxalaridan biri xisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashkari ishlarning turi nixoyatda ko’p bo’lib, o’qituvchi tomonidan muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida tulik tushuntirishiga bog’liqdir.

  • Muloqotlar jarayonida o’qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to’g’ri keladi:

  • O’z ishi jarayonida o’qituvchi har bir o’quvchining kadr – kimmatini inson sifatida xurmat qilishi, o’quvchiga nisbatan ishonch;

  • Bolaga mehribon, gamxur bo’lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo’lish;

  • Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida aloxida yondoshish, pedagogik taktni saklash.

  • O’qituvchi faoliyatida sharkona umuminsoniy kadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo’lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta‘lim to’g’risidagi Qonundan kelib chikadigan vazifalarni maktab o’quvchilari, o’quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o’qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o’zlarining kasb – kor sha‘ni va kadr – kimmatlarini ximoya qilishlari : odob – axloq koidalariga rioya etishlari, bola, o’quvchi va talaba, o’qituvchi – o’quvchi shaxsning kadr – kimmatini xurmatlashlari; ularni mexnatga, qonunlarga, ota – onalar va xotin – kizlarga, ma‘naviy – tarixiy, madaniy – milliy va umuminsoniy kadriyatlarga xurmat ruhida atrof – muxitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashlari, o’zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq koidalariga, xakikat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va bashqa xayrli xislatlarga nisbatan xurmatni qaror toptirishlari; usib – ulgayib kelayotgan avlodni bir – birini tushunish, xalqlar o’rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o’rtasida tinchlik, axil – inoklik ruhida tarbiyalashlari lozim.


Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə