Mavzu: Oʻzbekistonda quvur va havo transporti Reja: Oʻzbekistonda havo transportining ahamiyati 2



Yüklə 273 Kb.
səhifə2/2
tarix17.12.2023
ölçüsü273 Kb.
#149636
1   2
3MI Oʻzbekiston BR

Quvur transporti tez rivojlanib bormoqda. Mamlakat neft hamda gaz sanoatining rivojlanishi, aholini ichimlik suvi bilan to`la ta`minlash bo`yicha katta istiqbolga ega. Tarixga nazar tashlasak, O`zbekistonda birinchi neft quvuri 1908 yilda ishga tushganini ko`ramiz. O`sha yili Chimyon neft konidan Oltiariq neftni qayta ishlash zavodiga 20 km. lik quvur tortilgan edi. Keyinchalik mamlakatda yangi-yangi neft va gaz konlarining topilishi quvur transporti rivojlanishiga asos bo`la boshladi. Endilikda birgina Farg`ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlariga neft konlaridan jami 228,5 km. lik quvurlar o`tkazilgan.
Shuningdek, turli yillarda Surxondaryo (1947 yil Lalmikor-Qumqo`rg`on va 1969 yil Amudaryo-Amu Zang), Qashqadaryo (1977 yil G`arbiy Toshloq-Qashqadaryo stansiyasi va 72 km li Shimoliy O`rtabuloq-Oltingugurt zavodi) va Buxoro (1994 yil 100 km li Ko`kdumaloq-Qorovulbozor) viloyatlarida ham neft quvurlari qurilgan.
O`tgan asrning II yarmidan boshlab respublikada gaz sanoatining rivojlanishi gaz quvurlari geografiyasini juda kengaytirib, uning xalqaro ahamiyatini oshirib yubordi. O`zbekistonda gaz quvurlari qurish 1958 yilda boshlangan. 1960 yillarning boshigacha "Asaka-Andijon", "Xo`jaobod-Farg`ona", "Shimoliy So`x-Qo`qon", "Gazli-Kogon" gaz quvurlari qurilgan. Shu bilan birga ushbu davrda mamlakatimiz hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan "Jarqoq-Buxoro-Samarqand-Toshkent" gaz quvuri ham ishga tushgan.
Keyinchalik g`oyat qisqa muddatlarda Buxoro-Ural (1,2,3-navbatlari), O`rta Osiyo-Markaz, Buxoro-Toshkent-Frunze (Bishkek) —Olmaota gaz quvurlari qurib foydalanishga topshirildi. Ana shu quvurlar orqali xalqimizning milliy boyligi xo`jasizlarcha tashib ketilgan.
Mustaqillikka erishishimiz bilan ushbu boyliklarga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi. Endilikda respublikadagi gaz uzatish bo`linmalari 7 magistral gaz quvuri tarmog`iga (Buxoro-Gazli-Toshkent, 522 km; Muborak-Navoiy, 112 km; Sho`rtan-ToshIES, 602 km; Kalif-Dushanbe, 408 km; Buxoro-Ural, 489 km; O`rta Osiyo-Markaz, 369 km) ega. Diametri 720-1220 mm li magistral gaz quvurlarining umumiy uzunligi 12,6 ming km bo`lib, uning to`la quvvat bilan ishlashi uchun 25 ta kompressor stansiyasi xizmat ko`rsatadi. Bugungi kunda quvur transporti orqali Qozog`istonning janubiy viloyatlari, Qirg`iziston va Tojikiston O`zbekiston tabiiy gazi bilan ta`minlanadi.
Aholini, ayniqsa shahar aholisini chuchuk suv bilan ta`minlashda ham quvur transportining ahamiyati ortib bormoqda. Jumladan, 1993 yilda Buxoro va Navoiy shaharlarini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash maqsadida Damxo`ja-Buxoro suv quvuri ishga tushdi.
Umuman, quvur transporti mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotida muhim omil bo`lib, u sanoat korxonalari va xo`jaliklarni, aholi manzilgohlari va shaharlarni tabiiy gaz va chuchuk suv bilan ta`minlashda katta ahamiyatga ega. Quvur transportining rivojlantirilishi va uning xalq xo`jaligida mavqeining oshirilishi ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi oshishiga, mahsulot tannarxi pasayishiga, atrof-muhitning ekologik jihatdan toza bo`lishiga olib keladi.
O`zbekiston transport tizimi nafaqat milliy xo`jalik rivojlanishida, balki mintaqaviy va xalqaro savdo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda, mintaqaviy integratsion aloqalarni chuqurlashtirishda muhim omil bo`lib hisohlanadi. Xususan, Buyuk ipak yo`lini tiklash va undan samarali foydalanish maqsadida qabul qilingan TRASEKA dasturi doirasida mamlakatimizning tutgan o`rni yuqori. TRASEKA Yevropani Markaziy Osiyoga Kavkaz orqali bog`lovchi transport karidori bo`lib, 1993 yil mayda Bryusselda Yevropa Komissiyasining tashabbusi bilan qabul qilingan. Bu dasturda asosan Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Tojikiston, O`zbekiston qatnashmoqda. 1998 yildan bu dastur faoliyatida Bolgariya, Moldova, Ruminiya, Turkiya va Ukraina ishtirok etmoqda.
TRASEKA asosan tegishli yo`nalishlarda temir yo`l transporti xizmatini yo`lga qo`yishni maqsad qilsada, avtomobil va suv transporti tizimini takomillashtirish ham dastur tarkibiga kiritilgan. Hozirda TRASEKA yo`nalishida transport tizimidan 50 dan ortiq davlat foydalanmoqda.


Savollar:
1. Quvur transporti transport sohasining boshqa tarmoqlaridan nima bilan farq qiladi?
2. Havo transporti ishchi kuchlarini band qilish ehtimoli qanday darajada muhim?
3. Umuman Oʻzbekiston respublikasi hayotida umumiy transport tarmoqlari ahamiyati qanday baholanadi?
Yüklə 273 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə