Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati


 O'zbekistonda metallurgiya sanoati istiqbollari



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

3. O'zbekistonda metallurgiya sanoati istiqbollari. 

Ma’lumki, O‘zbekistonda kon-metallurgiya sanoati iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i 


hisoblanadi. Shuning uchun ham bu sohada ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va 
samaradorlikni yanada oshirish,zamoanviy texnologik imkoniyatlarni keng ko‘lam bilan ishga 
solishga ishlariga alohida e’tibor ko‘zi bilan qaralmoqda. Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston 
sanoatining kelgusidagi istiqbolli faoliyatini ta’minlash yo‘lidagi izchil islohotlarga keng yo‘l 
ochib, o‘zi bosh-qosh bo‘layotgani yurtimizda kon-metallurgiya sanoatini, jumladan, qora va 


23 
rangli metall ishlab chiqarishni taraqqiy ettirishga zamin yaratmoqda. So‘nggi yillarda 
mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida, birinchi galda, iqtisodiyotimizning 
ravraqi, vqatanimizning gullab-yashnashi uchun keng imkoniyatlar ochish, zarur shart-
sharoitlar yaratishdek muhim va dolzarb vazifalar mujassam etilgan. Ko‘plab sanoat 
korxonalari, ishlab chiqarish, savdo ob’ektlari ishga tushirilganligi, ayniqsa, mahalliy 
xomashyolar asosida turli mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor har qachongidan ham 
kuchaytirilayotganligi quvonarli hol bo‘lmoqda1 .
7-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz
O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Sh.M. 
Mirziyoyev olib borayotgan izchil tinchliksevar siyosat tufayli, Markaziy Osiyo mintaqasi 
markazida joylashgan O‘zbekiston, nafaqat qo‘shni chegaradosh davlatlar bilan, balki uzoq va 
yaqin xorijiy davlatlar bilan ham do‘stona va ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy manfaatli 
ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik qilish tamoyilini asosiy maqsad qilib olganligi ham yaxshi 
samaralar berdi2 . E’tirof etish kerakki, hozir O‘zbekiston tarixiy taraqqiyot davrini boshdan 
kechirmoqda. Tabiiyki, tobora yuksalib borish, taraqqiyot va rivojlanish bosqichlarini yaxshi 
samaralar bilan bosib o‘tishda eng avvalo iqtisodiyotni rivojlantirish zarur. Ana shu muhim 
jihatni inobatga olgan davlatimiz rahbari nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasida joylashgan 
davlatlar, balki uzoq va yaqin xorijiy davlatlar, xususan, Rossiya, Xitoy, AQSh, Yevropa 
Ittifoqi hamda boshqa mamlakatlar bilan mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatishga 
muvaffaq bo‘ldi. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL O‘zining yangi 


24 
taraqqiyot va rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ygan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi 
nufuzi tobora ortib borayotganligidan dalolat beruvchi yana bir muhim tashrifni eslatib 
o‘tmoqchiman. Gap shundaki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 
taklifiga binoan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 2021 yilning 29 mart kuni rasmiy tashrif 
bilan mamlakatimizga keldi. Eslatmoq joziki, ushbu oliy darajadagi tashrif hamda olib 
borilagan muzokoralar har ikkala davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning sifat 
jihatidan yangi bosqichini boshlab berganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi. Chunki olib borilgan 
muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlik bobida hali ishga solinmagan juda katta 
imkoniyatlar borligi alohida ta’kidlab va e’tirof etib o‘tildi. Shunisi muhimki, muzokaralar 
yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham Vengriya Bosh vaziri 
Viktor Orban tomonidan har ikkala davlat o‘rtasida ko‘pqirrali sheriklikni kengaytirishga 
qaratilgan 10 dan ortiq hujjat imzolandi. Ushbu rasmiy tashrif doirasida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban 
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tashkil etilgan O‘zbekiston – Vengriya 
Kartoshkachilik ilmiy markaziga tashrif buyurdilar. Ushbu markaz Vengriyadan keltirilgan 
kasallikka chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish va urug‘lik kartoshka ishlab chiqarish bilan 
shug‘ullanadi. Innovatsion usullar samarasida 2021-2023 yillarda hosildiorlikni 30- 50 
foizgacha oshirish mo‘ljallangan. 2024 yilga borib, 21 ming tonna urug‘lik kartoshka 
yetishitirish, bu boradagi import o‘rnini to‘liq qopash maqsad qilingan. Men bu misolni 
yurtimiz iqtisodiyotini rivojlantirish uchun barchaga sohalarga alohida e’tibor ko‘zi bilan 
qaralayotganligini ta’kidlash uchun keltirayapman. Chunki bunday bunday keng ko‘lamli 
kelishuvlar, imzolanayotgan shartnomalar, yurtimizga kiritilayotgan investitsiyalar tabiiy 
ravishda mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb 
etuvchi muhim omillar sanaladi. Zero, mamlakatimizga kiritilayotgan investitsiyalar, yaqin 
qo‘shni va boshqa xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, savdo-sotiiq, madaniy sohalarni 
rivojlantirish borasida ikki tomonlama manfaatli asoslarda tuzilayotgan shartnomalar, tobora 
mustahkamlanib borayotgan samarali hamkorliklar tufayli mamlakatimizning hamma 
hududlarida natijasi yuksak bo‘layotgan bunyodkorlik ishlari boshlab yuborilgan. 
Hayotimizning barcha qirralarini, iqtisodiyotimizning hamma soha va tarmoqlarini birdek 
qamrnab oluvchi miqyosi keng loyihalarni bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etish ishlari 
jadal sur’atlar bilan davom ettirilmoqda.


25 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə