Mavzu: O’qituvchining kasbiy pedagogik madaniyatini shakillantirish funksiyalari, mezonlari va darajalari shakillantirish tamoyillari


Funktsional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab qilinadigan kasblar (F)



Yüklə 4,02 Mb.
səhifə4/4
tarix23.09.2023
ölçüsü4,02 Mb.
#123467
1   2   3   4
O’qituvchining kasbiy pedagogik madaniyatini shakillantirish

4. Funktsional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab qilinadigan kasblar (F). Bu yerda odam xulq-atvoridagi funktsional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya`ni imo-ishoralar, tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma`no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi, san`atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi.
Kasb guruhlari. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati —mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:
  • Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin.
  • Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar.

3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g’avvos va hokazo.
4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.
Kasb tanlash formulasi.
Piramidaning to’rtta qavati to’ldirilgan. Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga siz o’zingiz tanlagan kasbning bir necha harfdan iborat bo’lgan formulasi shartli belgisini yozib qoyishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi.
Mavzuni umumlashtirish:
«Kerak» degan so’z muayyan kasbdagi kadrlarga jamiyatda mavjud bo’lgan ehtiyojni ko’rsatadi. Basharti, siz biror ish bilan shug’ullana olsangiz va shug’ullanishni istasangiz-u, lekin u ish jamiyatda kerak bo’lmasa, unda sizning qiziqish va qobiliyatingiz o’z ma`nosini yo’qotadi.

Uyga vazifa:
1. Kasb tanlash formulasi nima?
2. Juda ko’p turdagi kasblar olamida kerakli kasb-hunarni tanlab olishda kasb tanlash formulasi qanday yordam beradi?
3.O’zingiz xohlagan bo’lg’usi kasbingiz formulasini tuzing hamda unga mos keladigan aniq kasbni topishga harakat qiling.
ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ
Yüklə 4,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə