Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/27
tarix03.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#100096
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Tadqiqotning nazariy ahamiyati:
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligi sifatlarini shakllantirishning ilmiy, nazariy va amaliy asoslari yaratildi;
- o’qituvchilarda pedagogik texnologiyalar orqali kasbiy kompetentligini shakllantirishning mezonlarini ishlab chiqildi;
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari asoslandi;
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning mexanizmlari takomillashtirildi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid ilg’or taklif hamda g’oyalardan O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, shuningdek, umumta’lim maktablarida kasbiy mahoratni oshirishda, ularda bilimlarni egallashga hamda amaliyotga tadbiq etishda foydalanish mumkin.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari chuqurroq o’rganildi va nazariy asoslari aniqlandi;
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga doir uslubiy tavsiyalar ishlab chiqildi;
- o’qituvchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish yo’l-yo’riqlari takomillashtirildi va unga mos mezonlar aniqlashtirildi.
Himoyaga olib chiqiladigan holatlar.
1. Pedagogik kompetentlik fani orqali o‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishning mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash.
2. O‘qituvchilarning kompetentligini oshirishning samarali usul va vositalari va ularni amaliyotga qo‘llash.
3. O‘qituvchilarning kasbiy faolligini oshirishga oid Sharq mutafakkirlarining ma’naviy me’rosidan foydalanish yo’llari.
4. O‘qituvchilarning kasbiy kompetentligi va faolligini oshirish yuzasidan metodik tavsiyalar.
Magistrlik dissertatsiyasining strukturaviy tuzilishi: kirish, uch bob, boblar bo’yicha xulosalar, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.



Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə