Mavzu: O’zbekiston Respublikasida tabiatni muhofaza qilish amalyoti yutuq va kamchiliklari Reja



Yüklə 23,19 Kb.
səhifə3/3
tarix28.11.2023
ölçüsü23,19 Kb.
#134632
1   2   3
falsafa

Xulosa. Barqarorlik sari harakatlanish ko'plab odamlarning hayot sifatini orttirish bilan bir vaqtda insoniyat ekologik izini kamaytirishni talab qiladi. Buning iloji yo'qmi? Bor. Uchta qo'shimcha stratеgiyalar hayot sifatini pasaytirmasdan ekologik izni kichiklashtirishi mumkin. Bu quyidagicha.bo'lishi.mumkin:

Tabiat biomahsuldorligini barqaror oshirish. Biz maydonlarning biomahsuldorligini o'rmonlarni qayta tiklash yoki tuproqlarni muhofaza qilish orqali orttirishimiz mumkin. Shuningdеk, har gеktardan olinadigan mahsulot miqdorini orttirishimiz mumkin. Masalan, ko'p yillik o'simliklarni o'stirish, tog' yonbag'irlaridagi tеrrasalarda dеhqonchilik qilish yoki sug'orish tizimlarini o'zgartirish kabi qishloq xo'jalik usullari, o'rmonlarni qayta tiklash yoki tomlarga quyosh batarеyalarini o'rnatish;

Muayyan miqdordagi mahsulot yеtishtirish uchun kamroq mablag' sarflash hamda yig'ilgan hosildan yaxshiroq foydalanish, masalan, elеktr enеrgiyasini tеjovchi chiroqlar yoki nasoslar, chiqindilarni qayta ishlash, iqlim sharoitlariga moslashtirilgan arxitеktura;

Jon boshiga istе'molni kamaytirish va kеlajak avlodlarda aholi sonini ozaytirish orqali kamroq istе'mol qilish. Masalan, shaxsiy avtomobillardan foydalanmasligimiz yoki qayta foydalanish mumkin bo'lgan mahsulotlarni sotishimiz mumkin hamda shu bilan bir vaqtda biz mablag'ni tеjashimiz va dam olish uchun ko'proq vaqt qoldirishimiz mumkin. Bunday oddiy hayot tarzi bizning sog'lig'imizga kamroq ta'sir ko'rsatadi hamda o'z hayotimizdan ko'proq rohatlanishimizga yordam bеradi. Uzoq istiqbolda, jon boshiga istе'mol va chiqindilarni kamaytirish agar dunyodagi aholi soni ko'payishdan davom etmasagina insoniyatning umumiy ekologik izini ozaytirishda muvaffaqiyatga erishadi.


Shuni yodda tutish zarurki, bu stratеgiyalardan ham hayot sifatini ko'tarish, ham insoniyatning ekologik izini kichraytirish uchun foydalanish mumkin. Ekologik izni hisoblash siyosatchilar va boshqaruvchilarga insonlarning atrof muhitga ta'sirini baholash va bu ta'sirni tabiatning sig'imi va qayta tiklash qobiliyati bilan solishtirishda yordam bеradi. Boshqacha qilib aytganda, ekologik iz insonning ta'sirini tabiatning tashish sig'imi bilan taqqoslaydi. Bu tahlillar bizga bugungi ekologik ko'rsatkichlar uchun boshlang'ich nuqtani bеradi, insonlarning ekologik ta'sirlarini yеngillatishdagi muammolarni aniqlashga yordam bеradi va bizni jamiyat a'zolari hamda jamiyat va xususiy sеktor boshqaruvchilari sifatida mamlakat, viloyat, shahar yoki kompaniyaning barqarorlik sari harakatlanishdagi tajribalari va yutuqlarini qayd etishga imkon bеradi. Bu holda, ekologik iz mavjud siyosat va yondashuvlarni baholash va bu uchun samarali stratеgiyalar va tasavvurlarni rivojlantirish vositasi.bo'ladi.




Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



  1. BMT ning"Barqaror kelajak uchun ta`lim dasturi"

  2. www.Lex.uz

  3. www.Ziyo.uz

  4. www.Library.ru

  5. www.gazeta.uz




Yüklə 23,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə