Mavzu: O’zbekistonning shht bilan aloqalari. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism



Yüklə 9,45 Mb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü9,45 Mb.
#146147
1   2   3
1444811 (2)

A’ZO DAVLATLAR
TASHKILOTGA A’ZO DAVLATLAR RAHBARLARI.
SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 2004-yil 17-iyunda Toshkentda boʻlgan majlisida Tashkilotning shakllanish davri yakunlanganligi qayd etildi. Majlis yakunlari boʻyicha Toshkent deklaratsiyasi, SHHTning vakolatlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik toʻg'risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doyr hujjatlar imzolandi. 
Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlatlar Xavfsizlik kengashlari kotiblarining tegishli milliy mahkamalarning yangi taxdid va xurujlarga qarshi turishdagi hamkorligini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan doimiy uchrashuvlarini oʻtkazib turish haqidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlandi. SHHT aʼzo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir. 
Vladimir Imomovich Norov (1955-yil 31-avgust, Buxoroda tugʻilgan) — Shanxay hamkorlik tashkilotining hozirgi Bosh kotibi. U bu lavozimga 2018-yil 10-iyunda ShHT Davlat rahbarlarining 2018-yilgi sammitida tayinlangan va 2019-yilning Yangi yil kunidan boshlab o‘z lavozimini egallagan.[U avval O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri (2006–2010) lavozimida ishlagan.
1972-1976 yillarda Buxoro pedagogika institutining matematika fakultetida tahsil olgan va uni tamomlagan. 1976-1977-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. 1978-1983-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirligida, 1983-1985-yillarda esa Moskvadagi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan va uni tamomlagan. Keyin u MVDda ishlashni davom ettirdi va 1988-1990 yillarda Ichki ishlar vazirligi akademiyasining ad'yunktura kurslarida tahsil oldi va keyin yana ikki yil MVDda ishladi.
Dastlab “Shanxay beshligi” deb nomlangan bu tashkilotga 2001- yilda O‘zbekiston Respublikasi a’zo bo‘lib qo‘shilgach, “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti” deb ataladigan bo‘ldi. Ayni paytda unga Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izston Respublikalari rasman a’zodirlar.
O‘zbekiston diplomatiyasining yutuqlaridan biri o‘zbekistonlik taniqli diplomat Vladimir Norovning 2019 yil 1 -yanvardan boshlab SHHT Bosh kotibi lavozimiga tasdiqlanganligi ham tarixiy voqea bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020-yil 10-noyabr kuni ShHTga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisidagi ma’ruzasida Shanxay hamkorlik tashkiloti rivojlanishning tubdan yangi bosqichida ekanini ta’kidladi.
“Shanxay ruhini mustahkamlash – ko‘p tomonlama hamkorlikning noyob tajribasi bo‘lib, umumiy qadriyatlarimiz ifodasi, hamkorlikda rivojlanishga intilish va madaniy xilma-xillikni hurmat qilishdir”, dedi u.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi (Ostona, Sindao va Bishkekdagi sammitlar kabi sammitlar doirasida) ShHT faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qator samarali sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Toshkentda ShHT Xalqaro diplomatiya markazini tashkil etish, Samarqandda “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universitetini tashkil etish, ShHTga a’zo davlatlarning ilmiy-tadqiqot institutlari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini qabul qilish va hamkorlik konsepsiyasi shular jumlasidandir.
Buning uchun qilingan sa'y-harakatlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekiston 2022-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammitiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi.

Yüklə 9,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə