Mavzu: O’zbekistonda metallurgiya sanoati


-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#136079
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O’ZBEKISTONDA METALLURGIYA SANOATI

8-Rasm. Kon metallurgiya sanoatlari. Vikipediya, arxiv.uz
O‘zbekiston tom ma’nodagi iqtisodi barqaror rivojlanayotgan, istiqboli porloq davlatga 
aylanib bormoqda. Ta’kidlamoq o‘rinliki, keyichalik, ya’ni taraqqiyotning yuksala borishi 
ishlab chiqarish sohalariga, sanoat tarmoqlariga yangidan kashf etilgan texnika hamda 
texnologiyalarning joriy etilishi tufayli iqtisodiy taraqqiyot ham bir qadar jadallasha borgan. 
O‘tgan yigirmanchi asr boshlariga kelib, texnik taraqqiyot va ilm-fan rivojlanishi tufayli 
qilingan ixtiro hamda kashfiyotlar, ayniqsa, metallurgiya sanoatining taraqqiy etishi natijasida 
temir yo‘l tizimlari kengaytirilgan, masofalar uzaytirilgan, kuchli dengiz transportlari, yuk 
tashuvchi avtotransport faoliyat yurita boshlagan. Hozirgi kunda esa biz dunyo bo‘ylab jadal 
rivojlanish jarayonlari davom etayotgan, iqtisodiyot tobora ilgarilab borayotgan bir davrda 
yashayapmiz.
4.O'zbekistonda metallurgiya sanoatiga tasir etuvchi omillar 
O‘zbekiston ham mustaqillikka erishgach, jahon maydonida o‘zining iqtisodiy qaddini 
tiklay va mustahkamlay boshladi. Buni alohida ta’kidlayotganimning boisi shundaki, 
O‘zbekiston atigi 30 yil ichida bir paytlar Sho‘rolar imperiyasining oddiygina agrar 
respublikasidan iqtisodiyoti, sanoati, turli ishlab chiqarish sohalari barqaror va jadal 
rivojlanayotgan mamlakatga aylandi 3 . Chunki qo‘lga kiritilgan mustaqillik tufayli ishlab 
chiqarishning turli sohalarida asrlar osha tarkib topib kelgan, ammo asrlarda deyarli 


26 
unutilayozgan mehnat an’analari qayta tiklanishiga erishildi, sanoat, savdo, bozor 
munosabatlarida asqotadigan tajribalar yana hayotga qaytarilishiga muvaffaq bo‘lindi. 
Ayniqsa, mustaqil O‘zbekistonimiz iqtisodiyotini rivojlantirishda, birinchi navbatda, og‘ir 
sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat qaratildi. Xususan, qora va rangli metallurgiya 
sohalarini taraqqiy ettirish borasida samarali harakatlar boshlab yuborildi. Qadim-qadim 
zamonlardan buyon pista ko‘mir vositasida ilk temirchilik asbob-uskunalirini yaratgan, temir 
eritish va quyish ishlarini mahorat bilan olib borgan ajdodlarning munosib vorislari sifatida 
yurtimizda metallurgiya sohasi va shunga asoslangan sanoat ishlab chiqarishi o‘ziga xos tarzda 
rivojlana boshladi. Endilikda o‘zbek metallurglari zamonaviy ilm-fan, yangi texnik va yuksak 
texnologiyalarga holda ish yuritmoqdalar. Tabiiyki, bu darajaga yetgunga qadar mamlakatimiz 
metallurgiyasi shonli tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi.

Oʻzbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik birlashmasi — qora metallurgiya 


sanoati korxonasi. Toshkent viloyati Bekobod shahrida. Qora metallurgiya mahsulotlarining 
eng muhim turlari (poʻlat, choʻyan, poʻlat quvurlar va poʻlat prokat), armatura poʻlati, 
shvellerlar, poʻlat sharlar, poʻlat emallangan idishlar ishlab chiqaradi, respublika boʻyicha 
yigʻiladigan temirtersak, metall chiqindilarini qayta eritadi. 1942-yildan umumxalq hashari 
yoʻli bilan qurila boshlagan, 1944-yil 5-martda ishga tushirilgan. 3dekabrda marten sexi, 
choʻyan quyish sexi va 1974-yildan emallangan poʻlat idishlar ishlab chiqarish sexi mavjud. 
Marten sexida 3 ta marten pechi bor (1944, 1945 va 1949-yillarda ishga tushirilgan). 1946—
49 yillarda prokat sexi ishga tushirildi. 1962-yilli uzluksiz poʻlat quyuv qurilma ishga 
tushirilgan; 1974-yildan emallangan poʻlat roʻzgʻor idishlari ishlab chiqarish boshlanadi. 
1978-yil avgustda yillik quvvati 250 ming t boʻlgan elektr yordamida poʻlat eritadigan 1ta 
pech, dekabrda 2 - pech, 1979-yil sentabr da 3-pech mahsulot bera boshladi. 1984-yil iyulda 
navli prokat sexining 1navbati, 1987-yil sentabrda 2navbati ishta tushirildi. 1991-yildan 32—
76 mm li poʻlat quvurlar ishlab chiqaradigan ikki liniya mahsulot chiqara boshladi. 1994-yil 
iyunida togʻkon sanoati uchun ruda maydalash tegirmon sharlari ishlab chiqarish st-yani 
foydalanishga topshirildi. Korxonada asosiy mahsulotlar bilan birga 50 yaqin turdagi xalq 
isteʼmoli tovarlari ham ishlab chiqariladi. Korxona 1944—94 yillarda "Oʻzbekiston 
metallurgiya zavodi" deb nomlangan. 1994-yil 24-martdan uning tarkibiga Shirin 
mashinasozlik zavodi, "Ikkilamchi qora metallar" korxonalari boshqarmasi kirdi va 
aksiyadorlik ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 2003-yilda 486 ming t poʻlat, 550,7 


27 
ming t tayyor prokat, shu jumladan, 132,1 ming t tegirmon sharlari ishlab chiqarildi. Chet 
ellarga 86740 ming AQSH dollarilik mahsulotlar eksport qilindi. Mahsulotlari Rossiya, 
Qozogʻiston, Afgʻoniston, Eron va boshqalarga eksport qilinadi. Chet ellardagi firmalar bilan 
ishlab chiqarish va ilmiy aloqalar oʻrnatilgan.
[1]
O`zbekistonda urush yillarida ishga 
tushurilgan Bekobod metallurgiya korxonasi mavjud edi. Biroq yarim xom –ashyo 
maxsulotlarining asosiy qismi “Markazning rejasiga ko`ra ko`proq Rossiyadagi korxonalarga 
tayyor 
maxsulotlar 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
jo`natilardi. 
Metallurgiya sanoati asosan xom – ashyo qazib olish, keraksiz metallarni to`plash, 
ularni ajratib olish va boyitish, eritish, prokatlar, quymalar tayyorlashni o`z ichiga oladi. Bu 
sanoat 
majmuasi 
qora 
va 
rangdor 
metallurgiya 
tarmoqlaridan 
iboratdir. 
Markaziy Osiyoda 
 
qora metallurgiya markazi Bekobod shahri hisoblanadi va zavodning 
asosiy xom ashyosi Respublikamizda ham qo`shni davlatlarda yig`ilib qolgan metallarni qayta 
ishlashdan iborat bo`lgan. Urush yillari va undan keyingi dvrda Sobiq Ittifoqda yangi va ishlab 
chiqarish hajmi bo`yicha yirik qora metallurgiya markazi barpo etildi va ishlab chiqarish 
quvvati 
oshirildi 
hamda 
texnalogiyasi 
yangilanib, 
borildi. 
Regionda, ayniqsa Qozog`istonning markazi Kustanay viloyatida temir rudasi, qora 
metallurgiya uchun kerakli marganes, xrom va boshqa rudallar Ust-Kamenogorsk, Pavlodar, 
Temirtauda mavjud bo`lib, arzon qo`ng`ir ko`mir Ekibastuzda, toshko`mir va kokslanuvchi 
ko`mir Qarag`andada qazib olingan. Shular asosida urush yillarida Markaziy Osiyo hududida 
dastlabki qorametallurgiya markazi Qarag`anda metallurgiya korxonasi tashkil topdi. 
Qozoq “magnitkasi” nomini olgan to`liq sikldagi zavodda prokat, cho`yan va po`lat ishlab 
chiqariladi. Kustanayda Markaziy Osiyodagina emas balki MDHda ishlan chiqarish quvvati 
bo`yicha yirik metallurgiya ba`zasi tashkil etilgan. Sokilov-Sarbayda tog`-kon metallurgiya 
kombinati, Lisakovsk va Kacharskda rudani boyitish kombinatlari ishlab turibti. 
Keyingi yillarda O`zbekiston hududida qorametallurgiya sanoatini rivojlantirish uchun 
zarur bo`lgan temir va marganes rudalari, flyus materiallari va o`tga chidamli xom-ashyolar 
topildi. Kelajakda Respublikada to`la siklli qora metallurgiya sanoatini barpo qilish uchun asos 
tayyorlanayotir. Hozirgi kunda Bekobod metallurgiya zavodini ta`mirlashga katta quvvatga 
ega bo`lgan elektropechalardan foydalanishga, turli xilda maxsulot ishlab chiqarishga harakat 
qilinmoqda. chunki, Bekobod zavodi Markaziy Osiyo davlatlarida to`planib qolgan 
metallarning 
15-20%ni 
ham 
qayta 
erita 
olmayotir. 


28 
Markaziy Osiyo Respublikalari hududlarida mahalliy ehtiyojni qondiish uchun qora metall 
Toshkentda, Andijonda , Shimkentda, Osh, Chorjo`y va boshqa shaxarlarda ishlab turibti. 
Markaziy Osiyo metallurgiya sanoati majmuasida 
 
rangdor metallurgiya sanoatining salmog`I 
katta, rangdor metalurgiyaning xom-ashyolari regionning Turkmaniston davlatidan tashqari 
barcha rspublikalarda uchraydi. Markaziy Osiyoda Mendeleyev davriy sistemasining barcha 
elementlari mavjud bo`lib, ayniqsa rangdor metallurgiya xom-ashyosini ba`zi bir turlari va 
ularning zahiralari bo`yicha MDHdagina emas, balki butun dunyoda ham yetakchi o`rinni 
egallaydi. Bularga oltin, mis, kumush, vol`fram, simob, surma va boshqalar misol bo`ladi. 
Markaziy Osiyo davlatlari rangli va nodir metallar olishning fizik kimyoviy usullari, ularga 
ishlov berish va ishlab chiqarish texnalogiyasi, ularni kompleks qayta ishlash va boyitish 
sohasida juda boy tajribaga ega bo`lib, ularning bu boradagi ish tajribalaridan MDHdagi va 
boshqa xorijiy davlatlar foydalanishmoqda. Markaziy Osiyoda rangdor metallurgiyaning 
asosiy korxonalari Qozog`iston va O`zbekiston Respublikalaridir. Surma va simob, vol`fram, 
polimetall rudalari qazib olish, alyuminiyning turli shakl va o`lchamdagi quymalarini ishlab 
chiqishda Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari ajralib turadi. Tojikistondagi rangdor 
metalurgiya korxonasi ya`ni alyuminiy zavodi Tursunzoda shaxrida 1971 yilda ishga 
tushurilgan. 
Qozog`iston Respublikasi mis, qo`rg`oshin, rux, alyuminiy, titan, magniy, shuningdek 
kamyob va nodir metallar ishlab chiqishga ixtisoslsahgan bo`lib, xalqaro mehnat taqsimotida 
MDH davlatlari orasida yaqqol ajralib turadi. Respublika mis zaxiralari bo`yicha MDH 
davlatlari 
orasida 
birinchi 
o`rinda 
turadi.
Asosiy konlari Jezqazg`an, Balxash, Markaziy va Shimoliy Qozog`istonda joylashgan. Mis 
sanoat asosida Jezqazg`an viloyatida bo`lib, bularga asosan Balxash va Karasakpay mis 
eritadigan zavodlari, Jezqazg`an, Sayan rudani boyitish korxonalari kiradi. Qozog`istonning 
sharqiy qismida Glubokoe mis zavodi bor. Respublikada qo`rg`oshin rux kombinati Ust-
Kamenogorsk shaxrida bo`lib, uning xom-ashyosi rudali Oltoydadir. Xalqaro mehnat 
taqsimotida O`zbekiston rangdor metalurgiya sanoati bilan ajralib turadi. Respublika hududida 
bu sanioat uchun kerakli bo`lgan va yetarli miqdorda xom – ashyo chinoncghi polimetal 
rudalari, mis, oltin, vol`fram, molibden va boshqa rudalar mavjud. Jumladan: oltin zaxiralari 
bo`yicha Respublika dunyoda 4- o`rinda, uni qazib olish bo`yicha 7- o`rinda, mis zahiralari 
bo`yicha 10-11 o`rinda, uran zahirasi bo`yicha, 7-8 o`rinda turadi. (Islom Karimov 1997 yil ) 


29 
O`zbekistonda 40ta qimatbaho metal konlari topilgan. oltinning asosiy zahirasi Markaziy 
Qizilqumdadir.
Respublikada kumush konlari va Visokovolt`noye O`qjetpes, Kostmonovtchi (Navoiy 
viloyati) va Oqtepa (Namangan viloyati) konlaridir. O`zbekistonda rangli metallar mis, 
qo`rg`oshin, rux, vol`framlarning zahiralari ko`p. Mis bilan birga rangli metallarning 15 dan 
ortiq turi qazib olinadi. Qalmoqir konidan mis molibden rudasi qazib olinadi. Uni Olmaliq kon 
metallurgiya kombinati qayta ishlaydi. Mis Dalniy konidan olinadi. Bu kon zahirasi qazib 
olishning tannarxi undan boshqa foydali qazilmalarni ( kumush, oltin, molibden va boshqalar) 
ajratib olinishi jihatdan MDH mamlakatlari orasida tengi yo`q. Respublikada qo`rg`oshin, rux, 
Uchquloch 
(Jizzax 
viloyati)va 
Xondiza 
konlarida 
jamlangan. 
O`zbekistonda rangdor metallurgiya sanoatining taraqqiyotiga juda katta etibor berilgan 
. U Markaziy Osiyo hududidagi sanoat tarmoqlari orasida yosh tarmoq hisoblanadi. Biroq 
uning hisasiga Markaziy Osiyo davlatlarida ishlab chiqarilgan rangdor metallarning ( 2/3) 
qismi to`g`ri keladi. Markaziy Osiyoda umuman metallurgiya sanoati tarmoqlari bir tekisda 
rivojlanmagan. 
Asosiy 
markazlari 
Qozog`iston 
va 
O`zbekiston 
Respublikalaridir.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə