Mavzu: O’qituvchilarning kasbiy kompetentligi va uni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə16/27
tarix03.02.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#100096
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
Buxoro davlat universiteti pedagogika fakulteti pedagogika kafed

Interaktiv doska - bu kompyuterdagi tasvirlarni proektor orqali namoyish etadigan sensorli ekrandir. Maxsus dasturiy ta’minot matn, rasm, video va audio ma’lumotlar va ob’ektlar, hamda Internet-resurslar bilan ishlash va ular ustiga yozuv va izohlar tushirish imkonini beradi.
Videoanjuman - uzoqlashtirilgan foydalanuvchi guruhlari orasida (raqamli videolzuv lki oqimli video ko’rinishida ma’lumotlarni almashinish) yig’ilis h va munozaralar o’tkazish jarayonini ta’minlaydi.
Audioanjuman - tarmoq texnologiyasi tizimi va telefondan foydalangan holda turli geografik nuqtalarda joylashgan bir qancha shaxslarning ma’lumotlarni ovozli - raqamli ko’rinishda almashinish jarayonini ta’minlaydi.
Elektron axborot resurslarini tarqalishi bo’yicha ikki guruhga ajratish mumkin:

  • jismoniy tashuvchilar orqali tarqatish (kompakt disk, DVD disk va Flash driver orqali);

  • kompyuter tarmog’i orqali tarqatish (lokal yoki korporativ tarmoqlar).

O’quv mashg’ulotlari o’tadigan xona to’g’ri tanlanishi kerak. Mashg’ulot
o’tishi belgilangan xona ko’rimsiz bo’lmasligi lozim. Agar mashg’ulot o’tadigan xona zamonaviy texnologiyalar vositalari bilan jihozlanmagan bo’lsa, bu o`quvchilarning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va o’qituvchi targ’ib qilayotgan g’oyalarga ishonch bilan qarash paydo bo’lmaydi. O’quv mashg’ulotga mo’ljallangan xonalar qanchalik fanga doir ko’rgazmali jihozlar bilan jihozlansa, o`quvchilarda ham g’urur, faxrlanish tuyg’ulari paydo bo’ladi hamda o’tkaziladigan mashg’ulotning samaradorligi ortadi. Bu xonalarni jihozlashda mavzuga doir o’quv plakatlari, tarqatma materiallariga e’tibor qaratish lozim bo’ladi.
O’quv mashg’uloti samaradorligini oshiradigan eng asosiy jihatlardan biri ko’rgazmali vositalardan unumli foydalanish.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida tarbiya mazmunini takomillashganlik darajasi bu yuksak ma’naviyatli shaxs talablarga javob bera oladigan barkamol avlodni tarbiyalash muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda tarbiya mazmuni deganda egallanishi talab etiladigan ilmiy bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy g’oyalar tizimi tushunilib, uning tarkib topishiga quyidagi omillar ta’sir ko’rsatadi:

  • jamiyat ehtiyojlari;

  • milliy meros, buyuk allomalar va etuk olimlarining zamonaviy metodologik qarashlari;

  • umuminsoniy qadriyatlar;

  • ilmiy-texnik taraqqiyot;

  • ta`limtizimining o’zida yuzaga keluvchi, ta’lim sifati, zamonaviyligi hamda ommaviyligini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlar.

O’quv mashg’ulotlarini tashkil etishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish o’tkazilgan mashg’ulot sifatini tashxis qilmay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarish, ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishda bir qancha murakkabliklar vujudga keladi. O’quv mashg’ulotini o’tkazish jarayonlarida o`quvchilarning kasbiy kamoloti darajasini belgilangan mezonlar va yondashuvlar orqali aniqlashda axborot texnologiyalariga asoslangan tizimni tashkil etish, ularning ta’lim-tarbiya maqsadlariga mosligini nazorat qilish bu boradagi muammolarni yechish imkoniyatini yaratadi.
O’quv jarayonini kompyuterlashtirish zamonaviy ta’lim sohasida hal qilinishi lozim bo’lgan muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Kompyuter yordamida o’quv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo’lyozma shaklida tayyorlab olish kerak. Matn tayyor bo’lgach, unda mantni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word dasturi orqali kompyuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi.
Microsoft Power Point — universal, imkoniyatlari keng bo’lgan, ko’rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini beradi.
Slayd — ma’lum bir o’lchamga ega bulgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi.
Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor taqdimotni kompyuter ekranida, videoproektor yordamida katta ekranda namoyish qilish mumkin. Taqdimotni tashkil qilish — slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdimot axborot texnologiyasining samaradorligi ko’p jihatdan takdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va x.k.larga bog’liq ekanligini ham unutmaslik lozim. Zamonaviy texnik vositalardan dars davomida kompyuter dasturlaridan, didaktik vositalardan, miniplakatlardan, slaydlardan foydalanish, o`quvchilarning bilim saviyasini oshirishda katta yordam ko’rsatadi. Multimedia - bu kompyuter texnologiyasining turli xil fizik ko’rinishga ega bo’lgan (matn, grafika, rasm, tovush, animatsiya (hayvonlar tasviri), video va h.k.) va turli xil tashuvchilarda mavjud bo’lgan (magnit va optik disklar, audio va video - lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog’liq sohasidir.
Multimedia (multimedia - ko’p muhitlilik) vositalari bu apparat va dasturlar to’plami bo’lib, u insonga o’zi uchun tabiiy bo’lgan juda turli - tuman muhitlarni: tovush, video, grafika, matnlar, animatsiya va boshqalarni ishlatgan holda kompyuter bilan muloqat qilish imkonini beradi. Multimedia foydalanuvchiga fantastik dunyoni (virtual haqiqiy) yaratishda juda ajoyib imkoniyatlarni yaratib beradi, bunda foydalanuvchi chekkadagi sust kuzatuvchi rolini bajarmasdan, balki bu u erda avj olayotgan hodisalarda faol ishtirok etadi; shu bilan birga muloqat foydalanuvchi uchun odatlangan tilda - birinchi navbatda tovushli va videoobrazlar tilida bo’lib o’tadi.
Multimedia vositalariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni audio (nutqli) va videokiritish va yuqori sifatli tovushli (sound) va video (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber), ular videomagnitafondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni ShKga kiritadi; yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videokabul kiladigan tizimlar, hozirdayoq keng tarqalgan skanerlar (chunki ular kompyuterga bosma matnlarni va rasmlarni avtomatik kiritish imkonini beradi); yuqori sifatli printerlar va plotterlar.
Multimedia vositalariga yuqori ishonch bilan ko’pincha tovushli va videoma’lumotlarni yozish uchun ishlatiladigan optik va raqamli videodisklardagi katta sig’imli tashqi eslab qolish qurilmalarini ham kiritish mumkin.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə