Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə33/54
tarix26.10.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#130871
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

F.E.Korsh tasnifi

  • F.E.Korsh o’zining «Klassifikatsiya tyurkskix plemen po yazo’kam» asarida turkiy tillarni fonetik xususiyatlaridan tashqari, morfologik xususiyatlarni ham hisobga olib quyidagicha tasnif qilgan.
  • 1.Shimoliy guruh: qirg’iz, qozoq, qo’miq, no’g’oy, qorachoy, oltoy, Volga tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatarlarining tillari.
  • 2.G’arbiy guruh: ozarbayjon, turkman, turk, gagauz, qirim tatarlari tillari.
  • 3.Sharqiy guruh: O’rxun-Yenisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg’ur tili, chig’atoy, qipchoq(polevets) kabi o’lik tillar va jonli tillardan karagas va xakas tillari.
  • 4.Aralash guruh: Bu guruhga yoqut va chuvash tillari va O’rta Osiyodagi ba’zi tillar kiradi. Bu tillarning har biri o’ziga xos tasnif belgilarga egadir.

A.N.Samoylovich tasnifi

  • A.N.Samoylovich o’z tasnifida turkiy tillarning mavjud V.V.Radlov va F.E.Korsh tasnifini birlashtirib, quyidagicha 5 guruhga bo’ladi.
  • 1.Janubi - g’arbiy yoki o’g’uz guruhi. Bu guruhga turkman, ozarbayjon, turk, gagauz tillari va qrim tatarlarining ba’zi dialektlari hamda o’zbek tilining o’g’uz lahjasi kiradi.
  • 2.Janubi-sharqiy yoki chig’atoy guruhi. Bu guruhga hozirgi uyg’ur tili, o’zbek tili va uning bir qator shahar dialektlari, qumandin tili, o’lik chig’atoy tili kiradi.
  • 3.Shimoli - g’arbiy yoki qipchoq guruhi. Bunga tatar, boshqird, oyrot, teleut, no’g’ay, qirg’iz, qozoq, qoraqalpoq, o’zbek tilining ayrim qipchoq shevalari, qumuq, qorachoy va qrim tatarlarining ba’zi shevalari kiradi.
  • 4.Shimoli-sharqiy yoki Sibir guruhi. Bu guruhga qadimgi o’rxun, uyg’ur, qarluq yozuvi yodgorliklari tillaridan tashqarii Tuva, sariq, uyg’ur, qorluq yozuvi yodgorliklari tillaridan tashqari Tuva, sariq uyg’ur, hakas, shor, kachin, sagay va yoqut tillari kiradi.
  • 5.Chuvash yoki bulg’or guruhi. O’lik bulg’or va hozirgi chuvash tillari kiradi.

N.A.Baskakov tasnifi

  • N.A.Baskakov turkiy tillarning tasnifini yaratishda faqat har bir turkiy tilning fonetik, grammatik, leksik xususiyatinigina hisobga olib qolmasdan, har bir turkiy xalqning tarixiy shakllanishi jarayoni, uning etnik genezisiga ham alohida e’tibor beradi.
  • 1.Fonetik xususiyatlar asos qilib olingan tasniflar (V.V.Radlov tasnifi).
  • 2.Fonetik - morfologik xususiyatlar asos qilib olingan tasniflar (F.E.Korsh, A.N.Samoylovich).
  • 3.Til xususiyatlaridan tashqari, genetik aloqalar ham hisobga olingan tasniflar (I.Bentsing, K.Menges).
  • 4.Turkiy tillarda gapiruvchi xalqlarning geografik joylashuvi asos qilib olingan tasniflar (V.A.Bogoroditskiy tasnifi).

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə