Mavzu: O'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi Reja


Sharqona tarbiya va uning muloqotga ta'siri



Yüklə 105,5 Kb.
səhifə2/6
tarix28.03.2023
ölçüsü105,5 Kb.
#103373
1   2   3   4   5   6
O\'qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi

2. Sharqona tarbiya va uning muloqotga ta'siri.

Pedagogik takt o’qituvchiga bolalar bilan ijobiy emosional muloqotda bo’lishga yordam beradi. Psixologik talablariga rioya qilgan o’qituvchi o’zida muloqotning demokratik usulini ishlab chiqadi va haqiqiy muloqot madaniyatini egallaydi, madaniy aloqaga erishadi. Pedagogik takt o’qituvchiga bolalar bilan muloqot jarayonida har qanday nizolardan xoli bo’lishga va o’zaro munosabatlarni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi.


Takt so’zi «to’qnashish» ma'nosini bildiradi. Takt - bu odamlarning o’zaro munosabatini tartibga keltiruvchi axloqiy kategoriyadir. Xushmuomala nutq insonni hurmat qilishni talab qiladi. Pedagogik takt o’qituvchining prfessional sifati, uning pedagogik mahoratining bir qismidir. Pedagogik takt o’quvchilarga nisbatan to’g’ri munosabatni tanlash yo’llaridan biridir. O’qituvchining usuli va metodlaridan optimal tadbiq qilinishi kerak. Haddan tashqari talabchanlik itoatsizlikka, muruvvatlilik qo’pollikka olib kelishi mumkin. O’qituvchi o’quvchilarni hurmat qilib, o’zining bolalarga nisbatan bo’lgan hurmatini ko’rsata olishi kerak. Hurmatning paydo bo’lishi bilan bolalarda o’z qadr-qimmatini his qilish shakllanadi. Bolalarning yoshi o’sishi bilan o’qituvchining ularga nisbatan bo’lgan diqqat-e'tibori, g’amxo’rligi, muruvvatlilik hislari o’zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarga nisbatan, o’qituvchi ularni bag’riga bosishi, boshini silashi, erkalashi mumkin. Katta yoshdagi bolalarga nisbatan o’qituvchi bu holatni faqat ayrim hollarda qo’llashi mumkin. O’spirinlarga nisbatan esa vazminlik va munosabatning soddaligi muhimdir.
Pedagogik takt o’qituvchining vazmin xulqida namoyon bo’ladi ya'ni chidamlilik, o’zini tuta olishda. U o’quvchiga nisbatan ishonchni belgilaydi. O’qituvchining o’quvchilarga nisbatan bo’lgan ishonchi ularni ishlashga rag’batlantirish kerak. O’qituvchining madaniy aloqasi, takti, uning o’quvchilar bilan bo’lgan o’zro munosabatining turli formalarida - darsda, darsdan tashqari ishlarda, dam olishda namoyon bo’ladi.
O’qituvchining takti darsning hamma etaplarida kerakdir. Ayniqsa, o’qituvchi o’quvchilarning xulqini va bilimini baholayotganida unga katta ahamiyat berishi kerak. Takt o’qituvchining javobini eshita olishda ifodalanadi. Hamma o’quvchilar ularning javoblarini qunt va hurmat bilan eshita oladigan o’qituvchiga javob berishni yaxshi ko’radilar. Ularning javoblarini jilmayish, imo-ishora bilan ma'qullash juda muhimdir. O’quvchilarning javoblarini baholash momenti ham juda katta ahamiyatga ega.
O’qituvchi o’quvchilar oldida aktyor singari o’z rolini ijro eta olishi kerak ya'ni, turli xil vaziyatlardan chiqa olishi kerak. Darsdan tashqari vaqtda esa - erkin, dilkash, samimiy bo’lishi kerak.
Muloqot jarayonidagi taktikani to’g’ri tanlay olish rolli vazyaitlarni qo’llay bilishga bog’liqdir. Rolli vaziyatlarning 4 turi mavjud:
1. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida o’qituvchi o’zining mustaqilligini, mas'uliyatni his eta olishni ko’rsatadi.
2. «Quyidan yondashish» vaziyatida o’ziga, o’z kuchiga ishonmagan o’qituvchi shaxsi namoyon bo’ladi.
3. «Yondan yondashish» vaziyatida esa xushmuomala, o’zini tuta oladigan, vaziyatni tushuna oladigan, atrofdagilarning qiziqishini tushuna oladigan va javobgarlikni o’quvchilar bilan birgalikda teng his qiladigan o’qituvchi shaxsi namoyon bo’ladi.
«Quyidan yondashish» vaziyati o’qituvchilarda mustaqillik tuyg’usining namoyon bo’lishiga mo’ljallangan. «Yuqoridan yondashish» vaziyatida tarbiyalanuvchi o’zini har doim boladay his qiladi. Maslan: bu vaziyatdan bolalar bog’chasida foydalanamiz.
Demak, o’qituvchi o’quvchilar bilan hamkorlikda ishlashi, pedagogik taktning talablariga rioya qilishi va muloqot taktikasini egallangan bo’lishi kerak.
Pedagogik takt mahorat bilan birgalikda hosil bo’ladi. U - o’qituvchining ma'naviy etukligining, uning o’z ustida ishlab, orttirgan maxsus bilimlar va mahoratining natijasidir. Eng muhimi o’qituvchi bolalarning yosh psixologiyasini va individual xislatlarini bilishi kerak. Shu bilan birga o’qituvchining axloq asoslari va normalarini, bolalarning xatti-harakatlarida ma'naviy tomonni ko’ra bilishi ham juda muhimdir. O’qituvchi ziddiyatli vaziyatdan chiqishi uchun quyidagi qoidalarni hisobga olishi kerak:

  • avvalambor, o’qituvchi ziddiyatni bartaraf etishi kerak;

  • o’z xatti-harakati bilan sherigiga ta'sir qila olishi kerak (o’quvchiga, hamkasbiga);

  • suhbatdoshining xatti-harakati, yuz bergan vaziyatni tushunmasdan turib xulosa chiqarishga shoshilmasligi kerak;

  • o’quvchi bilan bog’liqlikni iloji boricha avvalroq anglab olish muhimdir;

  • xulosa to’g’ri chiqarilganligiga hammani ishontira olishi kerak.

  • Pedagogik muloqot va uning ahamiyati. Ibtidoiy to’zum davridan boshlab, kishilar ma‘lum ijtimoiy munosabatlar asosida bir – birlari bilan aloka kila boshlaganlar. Muloqot insonning mexnat faoliyatida eng muxim soxa xisoblangan.

  • Bashqacha aytganda, muloqot inson faoliyatining ruhiy hamda ma‘naviy asosi natijasida yo’zaga kelayotgan ijtimoiy extiyojlar bilan birgalikda namoyon bo’ladi.

  • «SHaxslar faoliyatining motivatsiyasining asosi sifatida yo’zaga chikayotgan extiyoj, manfaat, manfaatdorlik kabi ijtimoiy – iktisodiy omillar ma‘lum ma‘noda ularni maksadli uy – fikrlari, istaklarini yo’zaga chikishga ham sabab bo’ladi. Shaxslararo munosabatlarni, muloqot madaniyatini kay darajada shakllanishiga ham sezilarli ta‘sir utkazadi. Binobarin, muloqot odamlar orasida amalga oshiriladigan faoliyatlar ichida yetakchi urin egallab, u insondagi eng muxim extiyojlarni jamiyatda yashash va o’zini shaxs deb xisoblash bilan bog’liq extiyojni kondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir». (V.M.Karimova. Ijtimoiy psihologiya asoslari. Toshkent. 1994 yil. 35 – bet). Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, extiyojlaridan kelib chikadigan turli faolliklari mobaynida bir – biri bilan o’zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.

  • «Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyatlari o’zaro munosabat va ta‘sir shakllarini o’z ichiga oladi. Chunki har qanday ish avvalo odamlarning bir – birlari bilan til topishishni, bir – birlariga turli xil ma‘lumotlarni o’zatishni, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o’rni, ishlarining muvaffakkiyati, obrusi uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog’liqdir. Bir qarashda osonga uxshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo’lib, unga odam xayoti davomida o’rganib boradi. Muloqotning psihologik jixatdan murakkab ekanligi haqida tanikli psiholog B.F.Pargin shunday yozadi:

  • а). individlarning o’zaro ta‘sir jarayoni;

  • b). individlar o’rtasidagi axborot almashinuv jarayoni;

  • v). bir shaxsning bashqa shaxsga munosabat jarayoni;

  • g). bir kishining bashqalarga ta‘sir ko’rsatish jarayoni;

  • d). bir – biriga hamkorlik bildirish imkoniyatlari;

  • ye). shaxslarning bir – birini tushunish jarayoni.

  • Muloqot o’z xususiyatlariga ko’ra turli shakl va ko’rinishlarga ega bo’ladi. Muloqot inson amaliy faoliyatining moddiy – ma‘naviy shakllarini hamda uning extiyojlarini o’zida aks ettiradi. («Xalq ta‘limi» jurnali, 2003 yil, 3 – son, 48 – bet).

  • O’qituvchining o’quvchilar bilan muomala odobi. O’qituvchi va o’quvchi, domla va talaba o’rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe‘l – atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy xayotda namoyon bo’lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko’zga tashlanadi. Ukimishli, madaniyatli, o’qituvchi hamkasbidan, o’quvchisidan nimani, qanday surashni, u yoki bu masala yo’zasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yukligini, oilaviy munosabatlarga daxldor masalalarga munosabat bildirish zaruriyati bormi – yukligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suxbatdoshining kayfiyatini kutarish, unga optimistik ruh bagishlash, uning o’z kuchiga ishonchini xosil qilish ham o’qituvchining eng muxim sifatlaridan biridir. Shuni aloxida ta‘kidlash kerakki, tom ma‘nodagi muomala madaniyatiga ega bo’lgan o’qituvchi shuxratparastlik, manmanlik, befarqli, xasadguy, giybatchilik kabi illatlarga tokat kila olmaydi va unga karshi ko’rashadi.


Yüklə 105,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə